Korxonalarning moliyaviy munosabatlari Korxona moliyasining funktsiyalari


Moliya – iqtisodiy kategoriya sifatida pul mablag’laridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar tizimidir



Yüklə 29,19 Kb.
səhifə2/6
tarix28.11.2023
ölçüsü29,19 Kb.
#167801
1   2   3   4   5   6
Korxonalarning moliyaviy munosabatlari Korxona moliyasining funk-hozir.org

Moliya – iqtisodiy kategoriya sifatida pul mablag’laridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar tizimidir. Uning vositasida turli darajada pul mablag’lari fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi. Moliya pul bilan bog’liq munosabatlar bo’lib, uning moddiy asosini pul tashkil qiladi, lekin u pul emas yoki pul bilan bir xil narsa tushuncha emas. Bundan ko’rinadiki, iqtisodiyotning samarali va barqaror ravishda amal qilishi, yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlash maqsadida davlat ko’plab boshqa iqtisodiy sub’ektlar bilan moliyaviy munosabatlarga kirishadi. Moliyaviy munosabatlar – davlat, mintaqalar, tarmoqlar, korxona va tashkilotlar hamda alohida fuqarolar o’rtasida pul mablag’lari fondlarining harakati bilan bog’liq holda vujudga keluvchi iqtisodiy munosabatlar majmui.
Moliyaviy munosabatlarning ob’ektlari va sub’ektlari farqlanadi. Moliyaviy munosabatlarning ob’ektlari bo’lib iqtisodiyotning turli darajalarida tarkib topuvchi va harakat qiluvchi pul mablag’lari fondlari hisoblanadi. Moliyaviy munosabatlar sub’ektlari tarkiban murakkab bo’lib, ularga barcha tashkilotlar, korxonalar, yuridik va jismoniy shaxslar, fuqarolar kiradi. Ular orasida doimo moliyaviy munosabatlar bo’lib turadi. Bu munosabatlarning asosiylari sifatida quyidagi munosabatlarni ko’rsatish mumkin:


  • boshqaruvning turli darajalaridagi davlat organlari o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar;


  • davlat va korxonalar o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar;


  • davlat va jamoat tashkilotlari o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar;


  • davlat va aholi o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar;


  • korxonalararo moliyaviy munosabatlar;


  • korxonalar va banklar o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar;


  • korxona ichidagi xo’jalik aloqalariga xizmat qiluvchi moliyaviy munosabatlar va boshqalar.


Moliya iqtisodiyot doirasida o’zaro bog’liq bo’lgan quyidagi vazifalarni bajaradi: 1) iqtisodiy jarayonlarni, loyihalar va tadbirlarni pul resurslari bilan ta’minlash va unga xizmat ko’rsatish vazifasi; 2) taqsimlash vazifasi; 3) rag’bat-lantirish vazifasi; 4) nazorat qilish vazifasi.


Jamiyat miqyosidagi iqtisodiy faoliyat turli jarayon va tadbirlarning, jumladan, mamlakatni boshqarish, mudofaa qobiliyatini ta’minlash, huquq-tartibot ishlarini yo’lga qo’yish, sog’liqni saqlash, madaniy-ma’rifiy ishlar va h.k.z.larning amalga oshirilishini taqozo etadi. Buning uchun eng avvalo ularni moliyaviy resurslar bilan ta’minlash kerak bo’ladi. Shunga ko’ra, moliya iqtisodiy jarayon va tadbirlarni moliyaviy ta’minlash, ularga xizmat ko’rsatish vazifasini bajaradi.
Moliyaning taqsimlovchi vazifasi moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadni tashkil qiluvchi qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari, moddiy ishlab chiqarish sohalari, mamlakat hududlari o’rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo’ladi. Moliyaning rag’batlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash jarayoni orqali, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil qilish va sarflash mexanizmi orqali amalga oshiriladi. Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol ustidan nazorat qilish vositasi sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larning moliya intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar bo’lish tizimi, turli soliqlar undirib olish va mablag’ bilan ta’minlash tizimi orqali amalga oshiriladi.

Yüklə 29,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin