Kreativ pedagogning fikrlashi an’anaviy pedagog fikrlashidan farqli tomonini tahlil qilish



Yüklə 54,83 Kb.
səhifə13/15
tarix30.07.2023
ölçüsü54,83 Kb.
#138024
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Kreativ pedagogning fikrlashi an

O‘qitish metodlarining tasnifi.
Pedagogi-psixologik fanida o’qituvchilarning amaliy tajribasini o’rganish va umumlashtirish asoida ta’lim metodlarini tanlashga o’quv-tarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar va aniq holatlarga bog’liq muayyan yondashuvlar vujudga keladi. Ta’lim metodlari tizimida og’zaki bayon qilish metodlari muhim o’rin tutadi.
Og’zaki mashqlardan ta’lim jarayonida keng foydalaniladi. Ular o’quvchilarning umumiy madaniyati, mantiqiy fikrlashi hamda bilish qobiliyatini rivojlantirish bilan bog’liqdir. Shuningdek, og’zaki mashqlarning nutq boyligini oshirish va xorijiy tillarni o’rganishdagi ahamiyati beqiyos. Hikoya– o’qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo’lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo’li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi. Metodning samarasi ko’p jihatdan o’qituvchining nuqt mahorati, so’zlarni o’z o’rnida, ifodali bayon qilishi, shuningdek, o’quvchilarning yoshi, rivojlanish darajasini inobatga olgan holda yondashuviga bog’liq. SHu bois hikoya mazmuni o’quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishga xizmat qilishi zarur. Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir.
Hikoya qilinayotgan materialni samaralash maxsus reja asosida amalga oshiriladi. O’qituvchi har bir darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, undagi asosiy tushunchalarga alohida urg’u berishga e’tiborni haratadi. Hikoya hisha (5-10 daqiqa), shu bilan birga o’quvchilarda his-hayajon va mavzuga nisbatan qiziqishni uyg’otishi kerak. Bu holat hikoyani boshqa ta’lim metodlari (xususan, namoyish yoki muammoli bayon etish va hokazolar) bilan birga solishtirganda ro’y berishi mumkin.
Suhbat – savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi bo’lib, u fanga qadimdan ma’lum, xatto undan o’z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. Suhbat ta’lim jarayonida ko’p funktsiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi o’quvchida faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o’qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi.
Suhbat – faoliyatini endigina boshlagan o’qituvchi uchun murakkab ta’lim metodi hisoblanadi, binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini ta’minlash ko’p vaqt talab etadi, uni tashkil etishda esa barcha o’quvchilarning diqqatini jalb etish talab qilinadi. O’qituvchi oddiy savollar berishi, o’quvchilarga ular yuzasidan batafsil o’ylash uchun vaqt ajratishi, o’quvchilarning javoblarini esa diqqat bilan tinglashi, zarur o’rinlarda ularni sharhlashi lozim. SHu bois suhbatda bilish deduktiv yoki induktiv yo’l bilan amalga oshadi. Deduktiv suhbat o’quvchilarga oldindan ma’lum bo’lgan qoidalar, tushunchalar, hodisalar, jarayonlar asosida tashkil etilib, o’quvchilar tahlil yordamida xususiy xulosalarga keladilar. Suhbatning induktiv shaklida alohida dalillar, tushunchalarning tahlil asosida umumiy xulosaga kelinadi. Suhbat ko’proq o’quvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish, bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash, nazoratni tashkil etish hamda o’zlashtirilgan bilimlarni tashhislashda ijobiy natijalarni beradi. Suhbat turli ko’rinishlarda, ya’ni, kirish, yakuniy, individual va guruhli suhbat tarzida tashkil etiladi. Kirish suhbati o’quv ishlarining boshida tashkil etiladi. Uni tashkil etishdan ko’zlangan maqsad hal etilishi zarur bo’lgan ishlar mohiyatining o’quvchilar tomonidan anglab yetilganligini tekshirib ko’rishdan iborat. Bunday suhbatlar o’quvchilarning o’quv salohiyatini aniqlash, loyihalashtirish ishlarini tashkil etish hamda yangi bilimlarni o’zlashtirishga kirishish oldidan uyushtiriladi. Yakuniy suhbat o’quvchilar tomonidan egallangan bilimlarni umumlashtirish va tizimlashtirish maqsadida amalga oshiriladi. Katexizism (qisqa bayonli) suhbat – o’quvchilarning boshlang’ich bilim darajasi hamda ularning yangi o’quv metodikasini o’zlashtirishga tayyorgarligini aniqlash uchun tajribali o’qituvchilar tomonidan dars avvalida yohud o’rganilgan materialni mustahkamlash uchun dars so’nggida qo’llaniladi. Evristik suhbat yangi bilimlarni muammoli tarzda egallashga yo’naltiriladi. Bunda savollar shunday ketma-ketlikda berilishi zarurki, natijada ularga «ha» yoki «yo’q» tarzidagi javoblarni olish emas, aksincha, o’quvchilarni mustaqil fikrlash, ularda faollikning yuzaga kelishini ta’minlash, ularni tahlil qilishga undash, dalillarni ilgari surishga erishish imkoniyati yaratilsin.
Ta’lim metodlari va vositalarining tavsifi.
«Metod» so‘zining yunoncha tarjimasi «tadqiqot, usul, maqsadga erishish yo‘li» kabi ma’nolarni anglatadi. Filofosiya lug‘atida ushbu tushuncha umumiy tarzda «maqsadga erishish usullari»1 deya sharhlangan.
Ayni vaqtda pedagogik manbalarda «ta’lim metodi» tushunchasiga berilgan ta’riflarning xilma-xil ekanligiga guvoh bo‘lish mumkin. Mazkur o‘rinda ularning ayrimlarini keltiramiz: Shuningdek, ta’lim metodlarining o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro hamkorlikdagi tartibli faoliyatlari usullari ekanligi to‘g‘risidagi fikrlar ham mavjud.
«Ta’lim metodlari dastlab pedagog ongida muayyan yo‘nalishdagi faoliyatning umumlashma loyihasi tarzida namoyon bo‘ladi. Mazkur loyiha amaliyotga o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatining o‘zaro tutashuvi, o‘qitish va o‘qishga qaratilgan aniq harakatlar, amallar yoki usullar majmuasi sifatida joriy etiladi. Metod boshqa shakllarda namoyon bo‘lmaydi, buning boisi ta’lim metodi o‘zida umumiy holda faoliyatning didaktik modelini ifoda etadi»1.
Qayd etilayotgan tushuncha mohiyatini to‘laqonli yorituvchi ta’rifni aniqlashga bo‘lgan urinish bugun ham davom etyapti, yangi-yangi ta’riflar ilgari surilmoqda. Biroq, «ta’lim metodi» tushunchasi mohiyatini yoritishga nisbatan turlicha qarashlarning mavjudligiga qaramay, ularni o‘zaro yaqinlashtiruvchi umumiylik mavjud. Aksariyat mualliflar «ta’lim metodlari o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari» degan qarashga yon bosadilar. Demak, ta’lim metodlari ta’lim jarayonida qo‘llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmuidir.
Ta’lim metodlari ta’lim maqsadini yoritishga xizmat qiladi, u yordamida ta’lim mazmunini o‘zlashtirish yo‘llari ifoda etiladi, o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro harakati, xususiyati aks ettiriladi.
Metod, bir tomondan, ta’lim maqsadiga erishish vositasi sifatida namoyon bo‘lsa, boshqa tomondan, boshqariluvchan o‘qish faoliyatini amalga oshirish sharti hisoblanadi.Ta’lim metodlari doimo u yoki bu o‘qish vositalari yordamida joriy etiladi, shu bois ularning o‘zaro shartlanganligini ta’kidlash joiz.

Ta’lim metodi tuzilmasi chizmada quyidagicha namoyon bo‘ladi (M.N.Skatkin qarashlariga ko‘ra):


Tabiiyki, umumiy holda erishilgan natija har doim ham o‘qituvchining dars boshida belgilagan maqsadiga mos kelavermaydi. Ta’lim maqsadi o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyati asosida, shuningdek, ta’lim vositalari yordamida natijalanadi, ushbu jarayonda aniq maqsadga yo‘naltirilgan mexanizm ishga tushadi. Ta’lim tizimlari maqsadga erishish jarayonida bosh xalqa aynan qanday va qaysi mexanizm asosida hamda mavjud tarkibiy unsurlarni qanday ishga solish mumkinligini ifodalashga xizmat qiladi.
Ta’lim metodlari quyidagi asosiy funksiyalarni bajaradi:
Bu funksiyalar ta’lim metodini qo‘llash jarayonida bir-biridan ajratilgan holda yoki ketma-ket joriy etilmaydi, aksincha bir-biriga o‘zaro singib ketadi. Misol uchun, tashxisli funksiya o‘qituvchining bir qator metodlardan yaxlit foydalanishi evaziga bajariladi.
«Ta’lim metodi» atamasi bilan birga ko‘p hollarda «metodik usul» (sinonimlari – pedagogik usul, didaktik usul) tushunchasiham qo‘llaniladi. U ta’lim metodining tarkibiy qismi, uning muhim unsuri, metodni joriy qilishdagi alohida qadam sifatida ta’riflanadi. Har bir ta’lim metodi muayyan ta’lim usullarini chog‘ishtirish orqali joriy etiladi. Metodik usullarni xilma-xilligi ularni tasniflashga imkon bermaydi, biroq o‘qituvchi faoliyatida tez-tez qo‘llaniladigan usullarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
Har bir metod ma’lum ta’limiy vazifani muvaffaqiyatli hal etish, qolganlari esa birmuncha samarasiz bo‘lishi mumkin. Universal ta’lim metodlari mavjud emas, shu bois darsda turli ta’lim metodlaridan yoki ularning majmuasidan foydalanish mumkin.O‘qituvchi tomonidan qo‘llanilayotgan ta’lim metodlari majmuasi boshlang‘ich sinflardan yuqori sinflarga o‘tish asosida o‘zgarib hamda murakkab xususiyat kasb eta boradi. Ushbu jarayonda ayrim metodlarni qo‘llash chastotasi oshsa, ayrim metodlarni qo‘llashga bo‘lgan ehtiyoj kamayadi.



Yüklə 54,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin