2-§. Kreditning foiz stavkasi va ko‘rsatilgan xizmat uchun olinadigan haq 6. Kreditning foiz stavkasi yillik hisob asosida ___% miqdorida belgilandi va Bank
tomonidan Qarzdorning/mijozning kredit hisobvarag„idan to„lov amalga oshirilgan kundan
boshlab har kunga hisoblab boriladi.
7. Kredit shartnomasining tarkibiy qismi hisoblangan kredit liniyasining kamayish
grafigida belgilangan muddatda kreditning qaytarilishi amalga oshirilmasa, Bank tomonidan
kredit foizi kredit shartnomasida o„rnatilgan foiz stavkasidan 1,5 marta oshirilgan foiz stavkasida
undiriladi.
8. Qarzdorning/mijozning kredit hisobvarag„idan to„lov amalga oshirilganligi uchun
Qarzdor/mijoz Bank tariflariga muvofiq Bankka haq to„laydi.
9. Mazkur Shartnoma shartlariga Qarzdorning/mijozning tashabbusiga ko„ra o„zgartirish
kiritilganda, Bank Qarzdordan/mijozdan Bank tariflariga muvofiq vositachilik haqi undiradi.
3-§. Kredit shartnomasi bo‘yicha to‘lovlarni amalga oshirish tartibi 10. Qarzdor/mijoz tomonidan kredit bo„yicha asosiy qarzni qaytarishga oid to„lov ushbu
Shartnomaga ilova qilingan kredit liniyasining kamayish grafigiga muvofiq amalga oshiriladi.
11. Bank kredit bo„yicha asosiy qarzga Qarzdorning/mijozning kredit hisobvarag„i-dan
to„lov amalga oshirilgan kundan boshlab har kunga foiz hisoblab boradi va hisoblangan foizni
har oyning 11 sanasida undiradi.
Agar kredit bo„yicha foizni to„lash dam olish kunlariga to„g„ri kelsa, to„lov dam olish
kunlaridan keyingi birinchi ish kunida, dam olish kunlariga hisoblangan foizni ham qo„shgan
holda, amalga oshiriladi.
12. Kredit bo„yicha asosiy qarz va unga hisoblangan foiz bo„yicha muddati o„tgan
qarzdorlik yuzaga kelsa, foiz bo„yicha qarzdorlik kalendar ketma-ketligida navbat bilan
undiriladi.
13. Kredit yoki unga hisoblangan foiz bo„yicha muddati o„tgan qarzdorlik paydo bo„lganda
Bank Qarzdorning/mijozning filialdagi yoki boshqa bankdagi asosiy talab qilib olinguncha
depozit hisobvarag„iga aksepsiz tartibda to„lov talabnomasini qo„yishga haqli hisoblanadi.
14. To„lovni amalga oshirishga asos bo„ladigan barcha hujjat va shartnomalar O„zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan bo„lishi lozim. Ushbu talabga rioya
etilmaganda Bank kredit hisobvarag„idan to„lovni amalga oshirishdan bosh tortishga haqli
hisoblanadi. Bank to„lovni amalga oshirishga asos bo„ladigan shartnomaga O„zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlariga zid bo„lmagan qo„shimcha va o„zgartirishlar kiritishni talab
qilishga ham haqli hisoblanadi.