Kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarini takomillashtirish


Muammoning oʼrganilganlik darajasi



Yüklə 159,32 Kb.
səhifə3/19
tarix02.06.2023
ölçüsü159,32 Kb.
#123137
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
ilmiy ish oxirgi

Muammoning oʼrganilganlik darajasi. Mamlakatimiz taraqqiyotining tarixiy bosqichlariga murojaat etar ekanmiz, yoshlarga murabbiylik (kouching) asosida taʼlim berishning nazariy va amaliy usullari haqidagi nodir fikrlar, gʼoyalar va taʼlim-tarbiyaviy qarashlar oʼtmish allomalarimizning sheʼr, gʼazal va ruboiylari hamda boshqa asarlarida, baʼzan esa qissa va rivoyatlarda bitilganini koʼramiz. Xususan, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Yusuf Xos Hojib, Al Xorazmiy, Mahmud az-Zamaxshariy, Alisher Navoiy, Abu Mansur as-Saolibiy kabi mutafakkirlarning ijodi bilan bogʼliq manbalar bunga yaqqol misol boʼla oladi. Ushbu donishmandlarimiz nafaqat til va uni oʼrgatish odobi, balki yoshlarning umumiy taʼlim-tarbiyasiga oid ilgʼor fikr-mulohazalari bilan ham mashhurdirlar. Biroq hozirgi, texnik jihatdan oʼta rivojlangan dunyoda, oʼzaro axborot almashinuvi tobora takomillashib va rivojlanib borishiga qaramay, tarbiya berishning nazariy-uslubiy muammolari hamon mavjud. Mazkur muammolar soʼnggi yillarda kadrlar tayyorlashda oʼquv jarayonini uslubiy jihatdan taʼminlash, xususan, darslik bilan ishlash jarayonining pedagogik mazmuni, texnologiyalari va uni tahlil etishga qaratilgan tadqiqotlarni taʼkidlash zarur.
Shuningdek, kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarining uslubiy roli va mohiyati, maktabda chet tillarini oʼrgatish muammolari, kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarining nazariy tahlili, oʼrgatishning zamonaviy texnologiyalari, kouchingning pedagogika fanlari tizimidagi oʼrni kabi masalalar rossiyalik pedagog olimlar V.Bespalko(2.2.) 2, P.Pidkasistыy (2.7.) larning darslik, ilmiy asarlari hamda maqolalarida oʼz uslubiy bahosini olgan va ilmiy-amaliy jihatdan qiyosiy tarzda tahlil etilgan.
Oʼzbekistonlik pedagog olimlar va kouching (murabbiylik) asosida taʼlim berish masalalalarini oʼzlarining tadqiqotlarida qisman yoritganlar, lekin bu yoʼnalishda deyarli ilmiy tahlillar yoki ilmiy ishlar oxiriga yetkazilmagan.
A.Abduqodirov(2.1.), V.Andriyanova(2.1.), P.Musaev, J.Musaev(2.5.), U.Tolipov(2.1.), Oʼ.Yoʼldoshev(2.4.) kabi tadqiqotchilar oʼz maqola va tahillarida darslikning taʼlim jarayonidagi oʼrnini hamda ahamiyatini yoritishga harakat qilib, qisman, murabbiylik (kouching) vazifalari toʼgʼrisida fikr bildirganlar.
Kouching mavzusi asosan chet ellik olimlarning tahlilida koʼproch uchraydi. Jumladan, ijtimoiy faollik borasida, unga ilmiy taʼrif berish yuzasidan A.Krupnov, Ye.Polyanskaya, N.Tuchak, M.Djey(4.1.) va boshqalar;
Ijtimoiy faoliyatning tamoyillari va mexanizmlarini tahlil etishda soha mutaxassislarining qarashlari yoʼnalishida S.Alieva, R.Brod(3.2.), (, P.Kovalev, M.Parkin , Ye.Shants i boshqalar; Kouchingning asosiy tamoyillari, shakllari va koʼrinishiga taʼrif berish yoʼnalishida V.Zimin, I.Lutsenko(3.1.), , E.Grant(3.3.), I.Dobrotvorskiy(3.4.), A.Korolixin(3.5.), , Onil(4.1.), M.Rey, I.Rыbkin(3.7.), , N.Turkulets(2.8.) Dj.Uitmor(4.3.), I.Fleming(3.8.) va boshqalar; Talabalar shaxsining shakllanishida, taʼlim jarayonida kouching-texnologiyalarining oʼrni va muhimligi yoʼnalishida S.Berezina, A.V’legjanina(2.3.), Ye.Kurenkova, D.Nenashev(2.6.), A.Shabanov (2.9.) O. Yastreb va boshqalar shugʼullanishgan.
Shu bilan bir qatorda respublikamiz taʼlim muassasalarida chet tillarini oʼqitish jarayonini takomillashtirish, taʼlim jarayonida fanlarni oʼqitishda oʼzaro muvofiqlashtirish ishlarini taʼminlash, uslubiy jihatlarni eʼtiborga olish, uzluksizlikni yoʼlga qoʼyish maqsadida turli taʼlim kontseptsiyalari, oʼquv dasturlari va majmualarining ishlab chiqilishi ham bu borada olib borilayotgan ishlarning ijobiy hamda izchil davomi boʼlib hisoblanadi. Soʼnggi besh-olti yil ichida bir qator kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarining chop etilishi - yangi avlod darsliklariga qoʼyiladigan talablarni oʼzida aks ettirib, umumiy oʼrta taʼlim muassasalari faoliyatida ijobiy bahosiga ega boʼldi. Bu oʼz navbatida yaqin yillarda darsliklarni takomillashtirish va chop etish masalalariga taʼlim sohasida boʼlgan eʼtiborning muhim ifodasi boʼldi.
Taʼlim-tarbiya jarayonini hozirgi kun talablariga moslashtirib olib borish zamonaviy pedagogikaning muhim masalalaridan hisoblanadi. Shunga koʼra, umumiy oʼrta taʼlim muassasalarida kouching asosida oʼqitishning didaktik asoslarini takomillashtirish ishi bugungi dolzarb vazifalar sirasiga kiradi. Umumiy oʼrta taʼlim muassasalarida kouching asosida oʼqitish masalasi ancha yillardan buyon oʼz yechimini kutib kelayotgan bir muncha jiddiy ahamiyat ksb etgan muhim muammolardan biridir. Haqiqatan ham, soʼnggi vaqtlarda maktablarda kouching asosida darslarini davr talabi darajasida tashkil etish, yangi pedagogik texnologiyalar asosida taʼlim tarbiya berish zarurati paydo boʼldi. Kouching asosida darslarini hozirgi zamon talablari asosida tashkil etish, mazkur fanlarni davlat taʼlim standartlari asosida oʼqitish, ularning pedagogik shart-sharoitlarini koʼrib chiqish masalalari mazkur tadqiqotimizdagi alohida eʼtiborga molik jihatlardir.
Ammo yuqorida nomlari keltirilgan tadqiqotchilarning ilmiy ishlari yoki asarlarida kouching asosidani oʼrgatish jarayoniga texnologik yondashuvlar hamda ularning yangi pedagogik texnologiyalar bilan bogʼliqlik jihatlari, xususan, kouching asosidaga oʼqitishning shakl va usullarini tahlil etish doirasidagi nazariy yoki amaliy muammolarga bagʼishlangan fikrlari, oʼquvchilar uchun kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarini takomillashtirishning pedagogik va qiyosiy tahlili berilmagan.
Shunday ekan, kouching asosida fanlarining uslubiy imkoniyatlarini hisobga olish, sinf va sinfdan tashqari sharoitlarda oʼquvchining til bilish jarayoniga taʼsir etuvchi ijobiy mazmunga ega boʼlgan ijtimoiy omillardan samarali foydalanish, taʼlim oluvchi yoshlar uchun kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarini takomillashtirishning pedagogik va qiyosiy tahlillarini boyitish bu borada taʼlim tizimida kutilayotgan natijalarni yanada kuchaytirishga imkon beradi.

Yüklə 159,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin