- tijorat banklarining ixtiyoridagi veksellarni xisobga olish yo’li bilan kreditlash,
Lombard kreditini berish, qaytarish va ulardan foydalanganlik uchun foizlar to’lash
Kredit jarayonida bank garovga qo’yilgan qimmatli qog’ozlar kotirovkasi birja
kursidagi o’zgarishlar to’g’risida teleks, kompyuter aloqasi va aloqaning boshqa turlari
yordamida axborot to’plab boriladi.
Kredit davomida fond birjasida o’tkazilgan savdo natijalariga ko’ra,
garovga
qo’yilgan qimmatli qog’ozlar qiymati pasaygan bo’lsa, u holda kredit qo’mitasining qaroriga
muvofiq qarz oluvchiga shu summada qo’shimcha ta’minot berish talabi bildirilishi yoki
kredit miqdori qaytariladi.
Tovar (mol) garovi ostidagi lombard krediti. Lombard krediti uchun garov
ko’rinishida faqatgina nisbatan baholi tovarlar, qaysiki ularning savdosi birjada yuritilishi,
tovar partiyasini miqdori va sifatini belgilash bilan bir vaqtda bahosini ham aniqlash imkonini
berishi shartidir.
Qimmatbaho metall garovi ostidagi kredit. Bu lombard kreditining
eski usullaridan
bo’lib, hozirda u juda kam ishlatiladi. Garovni baholashdagi qiymati bu asosan oltin tangalar,
slitkalar, kumush, platina va boshqalar qariyb 95% foiz qimmatbaho metall narxiga mos
keladi.
Lombard krediti - kreditlashning bu usuli asosan likvid mol mulk hisoblangan tillo
taqinchoqlar garov asosida kredit berishga asoslanadi. Bu kredit kredit muassasi uchun
deyarli risk darajasi past xisoblanadi. Chunki tillo buyumlar eskitdan yuqorilikvidli tovar
sifatida tarixga ega. Biz kreditlashning bu usuli orqali pul mablag’lariga muxtoj bo’lgan
ishlab chiqarish va savdo majmualarini moliyaviy qo’llab quvvatlnib boriladi.
Shu tarzda Markaziy banklar bozorlarning o’rtacha foiz stavkalarini belgilaydi.Bu
mazkur sharoitda barcha bozorlar xususan kredit va kapital bozorlari uchun bazaviy foiz
stavkalari qabo’l qilinadi.
Bank kredit
siyosati bank resurslari, ularning joylashtirilish bilan chambarchas
bog’liq. Bank resurslarining asosiy qismini jalb qilingan mablag’lar, jumladan yuridik va
jismoniy shaxslarning depozitlaridan tashkil topadi. Shuningdek, hozirgi kunda jalb qilingan
resurslar ichida banklararo kredit xam alohida o’rin egallaydi. Depozitlar bo’yicha
belgilangan foiz stavkalari, hamda boshqa bankdan olingan kredit uchun foiz stavkalari bank
tomonidan beriladigan kreditning foiz stavkalari bilan bog’liq bo’ladi. Kredit siyosatining
aniq va mukammal tayyorlanish va izohlanish xar bir bank uchun kreditlash jarayonini ijobiy
tashkil etish uchun asos bo’ladi. Bank tomonidan to’plangan resurslarni to’g’ri va oqilona
joylashtirish bankning kredit siyosatining sifatiga bog’liq bo’ladi. Kredit siyosati sifatiga va
xolatiga qarab bank jalb qilgan resurslarini to’g’ri joylashtirish va oldindan ko’zlangan
daromad olish imkoniyati yaratiladi
.
Dostları ilə paylaş: