Kredit shartnomasi


-§. Tomonlarning huquqlari



Yüklə 401,49 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix07.04.2023
ölçüsü401,49 Kb.
#94474
1   2   3   4   5   6   7
Kredit-liniyasi-ochilgan-holda-kreditlash-to

4-§. Tomonlarning huquqlari 
 
17. Bankning huquqlari: 
a) Qarzdorning/mijozning kreditni qaytarish qobiliyatini aniqlash uchun uning moliyaviy 
holatini har chorakda tahlil qilish; 
b) O„zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash stavkasi o„zgarganda, 
Qarzdorni/mijozni yozma ogohlantirgan holda, kreditning foiz stavkasini o„zgartirish; 
v) ushbu Shartnoma amal qiladigan davr davomida Qarzdor/mijoz faoliyati 
ko„rsatkichlarining biznes-rejaga muvofiqligi, garovga olingan mulkning holati hamda kredit va 
unga hisoblangan foizni o„z vaqtida so„ndirish istiqbolini monitoring qilish; 
g) kredit o„z vaqtida qaytarilmaganda O„zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga 
muvofiq qarzdorlikni so„ndirishga qaratilgan barcha imkoniyatlardan foydalanish; 
d) Qarzdorning/mijozning moliyaviy holati yomonlashganda (zarar ko„rib ishlash, 
balansning nolikvidligi, 2-kartotekaning mavjudligi, buxgalteriya hisobini yuritish talabga javob 
bermasligi, hisobot ma‟lumotlarining ishonchli emasligi), biznes-rejaning texnik-iqtisodiy 
ko„rsatkichlari bajarilmaganda, bank nazoratidan bosh tortilganda kreditni muddatidan oldin 
so„ndirishni talab qilish va kreditlashni bundan buyon to„xtatish; 
e) kreditning maqsadli ishlatilmagan qismini jarima qo„llagan holda muddatidan oldin 
undirish; 
yo) Qarzdor/mijoz tomonidan ushbu Shartnoma bo„yicha asosiy qarzni qaytarish va (yoki) 
hisoblangan foizni to„lash muddati buzilganda nizoni sudgacha hal qilish yuzasidan o„z 
talabnomasini Qarzdorga/mijozga yetkazish;
 
j) talabnoma yetkazilgandan so„ng o„ttiz kun ichida Qarzdor/mijoz unda ko„rsatilgan 
talablarni lozim darajada bajarmaganda, tegishli talab bilan sudga murojaat qilish;
 
z) kredit va unga hisoblangan foiz bo„yicha qarzdorlikni so„ndirish uchun 
Qarzdorning/mijozning mablag„i mavjud bo„lmaganda qarzdorlik yuzasidan undiruvni 
O„zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda garov ta‟minotiga yoki boshqa 
likvidli mulkiga qaratish; 
i) kredit so„ndirilishidan 20 bank kuni oldin Qarzdordan/mijozdan asosiy talab qilib 
olinguncha depozit hisobvarag„iga kirim qilinayotgan mablag„ni kredit va unga hisoblangan foiz 
bo„yicha qarzdorlik qoldig„i so„ndirilishi uchun yetarli miqdorda to„plab borishni talab qilish; 
y) Qarzdor/mijoz tomonidan ushbu Shartnomaning 16-bandida qayd etilgan o„z 
majburiyatlariga rioya qilinmaganda uni bundan buyon kreditlashdan voz kechish hamda kredit 
va unga hisoblangan foiz bo„yicha qarzdorlikni Qarzdorning/mijozning Bankdagi yoki boshqa 
bankdagi asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag„idan muddatidan oldin, kredit 
bo„yicha qarzdorlik qiymatining 10 foizi miqdorida jarima qo„llagan holda, aksepsiz undirish. 
18. Qarzdorning/mijozning huquqlari: 
a) ushbu Shartnomada belgilangan shartlarda, miqdorda va muddatda kredit olish; 
b) Bank bilan kelishgan holda kreditni muddatidan oldin so„ndirish; 
v) Bankning aybiga ko„ra kreditning ushbu Shartnomada belgilangan shartlarga zid 
ravishda to„liq bo„lmagan miqdorda yoki muddatiga rioya etilmagan holda taqdim etilishiga yo„l 
qo„yilganligi tufayli tovar sotuvchiga (ish bajaruvchiga, xizmat ko„rsatuvchiga) to„lov o„z 
vaqtida amalga oshirilmaganligi uchun to„langan jarimani Bankdan qoplab berishni talab qilish. 

Yüklə 401,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin