1.2. Korxonaning tashkiliy-xuquqiy shakllari
Korxonalarning iqtisodiy mustaqilligi kengayib borgan sari davlat konsernlari tarmoq uyushmalariga aylantiriladi. Ularning boshqaruv apparatlari esa, o‘z tarkibidagi birlashmalar va korxonalarning ixtiyoriy ravishda bergan puli hisobidan ta’minlanadi.
Korxona va tashkilotlar qaysi idoraga bo‘sunishidan va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar o‘z iqtisodiy manfaatlarini rag‘batlantirish maqsadida konsernlar, uyushmalar va korporatsiyalar tarkibiga ixtiyoriy ravishda kiradi. Ular o‘z faoliyatini pay va kirish badallari, ishtirokchilarning aksiyalar to‘plamini sotib olish asosida yo‘lga qo‘yadi.
Bozor munosabatlari davrida uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar va boshqa uyushmalarning asosiy vazifasi respublika миллий иқтисодиётида ishlab chiqarilayotgan mahsulotning aniq turlari bilan ta’minlash, yagona ilmiy-texnikaviy va investitsiya siyosatini o‘tkazish, ichki va tashqi bozorlar holatini o‘rganish, tarmoqda bozor munosabatlarini rivojlantirishdir. Shuningdek, konsern, korporatsiya va boshqa uyushmalarning vazifasi davlat korxonalarini hamda tashkilotlarini nodavlat mulkiga aylantirish ishlarini tashkil etish, tadbirkorlikning rivojlanishini butun choralar bilan qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Bulardan tashqari xo‘jalik birlashmalari o‘z muassasalarini huquqiy himoya qilishni ta’minlaydi, davlat, mahalliy hokimiyat hamda boshqaruv organlarida ularning qonuniy manfaatlarini ifodalaydi, tarmoqni rivojlantirish strategiyasini belgilaydi.
Turli tarmoqlardagi korxonalar o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ishlab chiqarish xususiyati, ishlatiladigan asbob-uskunalar va texnologiyalar hamda kadrlar malakasidan kelib chiqadi. Shu bilan birga, ularning hammasi ayrim umumiy xususiyatlarga ega bo’lib bir qator yo’nalishlar:mulkchilik shakllari, tashkiliy shakllari, sanoat sohasiga mansubligi, hajmi, ixtisoslashuv darajasi, ishlab chiqarish turi, mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish darajasi bo’yicha tasniflash imkonini beradi.
Mulkchilik shakliga qarab korxonalar xususiy, jamoa, davlat yoki aralash mulkka asoslangan bo’lishi mumkin. Uning nizom kapitalida xususiy (yoki jamoaviy) va davlat mulkining ulushi bo’lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: |