Ko`z xastaliklarini davolashning umumiy qoidalari 1.Bo`shatish
2.Shishlarni davolash
3.Bemor mizojni o`zgartirish
4.O`ynab chiqqan ko`z soqqasini tuzatish
5.Yarani bitkazish
6.Et undirish
Moddani ko`zdan ketkazish uchun – tortish yoki oqizish yo`li bajariladi.
Masalan, tortish uchun miyadan tozalovchi dorilar bilan moda tortiladi, oqizish uchun esa oqizuvchi dorilar buyuriladi.
1.Kasallik uzluksizlikni buzilishidan paydo bo`lsa, ko`p quritmaydigan xech achishtirmaydigan dorilar buyuriladi.
2.Kasallik moddadan bo`lsa: ovqat miqdori kamaytiriladi, yaxshi xilt paydo qiluvchi mahsulotlarni eyish buyuriladi, bug` paydo qiluvchi va hazmni yomon qiluvchi narsalardan saqlanish tavsiya qilinadi. Modda qaysi a`zodan qo`zg`alsa, o`sha a`zo tomiridan qon olish zarur. Agar miyaning sirtqi pardasidan modda kyelsa, qortiq solib peshonaga qaytaruvchi dorilar: masalan, issiq moda uchun qovun puchog`i, sovuq modda uchun oq zok qo`yiladi.
Qon olinadigan tomirlar: qifol va bosh atrofidagi turli tomirlardir.
Boshning old qismidagi tomirlardan qon olish ko`chirish uchun orqa qismidagi
tomirlardan qon olish tortish uchun foydali.
Mizojni o`zgartirish uchun:
–sovituvchi dorilar: ituzum va qizil tasmadan siqib olingan suv, sachratqi suvi, so`tcho`p suvi, gul suvi, ispagul shirasi
-qizdiruvchi dorilar: mushk, murch, ichir, qonchup
-qurituvchi dorilar: Surma, oltin va kumush tuponi
-bo`shashtiruvchi: sabr, filzaxra, za`faron va qizil guldan tayyorlanadigan
shamchalar
-yumshatuvchi: so`t, yanchilgan bodom, tuxum oqi, o`simlik shiralari
-etiltiruvchi: zarcho`ba, sariq yo`ng`ichqa, za`faron suvi, shinni, ayniqsa non
botirilgan shinni
-yeritib-tarqatuvchi: anzirat go`shtxo`r, arpabodiyon suvi
- og`riqsizlantiruvchi: mexrigiyo suvi, ko`knor afyun
Ko`z kasalliklarini keltirib chiqaruvchi sabablar: 1.Moddali mizoj buzilishi sababli
2.Tarkib buzilish sababli yoki uzluksizlikning buzilishi tufayli