Kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarini takomillashtirish



Yüklə 159,32 Kb.
səhifə2/19
tarix02.06.2023
ölçüsü159,32 Kb.
#123137
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
ilmiy ish oxirgi

II-bob boʼyicha xulosalar.........................................................................

III-BOB. KOUCHINGDAN PEDAGOGIK JARAYONLARDA FOYDALANISH TEXNOLOGIYALARINI TAKOMILLASHTIRISHGA OID PEDAGOGIK SAMARALAR.................................................................
3.1. Kouching tahlilini oʼtkazishda pedagogik jarayonni takomillashtirish muammolari..............................................................................
3.2. Kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarini takomillashtirish jarayonlarini oʼrganishga qaratilgan pedagogik tajriba-sinov ishlari.......................................................................................................................

XULOSALAR VA TAVSIYALAR…………………………..............................

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʼYXATI…....….............................

K I R I SH
Tadqiqot mavzusining dolzarbligi va zarurati. Umumiy oʼrta taʼlim muassasalarida oʼquvchilarni mustaqil hayotga tayyorlash, vatanimizning ongli bunyodkorlarini tarbiyalab, milliy urf-odatlarimiz, anʼanalarimiz va betakror asriy udumlarimizga hurmat hissini singdirish, shuningdek, milliy va umumbashariy qadriyatlarimizni chuqur anglash va hurmat qilish, berilgan har bir topshiriqni puxta va aniq bajarish, oʼz xulqi va burchi oldidagi yuksak masʼuliyatni his qilish, jamiyatimizga munosib voris boʼlish bilan bogʼliq fazilatlarni tarkib toptirish, olingan nazariy bilim, amaliy koʼnikma va malakalarni shakllantirish taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning tub maqsadidir. Biz farzandlarimizni nafaqat jismoniy va maʼnaviy sogʼlom oʼsishi, balki ularning zamonaviy intellektual bilimlarga ega boʼlgan avlod boʼlib voyaga yetishi uchun zarur boʼlgan barcha imkoniyatlarni takomillashtirishni oʼz oldimizga maqsad qilib qoʼyishimiz lozim.
Oʼtgan yillar ichida Oʼzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʼgʼrisida”gi (1.3.) qonunining yangi tahririda oʼqitishning kompleks tizimi, yaʼni uygʼun kamol topgan, oʼqimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yoʼnaltirilgan tizim yaratilishi belgilanadi.
Mustaqillik yillarida 51,7 ming nafardan ziyod chet tillar oʼqituvchilari tayyorlandi, umumtaʼlim maktablarining boshlang’ich sinflar uchun multimedia darsliklari, boshlangʼich sinflarda kouching asosida oʼrganish boʼyicha elektron resurslar tayyorlandi, umumtaʼlim maktablarida, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda 5 mingdan koʼproq lingafon kabinetlari jihozlandi.
Shu bilan birga, amaldagi taʼlim jarayonini tahlil etish shuni koʼrsatmoqdaki, taʼlim standartlari, oʼquv dasturlari va darsliklar zamon talablariga, xususan, ilgʼor axborot va media-texnologiyalardan foydalanish borasidagi talabga toʼliq javob bermayapti.
Taʼlim asosan anʼanaviy uslublarda olib borilmoqda. Taʼlim tizimining barcha bosqichlarida chet tillarni uzluksiz oʼrganishni tashkil qilish, shuningdek, oʼqituvchilar malakasini oshirish hamda zamonaviy oʼquv-uslubiy materiallar bilan taʼminlash yanada takomillashtirilishini taqozo etadi (1.4.).
Shu sababli, umumiy oʼrta taʼlim maktablari oʼquvchilarining ijtimoiy yoʼnalishlarga boʼlgan layoqatini aniqlash, ularni tegishli oʼrta maxsus taʼlim sohasiga yoʼnaltirish dolzarb masala sifatida yuzaga chiqmoqda. Umumiy oʼrta taʼlim muassasalari oʼquvchilari ongida imkon qadar milliy, shuningdek, oʼzga xalqlar madaniyati va anʼanalariga chuqur hurmat uygʼotishni maqsad qilib olish kerak. Tarbiya berish borasidagi bunday yondashuv faqat tarbiyaviy ahamiyatgagina ega boʼlib qolmasdan, balki ijtimoiy ahamiyatga ham egadir. Mazkur muammoning hal etilishida pedagogika fani nazariyasi va uslubiyati bilan bir qatorda, ona tili va adabiyoti, falsafa, yoshlar psixologiyasi va fiziologiyasi fanlarining ilmiy xulosalari, nazariy va amaliy tajribalari umumlashtirilib, oʼqitishning zamonaviy rivojlangan uslublaridan foydalanish jarayonini qayta koʼrib chiqish va tashkil etish, bizning nazarimizda foydadan xoli boʼlmaydi.
Bugungi kunda maktablarning ham turli fan oʼqituvchilariga va malakali mutaxassislarga boʼlgan ehtiyoji tobora ortib bormoqda. Mazkur ehtiyoj zamirida oʼqitish uslublarini takomillashtirish, taʼlim nazariyasi va amaliyotining uzviyligi hamda xolis xulosalari bilan boyituvchi, didaktikaning ilmiylik, tizimlilik, ketma-ketlik va izchillik kabi tamoyillarini bilish zarurati yotadi.
Bu muammolarning muvaffiyatli yechimlarini izlab topish oʼquvchilarni erkin, mustaqil fikrlashga yoʼnaltirish, oʼquv jarayoni mazmunini yangilash, darsliklarning yangi avlodini takomillashtirish, oʼquvchilarning oʼz ona tili va chet tillarini puxta oʼrganishiga erishish, pedagog kadrlarni tayyorlashga yangicha yondashish, taʼlim tizimida uning har bir bosqichini, xususan, yangi tarkib va mazmundagi umumiy oʼrta taʼlimni rivojlantirish, taʼlim berish jarayonini imkon darajasida xalqaro meʼyorlar va andazalar asosida tashkil etish, shuningdek, taʼlim tizimining barcha boʼgʼinlarida davlat taʼlim standartlari, oʼquv dasturlari va darsliklarini takomillashtirish bilan bevosita bogʼliqdir.
Kouching bu nima? Kouching – bu murabbiyning olib boradigan qadamma-qadam mukammal ishi. Bu bir oy, oʼzingiz ustingizda ishlash usuli.
Bu vakt mobaynida sizni xavotirga solayotgan va siz oʼzgartirishni istayotgan hayotingizdagi har bir vaziyat hal qilinadi, maqsadlaringizga erishish yoʼllari koʼrib chiqiladi. Qachon yana bunday imkoniyatga ega boʼlasiz? Bu insonning oʼz ustida ishlashning eng samarali usullaridan biri. 1
Yosh avlodga taʼlim berish va ularni kelajak faoliyatga tayyorlashda oʼzga xalqlar tilini oʼrgatish hamisha katta avlod zimmasidagi muqaddas vazifalardan boʼlib kelgan. Shuning uchun ham, yoshlarimizga kouching asosida taʼlim berish jarayonini yanada rivojlantirish hamda oʼzga xalqlarning urf-odatlariga hurmat-eʼtibor bilan qarash kabi anʼanalar qadrini kuchaytirish uchun nazariy pedagogik asos yaratilishi lozimligi bugungi kunning muhim zaruratiga aylandi.

Yüklə 159,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin