2.1. “Ijrochi”ga haq to‘lash buyurtmachi tomonidan Xalq banki Bank Boshqaruvining
2022-yil 29-iyuldagi 91/6-sonli Boshqaruv qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq bankida balansdan tashqari hisobvaraqlarda yuritilayotgan muammoli kredit qarzdorliklarini undirishda o‘z hissasini qo‘shgan bank xodimlariga rag‘batlantirish mablag‘larini to‘lashning vaqtinchalik tartibi talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
2.2. Bajarilgan xizmatlar uchun xizmat haqi buyurtmachi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining amaldagi soliq qonunchiligida belgilangan tartibda budjetga to‘lanadigan to‘lovlarni hisobga olib, ularni ushlab qolgan holda ijrochiga bankda ochilgan bank plastik kartasiga o‘tkazib beriladi.
2.3. Ijrochi bajarilgan ishlar yuzasidan undirilgan qarzdorliklar bo‘yicha asoslantirilgan hujjatlarni ilova qilgan holda yozma hisobotni taqdim qiladi, buyurtmachi hisobot va unga ilova qilingan hujjatlarni o‘rganib chiqib to‘lovlarni amalga oshiradi.
2.4.Buyurtmachi, ijrochiga ushbu shartnomada ko‘zda tutilgan to‘lovlardan tashqari boshqa to‘lovlarni amalga oshirmaydi.
2.5. Ko‘rsatilgan xizmatlar (bajarilgan ishlar)ga yolg‘on ma’lumotlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi va bunday ma’lumotlar kiritilganligi aniqlangan taqdirda “Buyurtmachi” tomonidan mazkur shartnoma bir tomonlama bekor qilinishiga yoki qonunchilikda belgilangan javobgarlikka sabab bo‘ladi.
3. XIZMATLARNI TOPSHIRISH-QABUL QILISH TARTIBI.
3.1. Ijrochi ushbu shartnomaning 1.1-bandida nazarda tutilgan xizmatlarni shaxsan o‘zi ko‘rsatishi shart.
3.2. Xizmatlar ko‘rsatilgandan so‘ng Ijrochi Buyurtmachiga ko‘rsatilgan xizmatlarni topshirish-qabul qilish dalolatnomasini taqdim etadi va unga qarzdorliklar undirilganligi asoslovchi hisobot hamda hujjatlarini ilova qiladi.
3.3. Xizmat natijalaridan qoniqmagan Buyurtmachi dalolatnomani olgan paytdan boshlab ____ kun ichida Ijrochiga xizmatlarni qabul qilishdan bosh tortishi mumkin.
3.4. Buyurtmachining radnomasi asosli deb topilgan taqdirda, taraflar ikki tomonlama dalolatnoma tuzadilar va unda qo‘shimcha ko‘rsatilishi lozim bo‘lgan xizmatlar ro‘yxati va ularni bajarish yoki bajarishni to‘xtatish muddatlarini ko‘rsatadilar.
3.5. Xizmatlarni ko‘rsatish jarayonida ularni davom ettirish imkoniyati yo‘qligi yoki maqsadga muvofiq emasligi aniqlangan taqdirda, Buyurtmachi bu haqda Ijrochini xabardor qilishi va u bilan birga zaruriy choralarni ko‘rishi shart.