Dissertatsiya ishining ilmiy-tadqiqot ishlari rejalari bilan bogʼliqligi. Mazkur tadqiqot ishi Oʼzbekiston Respublikasining «Taʼlim toʼgʼrisida»gi qonuni va umumiy oʼrta taʼlim tizimining dolzarb muammolaridan – kouching asosida oʼrgatishning uslubiy xususiyatlarini oʼrganish hamda pedagogik ahamiyatini belgilashga qaratilgan.
Tadqiqotning maqsadi. Umumiy oʼrta taʼlim muassasalari kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalarini ilmiy-pedagogik va uslubiy jihatdan qiyoslash hamda taʼlim jarayoni uchun pedagogik tavsiyalar ishlab chiqish.
Tadqiqotning ilmiy farazi. Umumiy oʼrta taʼlim muassasalari kouchingdan pedagogik jarayonlarda foydalanish texnologiyalari uslubiylik nuqtai nazaridan oʼrganilib, kouching asosida oʼqitishning nazariy-ilmiy asoslari va amaliyotdagi ahvoli qiyoslansa, kouching asosidaga oʼqitishning didaktik xususiyatlari tavsiflansa, boshlang’ich sinflarda kouching asosida oʼqitishning shakl va metodlari baholansa, kouching asosida oʼqitishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanishning imkoniyatlari aniqlansa, shuningdek, kouching asosida oʼqitish jarayoni yuzasidan pedagogik tajribalar tashkil etilib, takomillashtirishga oid pedagogik tavsiyalar ishlab chiqilsa, taʼlim muassasalarida kouching asosida oʼqitish jarayoni nazariy va uslubiy jihatdan yanada rivojlantirilishi hamda bu orqali maktablarning dars jarayoni baholanishi, monitoringi, taʼlim sifati hamda samara koʼrsatkichlariga ijobiy taʼsir koʼrsatish mumkin boʼladi.
Tadqiqot maqsadi va ilmiy farazidan kelib chiqib, quyidagi vazifalar qoʼyildi: – umumiy oʼrta taʼlim muassasalarida kouching asosida taʼlim berish tarixi va uslubiyatini oʼrganish;
– taʼlim muassasalari kouching asosida darsligini zamonaviy taʼlim jarayoniga mosligini qiyoslash;
– boshlang’ich va yuqori sinflarda kouching asosida oʼqitishning shakl va metodlarini baholash;
– kouching asosida darsligining amaliy-uslubiy mazmuni va didaktik xususiyatlarini tavsiflash hamda pedagogik jihatlarini yoritish;
– kouching asosida darsligidan foydalanish jarayonini oʼrganishga qaratilgan pedagogik tajriba-sinov ishlarini tashkil etish;
– umumiy oʼrta taʼlim muassasalarida kouching asosida darsligidan foydalanish masalalarini takomillashtirishga oid pedagogik tavsiyalar ishlab chiqish.