Korxonaning segmentar hisoboti


Segmentar hisobot javobgarlik markazlari faoliyatini baholashning asosi sifatida



Yüklə 378,5 Kb.
səhifə3/8
tarix22.10.2023
ölçüsü378,5 Kb.
#159536
1   2   3   4   5   6   7   8
KORXONANING SEGMENTAR HISOBOTI

2. Segmentar hisobot javobgarlik markazlari faoliyatini baholashning asosi sifatida
Segmentlar bo’yicha hisobotni javobgarlik markazlari bo’yicha shakllantirilgan hisobot sifatida ta’riflash mumkin.
Segmentlar (javobgarlik markazlari) bo’yicha hisobni tashkil etish zarurati munosabati bilan boshqaruv hisobida ularning chegaralarini quyidagi mezonlarga muvofiq belgilash lozim:

  • mustaqil segment hisobotlari qanday ko’rinishda bo’lishi lozim (ya’ni, segmentar hisobot birliklarini ajratish mezoni);

  • segmentlararo o’zaro hisob-kitoblarda bahoni shakllantirishning qaysi usuli qo’llanilishi zarur;

  • daromadlar va xarajatlar, aktivlar va majburiyatlarni segmentlarga taqsimlash uchun qanday asos mavjud bo’ladi?

Mustaqil segment hisoboti shakllanishi shart-sharoitlari sifatida har bir xo’jalik va geografik segmentning ichki hisobotlaridan foydalanish lozim.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxona segmentlari o’rtasida ichki hisob-kitob narxlarini o’rnatish ya’ni transfert baho hosil bo’lishi ham muhim ahamiyat kasb etadi, bunda bitta javobgarlik markazi o’z mahsuloti yoki xizmatlarini boshqa javobgarlik markaziga uzatadi, natijada bo’linmalar o’rtasida o’sib boruvchi tartibdagi baholar yuzaga keladi.
Transfert baholari bo’yicha segmentar hisobotni tuzishda, transfert baholarni hisob-kitob qilishning quyidagi usullari tahlil qilinadi:

  • bozor baholari asosidagi;

  • tannarx (o’zgaruvchan yoki to’liq) asosidagi “tannarx plyus” tamoyili bo’yicha;

  • shartnomaviy transfert baholari asosidagi (mahsulot ishlab chiqarish jarayonida bozor kon’yunkturasi va xarajatlari ta’siri ostida).

Bozor baholarini shakllanishi obyektiv xususiyatga ega bo’lgan sharoitda transfert bahosi ham javobgarlik markazlari menejerlarining va xaridorlarning munosabatlari hamda malakalariga bevosita bog’liq bo’lmaydi. Bu usulning zaif tomonini ham ta’kidlash lozim ya’ni uning joriy etilishi rivojlangan bozor muhitini talab qiladi, bundan tashqari korxona javobgarlik markazlari (segmentlari) ishlab chiqariladigan mahsulotlar, ko’rsatiladigan xizmatlarga bozor baholarining darajasi to’g’risida axborot yig’ish uchun qo’shimcha xarajatlar qilishi lozim.
“Tannarx plyus” nomli ikkinchi usulda kutilayotgan foyda miqdori ustiga ma’lum foiz qo’yiladi. Masalan, bitta bo’linma mahsulot (ishlar, xizmatlar) to’liq tannarxining 110 %li hisob-kitobidan kelib chiqsa, boshqa segment esa segmentni uzatuvchi mahsulot birligiga o’zgaruvchan tannarxni 150 %li hisob-kitobidan kelib chiqishi mumkin.
Uchinchi usul bo’yicha transfert baho hosil qilishda shartnomaviy bahoni aniqlashning quyidagi formulasidan foydalaniladi:
Tb = Mo’t + Umd
bu yerda,Tb - transfert bahosi;
Mo’t - mahsulotning ishlab chiqarish (o’zgaruvchan) tannarxi;
Umd - umumiy marjinal daromad.
Korxonalar amaliyotida segmentlar bo’yicha daromad va xarajatlarni aniqlash muhim ahamiyatga ega.
Buxgalteriya hisobining 14-sonli «Segmentlar bo’yicha hisobot» nomli xalqaro standarti (BHXS)ga ko’ra, segmentar hisobotda birlamchi aks ettiriladigan quyidagi holatlar nazarda tutilishi lozim:

  • tashqi mijozlardan olinadigan daromadlar;

  • boshqa segmentlar bilan bo’ladigan muomalalardan olinadigan daromadlar;

  • aktivlarning balans summasi;

  • segmentlarning majburiyatlari;

  • asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni sotib olish xarajatlari;

  • amortizasiya xarajatlari;

  • assosiasiyalashgan kompaniyalar yoki qo’shma korxonalar faoliyatida ishtirok etishdan olingan sof foyda yoki zararlar va investisiyalar hissasi;

  • daromadlar va xarajatlar, aktivlar va majburiyatlarni taqqoslash1.

Segment daromadlari korxona segmentiga yoki umumiy tushum tarkibiga bevosita kiritilishi mumkin (2-jadval).
2-jadval

Yüklə 378,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin