14-chizma. Savdo korxonasida daromadlarni rejalashtirish jarayopining asosiy bossichlari.
1. Hisobot davrida korxona daromadlari tahlili. Bu tahlilni amalga oshirish jarayonida quyidagilar o‘rganiladi:
a) Reja oldi davrida korxona yalpi daromadi umumiy summasi harakati. Bu ko‘rsatkich tahlili jarayonida uning harakat sur’atlari hisoblanadi. Ular esa korxona tovar aylanishi va foyda summasi rivojlanishi sur’atlari bilan solishtiriladi;
b) Yalpi daromad tarkibi va uning o‘zgarish tezligi. Tahlilning bu bo‘limini amalga oshirishda quyidagilar ko‘rib chiqiladi: savdo faoliyati, nosavdo faoliyati, boshqa mulkni sotishdan keladigan, savdo operatsiyalaridan, boshqa operatsiyalardan keladigan daromadlar summasining korxona yalpi daromadi umumiy hajmidagi ulushi darajasi, hisobot davrida yalpi daromad tarkibida qanday o‘zgarishlar yuz berganligi, ularning qonuniy yoki tasodifiy harakterda ekanligi;
v) Korxona tomonidan daromad hisobidan to‘lanadigan soliq to‘lovlari summasi va darajasi. Tahlilning bu bo‘limi tarkibida bu to‘lovlarning daromadlar tarkibidagi umumiy summasi va ulushining o‘zgarishi, bu to‘lovlar tarkibi (qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz yig‘imi, bojxona yig‘imlari va bojlari) va soliq darajalari, sotiladigan tovarlar assortimenti, tovar sotib olinishi manbaalaridagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq ushbu to‘lovlardagi o‘zgarishlar harakteri kabilar ko‘rib chiqiladi. Bu soliq to‘lovlarining umumiy summasini hisobga olgan holda savdo korxonalari sof daromadi summasi (taaluqli soliklar, yig‘imlar va to‘lovlar to‘langandan keyin savdo korxonalari ixtiyorida qoladigan daromad) hisoblanadi va uning o‘sishi aniqlanadi, uning sur’atlari ham korxona tovar aylanishi va foydasi sur’atlari bilan solishtiriladi;
g) Korxonaning tovar aylanishiga nisbatan daromadlari darajasi va unipg hisobot davridagi o‘zgarishi. Bu tahlil davomida quyidagi ko‘rsatkichlar hisoblanadi va ko‘rib chiqiladi: tovar aylanishiga nisbatan yalpi daromad darajasi, tovar aylanishiga nisbatan sof daromad darajasi, tovar aylanishiga nisbatan savdo faoliyati daromadlari darajasi (yalpi va sof). Ko‘rib chiqiladigan ko‘rsatkichlar savdo korxonasini rivojlantirish jarayonida daromadlar va faoliyat hajmi o‘zaro qanday munosabatda bo‘lishini ko‘rsatadi. Tovar aylanishiga nisbatan savdo faoliyati daromadlari darajasi o‘zgarishi savdo ustamasining o‘rtacha darajasi o‘zgarishi bilan solishtiriladi.
d) Hisobot davrida korxona daromadlari summasi, tarkibi va darajasi o‘zgarishiga ta’sir qilgan asosiy omillar. Bu omillar tarkibida asosiy e’tibor tovar savdosi hajmi o‘zgarishlariga, tovar aylanishi tarkibiga, tovar sotib olinishi manbalaridagi o‘zgarishlarga, tovar narxi tarkibiga kiruvchi soliq to‘lovlari darajalari o‘zgarishlariga qaratilishi kerak.
Tahlil natijalari korxona daromadlari rivojlanishidagi asosiy sur’atlarni aniqlashga va ularni reja hisoblarini amalga oshirish jarayonida hisobga olish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: |