9.1. Narxning iqtisodiy mohiyati va turlari Narx bozor kategoriyasi bo`lib, tovarlar ayirboshlanganda yuz beradigan munosabatlarni anglatadi. Oqilona, ilmiy jihatdan asoslangan baho va baholash iqtisodiyotning ilmiy va amaliy vositalaridan biri hisoblanadi.
Nazariy jixatdan olib qaralganda, narx - tovar qiymatining puldani ifodasidir. Amaliy jixatdan qaralganda esa, baho – muhim iqtisodiy vosita, dastak hisoblanadi. Ma’lumki, qiymat ishlab chiqarish kategoriyasi bo`lib, ishlab chiqarishning o`zidani mehnat sarfi bilan bog`liq munosabatlarni ifoda etadi. Tovarning yaratilishida moddiylashgan va jonli mehnat sarf qilinadi, ularning majmuasi qiymat demakdir. Ammo qiymat har qanday mehnat sarfi emas. Qiymat tovarni yaratishga ketgan ijtimoiy zarur mehnat sarfi, aniqrog`i extiyojni qondira olgani sababli bozorda tan olingan mehnat sarfidir, chunki mehnatning bir qismini, agar u kerakli bo`lmasa, bozor inkor etadi va shu qism qiymatni yaratishda ishtirok etmaydi. Bozorda turli mehnat sarflari umumiy, ya’ni ijtimoiy zarur mehnat sarfiga keltiriladi va shu sarfning pulda ifodalanishi bahoni hosil qiladi.
Narxning iqtisodiy mazmunini uning funksiyalari yaqqol ko`rsatib beradi. Baho nimaga tegishli bo`lishidan qat’iy nazar (tovar, xizmat, ish kuchi, qarz puli narxini, buning farqi yo`q) besh asosiy funksiyani bajaradi:
1. Bozor muvozanatini ta’minlash funksiyasi. Bunda baho bozordani talab va taklifning xajmi va tarkibiga ta’sir etish orqali ularni muvozanat xolatiga keltiradi.
2. Hisob-kitob, o`lchov funksiyasi. Baho qiymatning puldani ifodasi, chunki bajarilgan ish xajmi, foyda-zararning barchasi bahoasosida hisob-kitob qilinadi.
3. Iqtisodiy regulyator funksiyasi. Baho bozor iqtisodiyotining asosiy vositalaridan biridir. Undani o`zgarish bozor xolati (kon’yukturasi)ni bildiradi.