faoliyatining asosiy yo’nalishi hisoblanadi. Shuning uchun banklar yalpi daromadining asosiy
qismini kreditlash faoliyatidan olishlari lozim.
V. Kreditlash shakllaridan foidalanish darajasi.
Kreditlash shakllaridan to’laqonli tarzida foydalanish kredit siyosatining
samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Kreditlash
shakllari bankning kreditlash imkoniyatini oshirishga bevosita ta’sir qiladi.
Hozirgi vaqtda, Respublikamiz bank amaliyotida kreditlashning asosan ikki shaklidan
foydalanilmoqda. Bo’lar mijozni alohida ssuda hisobraqamidan
kredit liniyasi ochmasdan
turib kreditlash shakli va faktoring shaklidir.
Respublikamiz tijorat banklari tomonidan kreditlashning overdraft, kontokorrent,
kredit liniyasi ochish yo’li bilan kreditlash, forfeyting shakllaridan foydalanilmayotganligi
ularning kredit siyosatining samaradorligiga salbiy ta’sir qiladi.
VI. Foizlarni o’stirmaslik maqomiga ega bo’lgan kreditlar
va ularga hisoblangan
foizlar miqdoining o’zgarishi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1998 yil 2 dekabrdagi “Tijorat
banklarining kreditlari bo’yicha foizlarni o’stirmaslik siyosati to’g’risida”gi Nizomga ko’ra,
banklar quydiagi hollarda kreditlarga foiz hisoblashni to’xtatadilar:
a) Bir yilgacha muddatga berilgan kreditlar uchun kreditning asosiy summasini va
foizlarni to’lash 90 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilgan holda, yaxshi ta’minlangan
va tiklash jarayonidagi kreditlar bundan mustasno;
b) Bir yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar uchun kreditning asosiy summasini va
unga hisoblangan foizlarni to’lash 90 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilgan holda,
yaxshi ta’minlangan va tiklash jarayonidagi kreditlar bundan mustasno;
v) Berilgan kreditning asosiy summasi yoki unga hisoblangan
fozlarni qaytarilish
muddati necha kunga kechiktirilganligidan qat’iy nazar banklarda shubxa uyg’otgan xolda.
Foiz hisoblash to’xtatilgan kundan boshlab hisoblangan foizlar summasi tegishli foizli
daromadlar hisobraqamidan chegirib tashlanishi lozim. Bunda tegishli foizli daromadlar
hisobraqami debetlanadi, 16309-“Hisoblangan, lekin undirilmagan foizlar” hisobraqami
kreditlanadi.
VII. Banklarning kreditlash faoliyatida garov ob’ektlaridan foydalanish samaradorligi.
Respublikamiz tijorat banklarining faoliyatida kreditlarni garov asosida berish kredit
siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli, garov ob’ektlaridan
unumli foydalanish masalasini tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda asosiy e’tibor
garov ob’ektlarini sotish evaziga kreditlarning asosiy qarz summasi
va ularga hisoblangan
foizlarni undirishga qaratiladi.
VIII. Tijorat banklarining etarli darajada barqaror resurs manbalariga ega ekanligi.
Tijorat banklarining samarali kredit siyosatini amalga oshirish imkoniyati bevosita
ularni etarli darajada kredit resurslari bilan ta’minlanganligiga bog’liq.
Hozirgi kunda kredit siyosatini to’zishda har bir tijorat banki mustaqil bo’lib, ular
kredit siyosatining mohiyati, maqsadi va tarkibini takomillashtirib bormoqda.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida banklarning faoliyatida xo’jalik sub’ektlarini kreditlash
funktsiyasi birinchi darajali ahamiyatga ega bo’lganligi uchun banklar faoliyatining
samaradorligi va likvidliligini ta’minlash uchun avvalambor, banklarning kredit siyosatini
turli ishlab chiqishga e’tibor berish zarur. Banklar oladigan
daromadlar uning aktiv
operatsiyalari natijasida, asosan kredit operatsiyalar tufayli vujudga kelishi banklar
tomonidan kredit siyosatini oqilona tanlash va o’tkazishni taqazo qiladi.