Kreativlikni aniqlash va rivojlantirish


KREATIVLIKNI RIVOJLANTIRUVCHI METODIKALAR VA ULAR HAQIDA MA’LUMOT



Yüklə 109,65 Kb.
səhifə7/9
tarix06.06.2023
ölçüsü109,65 Kb.
#126006
1   2   3   4   5   6   7   8   9
KREATIVLIKNI ANIQLASH VA RIVOJLANTIRISH

2.2 KREATIVLIKNI RIVOJLANTIRUVCHI METODIKALAR VA ULAR HAQIDA MA’LUMOT
Ta'limning zamonaviy globallashuv va axborotlashuv sharoitida rivojlanishi va takomillashuvini innovatsiyalarning turli shakllarini tadqiq etmasdan, bugungi kunda mutaxassisni nimaga va qanday tayyorlashga bir qator yondashuv va munosabatlarni tamoyillar asosida ko'rib chiqmasdan amalga oshirish mumkin emas. Ijodkor shaxsning shakllanishini shaxsning o'zaro mos tarzda bajarilgan ijodiy faoliyat va ijodiy mahsulotlarni yaratish borasidagi rivojlanishi sifatida belgilash mumkin.Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini to'laqonli anglash uchun dastlab "kreativlik " tushunchasining ma'no mazmuni tushunib olishi talab etiladi.
Kreativlik (lot , ing. "create " - yaratish, "creative" - yaratuvchi , ijodkor) -individning yangi g'oyalarni ishlab chiqarashga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati.1
Ken Robinsonning fikriga ko'ra, "kreativlik - o'z qiymatiga ega orginal g'oyalar majmui"dir. Gardner esa o'z tadqiqotlarida "kreativlik-shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat bo'lib, u o 'zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma'lim amaliy qiymatga ega bo'lishi lozim" Olimning yondoshuviga ko'ra kreativlik " muayyan soha bo'yicha o'zlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yuqori darajada noodatiy ko'nikmalarga ham ega bo'lish "demakdir.2
Har bir boshlang'ich sinf o'qituvchisi o'z mutaxassisligini chuqur bilishi, pedagogik vaziyatlarni tahlil qilishi, uslubiy modellarni to'g'ri tanlash qobiliyati, ta'lim jarayonidagi ta'sir mazmuni va usullarini loyihalashni bilishi zarur. Shundagina yetik mutaxasis bo'lishi mumkin.
Boshlang'ich sinf o'qituvchisining kreativlik sifatlarini amalga oshirishda jamoanining o'rni beqiyos. Bunda o'qituvchi o'quvchilar jamoasini ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadni ko'zda tutuvchi, birgalikdagi faoliyatni tashkil etuvchi, umumiy saylab qo'yilgan organiga ega bo'lgan, mustahkamlik, umumiy javobgarlik bilan ajralib turuvchi, barcha a'zolarimng huquq va majburiyatlarda
tengligi sharoitida majburiy aloqadorlikka ega bo 'lgan o'quvchilar guruhini tashkil qilishda ijodiy yondashgan holda amalga oshirsa ko'zlagan maqsadga erishiladi.
O'qituvchining ijodkorligini nomoyon qiladigan jarayon bu- darsdir. Dars bevosita o'qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o'quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta'lim jarayonining asosiy shakli sanaladi. Darsda har bir o'quvchi xususiyatlarini hisobga olish, barcha o'quvchilarning mashg'ulot jarayonida o'rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlari va ma'naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratiladi.
Boshlang'ich sinflarda o'qituvchi dars jarayonida o'qituvchi shaxsiga xos bo'lgan kreativlik
sifatlari:
Ijodiy yo'nalganlik
Tafakkur tezligiga egalik
Innovatsiyon qobiliyatga egalik
Mantiqiy fikrlash
Hissiyotga boylik
Yuksak badiiy qadriyatga egalik
Boy tasawurga egalik
Ijodiy tashabbuskorlik
Refleksiya qobiliyati
Shu orqali boshlang'ich sinf o'qituvchisida dars jayonida kreativ sifatlarini rivojlantirishning samarali yo'llaridan foydalansa maqsadlidir.
l.O'qituvchilarda kreativ fikrlash ko'nikmasini samarali shakllantirish maqsadida o'quvchilarga ularni fikrlashga undovchi savollar tarkibida zarur so'zlarning bo'lishiga e'tibor qaratiladi. Suvning tabiatda aylanish hodisasini ta'riflab bering o'rniga yog'inlarning (yomg'ir, qor, shudring, do'l va boshqalar) paydo bo'lishi algoritmini(ketma- ketligini) tuzib chiqing. Bunda o'qituvchi har bir jarayonning " bog'liqlikni topishi , " fikrni mantiqan bayon eting", " tasavvur qiling " kabi fikrlardan foydalanish orqali unda kreativ fikrlash ko'nikmasi namoyon bo'ladi.
2.Boshlang'ich sinf oqituvchilari o'quvchilarda kreativ fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda ko'rsatmali metod va usullardan foydalansa oldiqa qo'ygan maqsadga erishadi.
3. O'quvchilarda muammoni yechish va innovatsiyon g'oyalarni ilgari surish jarayonida kreativ va ijodiy fikrlashga urg'u berishi lozim . Suvning tabiatda aylanishi va yog'inlarning paydo bo'lishi o'rtasidagi bog'liqlikni topish" Topshiriqni bajarar ekan, o'quvchilar tabiatda suvning aylanishiu va yog'inlarning paydo bo'lishi tizimi bilan bog'liq turli muammolarni tahlil qilib, xulosaga keladi. Natijada ushbu jarayonda ko'p tamonlama fikrlash, mushohada yuritish ro'y beradi.
Boshlang'ich sinf o'qituvchining ijodkorlik sifatlarini rivojlantirishda ta'limning yordamchi shakli to'garaklarda foydalanish maqsadlidir.
Fan to'garaklar yo'nalishi, mazmuni, ish metodi, o'qish vaqti va boshqa jihatlari bilan ajralib turadi. Ular o'quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, o'qishga ijobiy munosabatni shakllantirishga yordam beradi.Bu bilan o'qituvchining ijodkorlik sifatlarini ham shakllantiradi.Chunki to'garak ijodiy yondoshgan holda tashkil qilinadi. To'garak rahbari(boshlang 'ich sinf o 'qituvchisi) to'garak mashg'ulotida samaradorlikka erishish uchun to'garak mashg'uloti ishlanmasida ijodkorlikka alohida e'tibor qaratishi, uni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tuzishi lozim.
Misol uchun to'garaklarni tashkil etishda boshlang'ich sinf o'qituvchisi " AJIL" ("Amaliy jamoaviy ijodiy loyihalar") strategiyasi o'quvchilarda ijodiy faoliyat ko'nikma va malakalarini, jamoaviy ijodiy ishlarni tashkil etish ishlarni tashkil etish tashkil etish ko'nikmalarini shaklllantirish, jamoaviy ijodiy loyiha (ish)larning shakllari to'g'risidagi tushunchani hosil qilishga ko'maklashishga xizmat qiladi. "Ajil" texnologiyasini to'garak jarayonida "Men - jamoaviy ish tashkilotchisiman" mavzusidagi blits-o'yin o'tkazilgandan so'ng qo'llash maqsadga muvofiqdir.
Boshlang'ich sinf o'qituvchining ijodkorlik sifatlarini rivojlantirishda yana bir jihat ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarning o'rni juda kattadir. Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish ham pedagog faoliyatining muhim yo'nalishi hisoblanadi. SHunday ekan, boshlang'ich sinf o'qituvchisi ma'naviy-ma'rifiy ishlarini tashkil etishga ham ijodiy yondasha olishi zarur. Bunda u quyidagilarga e'tiborni qaratishi lozim:
-ma'naviy-ma'rifiy ishlarni maqsaga muvofiq, izchil, uzluksiz va tizimli tashkil etish;
-o'quv yili uchun puxta asoslangan ma'naviy-ma'rifiy ishlar rejasini ishlab chiqishi;
-rejadan talabalarning ehtiyoj va qiziqishlariga mos keladigan hamda dolzarb mavzulardagi muammolarga bag'ishlangan tadbirlarning o'rin olishiga erishish;
- ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarning reja uchun emas, balki talabalarning ehtiyojlarini qondirish, ularni shaxs va mutaxassis sifatida shakllanishlarini ta'minlash maqsadida tashkil etish;
-ma'naviy-ma'rifiy ishlarni ularning yo'nalishi, mazmuni, xarakteriga, ko'lami va xususiyatlariga ko'ra turli shakllardan interfaollik asosida tashkil etilishiga erishish;
- har bir ma'naviy-ma'rifiy tadbirning aniq maqsad asosida tashkil etilishi va albatta, kutilgan natijani kafolatlay olishini ta'minlash;
- ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish va o'tkazishda akademik guruhning barcha talabalari birdek faol ishtirok etishlariga erishish.
Darhaqiqat, boshlang'ich sinf o'qituvchilarida kreativ fikrlash ko'nikmasini shakllantirish. Bunda o'qituvchidan sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilishda noan'anaviy usullardan keng foydalangan holda amalga oshirishi talab qilinadi. O'qituvchida kreativni rivojlantirish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridir. O'qituvchida kreativni rivojlantirishda turli xil interfaol metodlarni bilishi va o'zing faoliyati davomida samarali foydalanishi lozim. Boshlang'ich sinf o'qituvchisi o'z-o'zidan ijodkor bo'lib qolmaydi.Uning ijodkorlik qobiliyati ma'lum vaqt ichida izchil o'qib organish, o'z ustida tinimsiz ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har bir o'qituvchi ijodiy o'z-o'zini tarbiyalash olishi zarur. Bunda o'zini o'ziga xos ijodiy shaxs sifatida anglash, uni yanada takomillashtirish va moslashtirishni talab qiladigan kasbiy va shaxsiy fazilatlarini aniqlash, shuningdek uzluksiz tizimda o'z-o'zini takomillashtirishning uzoq muddatli dasturini ishlab chiqish o'z-o'zini tarbiyalash demakdir.


Yüklə 109,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin