Кредит линияси очилган холда ссуда хисобраками буйича


Buyurtmachining huquqlari



Yüklə 42,23 Kb.
səhifə4/6
tarix16.09.2023
ölçüsü42,23 Kb.
#144204
1   2   3   4   5   6
Армугон

4.3. Buyurtmachining huquqlari:
4.3.1. Ijrochidan ushbu shartnoma bo‘yicha vazifalarning vijdonan, halol va sidqidildan, lozim darajada bajarilishini talab qilish;
4.3.2. Ijrochidan ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan xizmatlarni yuzasidan taqdim etilgan dalolatnomasini qabul qilish va uni tekshirish;
4.3.3. Ijrochi tomonidan uning zimmasiga yuklatilgan xizmatlar lozim darajada bajarilmaganda, bajarilgan ishlar yuzasidan noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilgan hollarda, to‘lov qilishni rad etish, shuningdek, ushbu shartnomani bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega.
4.3.4. Amaldagi qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi mumkin.


4.4. Ijrochining huquqlari:
4.4.1. Ushbu shartnoma shartlariga muvofiq bajarilgan xizmatlar uchun to‘lovlar olish.
4.4.2. Ushbu shartnomada belgilangan xizmatlarni, ishlarni lozim darajada bajarishi uchun bankning tegishli ma’lumotlaridan foydalanish;
4.4.3. Mazkur shartnomani muddatidan oldin bir tomonlama bekor qilish.


5. TARAFLARNING JAVOBGARLIGI. NIZOLARNI HAL QILISH.


5.1. Ijrochi ushbu shartnoma shartlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, u keltirgan zararni Buyurtmachiga to‘lig‘icha to‘lashi shart, lekin bu to‘lov ushbu shartnomada nazarda tutilgan xizmatlar bahosining ikki baravaridan ortiq bo‘lishi mumkin emas.
5.2. Ijrochi “Bank siri”ni tashkil etuvchi ma’lumotlarni tegishli tartibda sir saqlash majburiyatlarini o‘z zimmasiga oladi.
5.3. Taraflar o‘z majburiyatlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganliklari uchun O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi va boshqa qonun hujjatlari hamda mazkur shartnomaga muvofiq javobgar bo‘ladilar.
5.4. Taraflar o‘rtasida kelib chiqadigan nizolar taraflarning o‘zaro kelishuvi asosida hal etiladi.
5.5. Taraflar kelishuvga erishmagan taqdirda, mazkur shartnomaning tuzilishi, uning shartlarining o‘zgarishi, buzilishi, ijro etilishi, bekor bo‘lishi, tugatilishi va haqiqiyligi yuzasidan kelib chiquvchi barcha nizolar, kelishmovchiliklar va talablar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq sud tartibida hal qilinadi.



Yüklə 42,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin