Korxonani narx siyosati. Tarmoqda narxni shakllantirish


Tarmoqda narxning shakllanishi. Narxni aniqlash usullari



Yüklə 69,04 Kb.
səhifə7/10
tarix09.06.2023
ölçüsü69,04 Kb.
#127322
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
KORXONANI NARX SIYOSATI. TARMOQDA NARXNI SHAKLLANTIRISH

9.3.Tarmoqda narxning shakllanishi. Narxni aniqlash usullari

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yoqilg’i-energetika resurslari hamda boshqa yuqori likvidli mahsulotlar bilan ta’minlash borasida raqobat muhitini takomillashtirish, suiiste’molchiliklar va talon-tarojliklar sharoitini tugatish, to’lov intizomini mustahkamlash, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2017 yil 14 noyabrdagi PQ-3386-son qarorini ijro etish, shuningdek, monopol mahsulotlar ro’yxati va turlarini tubdan qisqartirish, monopoliyaga qarshi tartibga solishning xalqaro printsiplariga o’tishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi O’zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tovar bozorlarida monopoliyaga qarshi tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi Qarorida Tovar bozorida sotiladigan tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) monopol yuqori va monopol past narxlarini aniqlash tartibi to’g’risidagi nizom muvofiq tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar davlat reestriga kiritilgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan sotiladigan, ular bo’yicha ushbu sub’ektning ustun mavqei e’tirof etilgan tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) monopol yuqori va monopol past narxlar aniqlanishi tartibini nazarda tutadi.


Ushbu Nizom talablari narxlari davlat tomonidan tartibga solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi (ishlarni bajaruvchi, xizmatlar ko’rsatuvchi) (keyingi o’rinlarda tovar deb ataladi) xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.Tovarning monopol yuqori narxi, agar ushbu narx:

  • bunday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun zarur bo’lgan xarajatlar hamda foyda summasidan yuqori bo’lsa;

  • asossiz xarajatlarning o’rnini qoplashga yoki tovarning sifatini pasaytirish natijasida qo’shimcha foyda olishga yo’naltirilgan bo’lsa, tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan belgilanadigan tovarning narxi hisoblanadi.

Agar tovar narxi birja savdolari yakunlari bo’yicha shakllangan bo’lsa, bunday narx monopol yuqori narx deb e’tirof etilmaydi. Bunda, ushbu Nizom normalari birja savdolarida narxlar boshlang’ich narx sifatida qo’llanilishiga tatbiq etiladi.
Tovar bozorida sotuvchi yoki sotib oluvchi sifatida ustun mavqeni egallab turgan xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan tovarning tannarxidan past darajada va ushbu tovarni sotishdan zarar keltiradigan darajada belgilanadigan, natijada raqobatning cheklanishiga olib keladigan narx tovarning monopol past narxidir.
Sub’ektlarning ular bo’yicha mavqei ustun deb e’tirof etilgan tovarlariga monopol yuqori va monopol past narxlarni aniqlash ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Tovarning monopol yuqori va monopol past narxlarini aniqlash uchun ma’lumotlarni olish va tahlil qilish.
Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar davlat reestriga kiritilgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar har chorakda chorak birinchi oyining 10-kuniga qadar monopoliyaga qarshi organga Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar davlat reestriga kiritilgan tovarlariga qo’llaniladigan narxlar to’g’risidagi ma’lumotlarni taqdim etadilar.
O’zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo’mitasi (keyingi o’rinlarda monopoliyaga qarshi organ deb ataladi) sub’ektlar tovarlariga narxlarning o’zgarishi dinamikasini kuzatib borish maqsadida muntazam ravishda: (7-bandning birinchi xatboshisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 19 dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019 y., 09/19/1014/4173-son)

  • har chorakda sub’ektlar tomonidan taqdim etilgan Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar davlat reestriga kiritilgan tovarlarga qo’llaniladigan narxlar to’g’risidagi ma’lumotlarni;

  • statistika organlari ma’lumotlarini (ma’lumotnomalar, byulletenlar va boshqalarni);

  • ommaviy axborot vositalari ma’lumotlarini;

  • belgilangan tartibda amalga oshiriladigan nazorat funktsiyalari materiallarini (o’rganishlar natijasida tekshirish bo’yicha dalolatnomalar va ma’lumotnomalar, berilgan ko’rsatmalar va boshqalarni);

  • qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar ma’lumotlarini tahlil qiladi.

Sub’ektlar tovarlariga narxlar o’zgarishi holati aniqlanganda yoki jismoniy va yuridik shaxslardan monopol yuqori va monopol past narxlar qo’llanilganligi holati to’g’risida murojaatlar tushgan taqdirda monopoliyaga qarshi organ uch kun muddatda davlat organlariga, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga va boshqa tashkilotlarga: tovarlarning ishlab chiqarilishi, sotilishi, importi va eksporti hajmi to’g’risidagi ma’lumotlarni; ushbu Nizomga muvofiq narx o’zgarishi belgilarini aniqlash, shuningdek, tovarni ishlab chiqarish va sotish bilan bevosita bog’liq zarur xarajatlar va foydani aniqlash uchun zarur bo’lgan hisob-kitob va tasdiqlovchi hujjatlarni;
tovar bozorining o’ziga xosligidan kelib chiqib boshqa hujjatlarni olish uchun yozma so’rovlar yuboradi.



Yüklə 69,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin