Kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarini takomillashtirish



Yüklə 159,32 Kb.
səhifə12/19
tarix02.06.2023
ölçüsü159,32 Kb.
#123137
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
ilmiy ish oxirgi

II-bob bo‘yicha xulosalar

Mazkur bobda ko‘rib chiqilgan kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarini takomillashtirishning pedagogik muammolari, kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarini takomillashtirishning metodik va texnologik asoslari mohiyatini o‘rganish yuzasidan olib borgan kuzatishlarimiz asosida quyidagi xulosalarga keldik:


1. Tadqiqot doirasidagi kuzatishlarimizda o‘quvchilarda kouching asosidaning go‘zalligini his ettirish orqali o‘z ona tiliga bo‘lgan hurmatni yuksaltirish uchun xizmat qiladigan vositalardan biri bo‘lmish o‘quvchilar so‘z boyligini oshirish ishlari umumiy o‘rta taʼlim muassasalarida talab darajasida yo‘lga qo‘yilmaganligi, jumladan, nutq madaniyati yetarli darajada shakllantirilmayotganligi mazkur sohaning asosiy muammolaridan biri sifatida namoyon bo‘ldi. Mavjud ahvolni yaxshilash maqsadida o‘quvchilarning so‘z boyligini oshirishga qaratilgan darslar yoki mavzularning o‘quv soatlarini qayta ko‘rib chiqish, bunda o‘quvchilar fanlararo integratsiyalashuv yoki, aytaylik, uzviylik jarayonini hisobga olishi juda muhimdir.
2. O‘quvchilarga kouching asosidani o‘rgatishga bag‘ishlangan metodik va pedagogik hamda psixologik adabiyotlarni o‘rganish natijasida nazariy mushohada orqali muhim metodik xulosalar chiqarildi, ega, kesim, predmet belgisini bildirgan so‘zlarni o‘rgatish ishi o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishi, idrokining o‘tkirlashishi, hayotiy tajribasi oshib borishi, real voqelikni bilishi, kuzatishi, qiyoslashi va nihoyat, bularning barchasi til malakalari shakllanishi asosiga qurilganligi o‘z isbotini topdi.
3. Kouching asosida darslarini o‘tishda yangi so‘zlarni o‘rgatishning mazmunini belgilovchi lingvodidaktik asoslardan kelib chiqish kerak bo‘ladi. Yaʼni, so‘zlashuv nutqiga xos so‘zlar hamda kitobiy (yozma nutqqa xos) so‘zlar bilan ishlash vaqtida so‘zlarni ajratish va o‘rgatishning mashqqa mos tizimini ishlab chiqish hamda mazkur jarayonning uslubiy xususiyatlarini eʼtiborga olish zarur.
4. Predmetni bildirgan so‘zlarning o‘z maʼnosidan kelib chiqadigan ko‘chma maʼnosi vosita sifatida qo‘llanilishi, bunda badiiy asarlardan olingan misollarda, sheʼrlarda ishlatilishi, ko‘chma maʼnoda bo‘lishi, ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘quvchilar nutqiga qo‘shish yoki olib kirish murakkabligini nazarda tutish kerak.
5. O‘quvchilarning til o‘rganib yangi so‘zlardan og‘zaki va yozma nutqda erkin foydalanishlariga erishish uchun bu so‘zlarning talaffuzi va imlosini puxta o‘rgatish, ko‘p miqdorda bajariladigan, yuqori samara beradigan ijodiy mashqlarga keng o‘rin ajratish orqali o‘quvchilar ongida dinamik stereotip hosil qilish shart, degan fikrimiz nazariy jihatdan o‘z isbotiga ega bo‘ldi.
6. O‘qituvchining kouching asosida o‘rgatishga doir mahorati muntazam oshirib borilsa, o‘quvchilarda bilim sifati va samarasi muhim bosqichga chiqadi. Chunki pedagogik jarayonda yuqori malakaga ega mutaxassisning samarali natijalarga erishish imkoniyati ko‘proq bo‘ladi.

Yüklə 159,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin