zimmasidagi qarz yuki yanada oshib ketishining oldini olish maqsadida ushbu qarzdorlik yuzaga
kelgan sanadan boshlab 7 kalendar kuni davomida har qanday aloqa bog„lash usulidan, shu
jumladan elektron aloqa vositasidan foydalanib, Qarzdorga/mijozga muddati o„tkazib yuborilgan
qarzdorlik yuzaga kelganligi haqida kreditni qaytarish grafigini ilova qilgan holda xabar berish;
d) Qarzdorni/mijozni ushbu shartnoma bo„yicha muddati o„tkazib yuborilgan qarzdorlikni
qaytarish majburiyatlari bajarilmaganligi holati, muddati, qiymati, tarkibi va oqibatlari haqida
xabardor qilish, Qarzdordan/mijozdan muddati o„tkazib yuborilgan qarzdorlik yuzaga kelishi
sabablari haqida so„rash;
e) Qarzdor/mijoz tomonidan ushbu shartnoma bo„yicha asosiy qarzni qaytarish va (yoki)
hisoblangan foizni to„lash muddati buzilganda nizoni sudgacha hal qilish yuzasidan o„z
talabnomasini qarzdorga/mijozga yetkazish.
16. Qarzdorning/mijozning majburiyatlari:
a) kreditlash muddati davrida kreditlashning qaytarishlilik, to„lovlilik, ta‟minlanganlik,
muddatlilik va maqsadli ishlatish shartlarini bajarish;
b) kreditning o„z vaqtida qaytarilishini ta‟minlash va ushbu Shartnoma 15-bandining “a”
kichik bandida ko„rsatilgan muddatdan kechiktirmasdan olingan kreditni to„liq so„ndirish;
v) kredit qaytarilishining ta‟minoti sifatida
quyidagilarni taqdim etish (amalda taqdim
etilgan ta’minot turi aks ettiriladi):
- ko‘chmas mulk garovi (O„zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq va Bankni
qanoatlantiradigan
tarzda
rasmiylashtirilgan,
qiymati
_______
(_____________
___________________________________)
so„mga
teng
bo„lgan,
_________________________ _____________________________________ manzili bo„yicha
joylashgan, 20__ yil “__” _________ dagi _______-son guvohnoma va 20__ yil “__”
_________
dagi
_______-son
kadastr
hujjati
bilan
_______________________________________________________ ga tegishli ko„chmas mulk);
- transport vositasi garovi (O„zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq va
Bankni
qanoatlantiradigan
tarzda
rasmiylashtirilgan,
qiymati
__________
(____________________________________________________________)
so„mga
teng
bo„lgan, _________________________ _____________________________________ manzili
bo„yicha joylashgan, 20__ yil “__” _________ dagi _______-son texpasport va _____________
davlat raqami bilan _____________________________________ ga tegishli transport vositasi);
- texnologik uskuna garovi (O„zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq va
Bankni
qanoatlantiradigan
tarzda
rasmiylashtirilgan,
qiymati
__________________
(___________________________________________________________________)
so„mga
teng bo„lgan, _________________________ _____________________________________
manzili bo„yicha joylashgan, 20__ yil “__” _________ dagi _______-son yuk bojxonasi
deklaratsiyasi/yuk xati bilan _____________________________________ ga tegishli
texnologik uskuna);
-
kafillik garovi (qiymati ___________ (____________________________________)
so„mga teng bo„lgan, ___________________________________________________ tomonidan
berilgan, 20__ yil “__” _________ dagi _______-son kafillik shartnomasi bilan O„zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan kafillik).
g) kredit bo„yicha garov ta‟minotini, mazkur Shartnomaning ajralmas qismi
hisoblanadigan, alohida shartnoma (garov
shartnomasi, kafillik shartnomasi) bilan
rasmiylashtirish;
d) garov predmetini kreditning to„liq davriga o„rnatilgan tartibda Bank foydasiga sug„urta
qilish hamda sug„urta shartnomasi, sug„urta polisi va notarial tarzda tasdiqlangan garov
shartnomasining aslini Bankka topshirish;
e) ushbu Shartnoma amal qiladigan davr ichida, Bankni oldindan ogohlantirmasdan,
boshqa banklardan kredit olmaslik, kafolat bermaslik yoki kafil bo„lmaslik, qarz olmaslik,
shuningdek o„zining har qanday mulkini boshqa kreditorning krediti bo„yicha ta‟minot
sifatida
garovga qo„ymaslik;
yo) taqdim etilgan biznes-planga muvofiq texnik-iqtisodiy ko„rsatkichlarning bajarilishini
ta‟minlash;
j) olingan kreditni ushbu Shartnomaga ilova qilingan kredit liniyasining kamayish
grafigida belgilangan muddatlarda yoki muddatidan oldin qaytarish;
z) kredit bo„yicha asosiy qarzni kredit liniyasining kamayish grafigi bo„yicha qaytarish,
kreditga hisoblangan foizni ushbu Shartnomaning 11-bandida qayd etilgan muddatda to„lash,
shuningdek ushbu Shartnomaning 8 va 9-bandlarida ko„rsatilgan vositachilik haqini undirish
uchun zarur bo„ladigan mablag„ning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag„ida mavjud
bo„lishini ta‟minlash;
i) nazorat funksiyasi amalga oshirilishi uchun O„zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga
muvofiq davlat soliq inspeksiyasiga taqdim qilingan buxgalteriya balansi (1-shakl bo„yicha
hisobot) va moliyaviy natijalar to„g„risida hisobot (2-shakl bo„yicha hisobot) nusxalari, pul
mablag„ining harakati to„g„risida hisobot, debitor va kreditor qarzdorliklar yoyilmasini (90
kundan ortiq muddat davomida mavjud bo„lib kelayotgan qarzdorliklar bo„yicha solishtiruv
dalolatnomasining nusxasi ilova qilingan holda) ushbu Shartnoma amal qiladigan davr davomida
hisobot choragidan keyingi oyning 25 sanasidan kechiktirmasdan
Bankka taqdim etib borish
(agar hisobot yilda bir marta topshiradigan bo‘lsa, operativ balans hisobotini, moliyaviy
hujjatni imzolash vakolati bo‘lgan rahbarlar tomonidan imzolangan va muhr bosib tasdiqlangan
holda, to‘liq hajmda har chorakda taqdim qilib borish);
y) loyihani kreditlash masalasi bilan bog„liq har qanday axborotni unga zaruriyat ushbu
Shartnoma amal qiladigan davr davomida paydo bo„lganda Bankka uning talabi bo„yicha taqdim
etish;
k) Bankning tegishli vakolatga ega bo„lgan xodimlarining buxgalteriya hujjatlari bilan
tanishish, kreditning maqsadli ishlatilganligini tekshirish, garov mulkining
haqiqatdagi holatini
ko„zdan kechirish uchun xizmat binolari, ishlab chiqarish ob‟ekti va boshqa hududga bemalol
kirishini ta‟minlash;
l) yuridik manzili va boshqa rekvizitlari o„zgarganligi to„g„risida, o„zgartirishlar kiritilgan
kundan boshlab 10 kalendar kuni ichida, Bankka xabar berish;
m) ushbu Shartnoma amal qiladigan davr davomida mulk shaklini qo„shish, tugatish va
boshqa har qanday shaklda qayta tashkil etish orqali o„zgartirishni Bankning yozma roziligisiz
amalga oshirmaslik;
n) kredit va unga hisoblangan foiz bo„yicha qarzdorlik belgilangan muddatda
so„ndirilmagan taqdirda, ushbu qarzdorlikni (unga hisoblangan jarimalarni ham qo„shgan holda)
o„zining asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag„idan
aksepsiz undirish huquqini
Bankka berish;
o) kredit va unga hisoblangan foiz bo„yicha qarzdorlikni so„ndirish uchun mablag„i mavjud
bo„lmagan holda qarzdorlik yuzasidan undiruvni O„zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda garov ta‟minotiga yoki boshqa likvidli mulkiga qaratish huquqini Bankka
berish;
p) faoliyati tugatilganda yoki huquqiy maqomi o„zgarganda ushbu Shartnoma bo„yicha
barcha majburiyatlarni bajarish tugatilgan (maqomi o„zgargan) Qarzdorning/mijozning vorisiga
o„tadi yoxud Qarzdor/mijoz kredit va unga hisoblangan foiz bo„yicha qarzdorlikni, ushbu
Shartnomada belgilangan so„ndirish muddatidan qat‟iy nazar, muddatidan oldin to„lash;
r) boshqa banklarda ikkilamchi hisobvarag„i mavjudligi to„g„risida Bankka xabar berish;
s) agar tomonlar o„rtasida o„zaro kelishuvga erishilmagan bo„lsa,
ushbu Shartnoma
bo„yicha barcha majburiyatlar bajarilmagunga qadar boshqa banklarda milliy va chet el
valyutalarida hisobvaraqlar ochmaslik, shuningdek kredit va boshqa moliyaviy majburiyatlar
rasmiylashtirmaslik;
t) ushbu Shartnoma tuzilgan paytdan boshlab 60 bank kuni davomida ajratilgan kredit
mablag„ini to„liq ishlatish;
u) Garov reestriga yozuv kiritilishiga qarzdor/mijoz va/yoki garovga qo„yuvchining yozma
roziligi taqdim etish.