2.2 «Buxoro-Gilam» QKsida investitsion faoliyattahlili
Iqtisodiyotni bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o’tkazish va tarmoqlar iqtisodinirivojlantirish investitsiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga bevosita bog’liqdir. Bozormunosabatlariga o’tish bosqichida davlatning olib borgan investitsiya siyosatini hayotga tadbiqetish natijasida rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida yuksalishlar yuz bergan. Xalq xo’jaligitarmoqlariga yo’naltirilgan investitsiya mamlakatlar iqtisodini rivojlantirishni ta’minlab, ichkibozorini tovarlar bilan to’ldirishga va xalqaro savdo aloqalarining kengayishiga har tomonlama o’zhissasini qo’shgan.
Bizda investitsiya xususida qonuniy hujjatlar 1991 yildan boshlab qabul qilindi va o’tganvaqt ichida ular ancha takomillashdi. Investitsiya to’g’risida qabul qilingan qonunda ko’rsatilishichainvestitsiya – bu iqtisodiy samara olish yoki ijobiy ko’rinishdagi ijtimoiy natijaga erishish uchunsarflanadigan pul mablag’lari, banklarga qo’yilgan omonatlar kabilar, qimmatli qog’ozlar, texnologiyalar, mashinalar, asbob uskunalar va samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir.
Xorijiy mamlakatlar tajribasi va investitsiya to’g’risida o’zimizda qabul qilinganqonunning tahlilidan kelib chiqib, investitsiyaning shartli ravishda 3 ta turini ajratishmumkin:
1) Moliyaviy investitsiyalar
2) Moddiy investitsiyalar
3) Aqliy investitsiyalar
Bozor iqtisodiyoti sharotida har bir investitsiya turining o’ziga xos o’rni bo’ladi. Moliyaviyinvestitsiyalar tarkibiga mahalliy va xorijiy mamlakatlarning pul birliklari, banklardagi omonatlar, veksellar va boshqa qimmatli qog’ozlar hamda ularga tenglashtirilgan boyliklar kiradi.
Moddiy investitsiyalar tarkibiga asosiy fondlar, ya’ni binolar, asbob-uskunalar, inshootlar vaboshqa turdagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining aktiv va passiv qismlari kiradi.
Aqliy investitsiyalar miqdori juda rang-barangdir, ya’ni ular mulkiy huquqlar shaklidagiinvestitsiyalar va tabiiy resurslardan foydalanish shaklidagi investitsiyalardan iborat.
Mulkiy huquqlar guruhiga kirgan investitsiyalarning xillari bozor munosabatlariga nechog’likrivojlanishiga, milliy bozorlarning o’ziga xos tomonlariga qarab har xil bo’ladi. Aqliy mehnatga oidhaq-huquqlar shaklidagi investitsiyalar tarkibiga mualliflik huquqlari, «nou-xau» kashfiyotlar, Tovar belgilariga beriladigan litsenziyalar va boshqa xil egalik huquqlari kiradi.
Tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari ko’rinishidagi investitsiyalari er va boshqa tabiiyresurslardan foydalanish huquqlarini o’z ichiga oladi.
Hamma turdagi investitsiyalar, ularningn hajmidan qat’iy nazar, biror-bir investitsionjarayonning natijasidir.
Dostları ilə paylaş: |