Kredit tarixi va uning hozirgi zamondagi ahamiyati Xozirgi zamonda kredit tushunchasi va uning shakllari Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kredit ta’minoti bilan bog‘liq muammolar



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə3/11
tarix20.04.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#100938
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
kredit va uning xozirgi zamon shakllari (2)

Kafillik
Kreditning ta’minlanganligi sifatida qabul qilinib kredit majburiyatlari bajarilishi ta’minlashning keng tarqalgan usullaridan biri kafillik hisoblanadi Fuqorolik kodeksining 292-moddasiga muvofiq kafillik shartnomasi bo‘yicha kafil boshqa shaxs o‘z majburiyatini to‘la yoki qisman bajarishi uchun uning kreditori oldida javob berishni o‘z zimmasiga oladi. Kafillik yoki kafolat deganda uchinchi shaxsning moliyaviy kafolati yoki kafilligi bilan beriladigan ssudalarni tushunish mumkin Bunda kredit boshqa bir tashkilotning kafolati asosida beriladi Kafolat beruvchi korxona yoki muassasa agar qarz oluvchi kredit shartnomasida ko‘rsatilgan shartlarni vaqtida bajarmasa shu tufayli bank ko‘rgan zararlarni qoplashga kafillik beradi va faoliyat davomida haqiqatda shunday ahvol ro‘y bersa o‘z mablag‘lari hisobidan zararni qoplab beradi Moliyaviy kafillik beruvchi tomon sifatida huquqiy shaxslar shuningdek turli darajadagi davlat hokimiyati organlari, jismoniy shaxslar ishtirok qilishlari mumkin. Kafil bank-kreditor o‘rtasida kafillik bo‘yicha munosabatlarni rasmiylashtirish uchun kafillik shartnomasi imzolanadi Amaliyotda kafillik shartnomasini tuzishning uch holatlari uchraydi:
- bank-kreditor va qarz oluvchi o‘rtasida kredit shartnomasi imzolangandan keyin;
- kredit shartnomasi imzolanishidan oldin
Bu tez-tez uchrab turadigan holat bunda bank kreditni berishni rasmiylashtirishni faqatgina qarz oluvchi uchun kafillikni olgandan keyingina amalga oshiradi;
- birgalikda, ya’ni kredit shartnomasi bilan birga uch tomonlama kafillik shartnomasini imzolash Bu hujjatni bank-kreditor qarz oluvchi va kafil rasmiylashtiradi
Kafillik shartnomasi yozma shaklda tuzilishi kerak g‘zma shakliga rioya qilmaslik shartnomani qonuniy kuchga kirmasligidan dalolat beradi
Kafillik shartnomasida qaysi majburiyatni bajarish uchun kafillik berilganligini aniqlashga imkon beruvchi shartlar ko‘rsatilishi kerak Kafillik to‘liq (kreditning summasi va foizlarini o‘z ichiga oluvchi) yoki qisman (masalan faqat foizlar bo‘yicha) bo‘lishi mumkin SHartnomada kafilning o‘z majburiyatlarini bajarish bo‘yicha tartib va shart-sharoitlari ko‘rsatilishi kerak Kafilning javobgarligi qonun bilan belgilanadi
Kafillik bilan ta’minlangan qarzdorning majburiyatlarini bajarish paytida kafil va qarzdor agar qonun yoki kafillik shartnomasi bo‘yicha kafilning subsidiar javobgarligi ko‘zda tutilmagan bo‘lsa kreditor oldida birgalikda javobgar hisoblanadilar
Birgalikdagi javobgarlikda kreditor kreditni to‘liq yoki qisman qarz oluvchi va kafildan birgalikda qoplashni talab qilishi yoki ulardan biridan alohida holda talab qilishi mumkin Kreditor hamkorlikdagi qarzdorlikning (qarz oluvchi yoki kafil) biridan to‘liq qoniqmaganda boshqa hamkor qarzdordan qoplanmagan qismini talab qilish huquqiga ega
Kafil kreditor oldida qarz oluvchi kabi huddi shunday hajmda javobgar bo‘ladi ya’ni foizlarni to‘lash qarzni undirish bo‘yicha sud xarajatlarini qoplash va kreditorning boshqa zararlarini qoplash bo‘yicha javobgarlikni oladi Ammo shartnomada kafilning cheklangan javobgarligi kafillik summasini aniqlash yoki kafil to‘lovni kafolatga olgan zararning bir qismini aniqlash orqali o‘rnatilishi mumkin
Bank kafil bilan o‘z munosabatlarini o‘rnatishda kafillik shartnomasida qarz oluvchi bilan o‘zaro javobgarlik to‘g‘risida ko‘rsatma berilmagan bo‘lsa kafil subsidiar javobgarlikni o‘ziga oladi Bunday holda kreditor birinchi navbatda qarz oluvchiga qarzni undirish bo‘yicha murojaat qiladi va kafilning javobgarligi faqatgina kredit shartnomasi bo‘yicha qarz qoplanmaganda yuz beradi
Agar asosiy qarzdor kreditorning majburiyatlarini to‘liq bajarishni rad etsa yoki kreditor belgilangan muddatda taqdim etilgan talabnoma bo‘yicha javob olmasa bunda talabnoma subsidiar javobgarlikni o‘ziga oluvchi shaxsga taqdim etilishi mumkin
Subsidiar javobgarlikni olgan shaxs (kafil) kreditor tomonidan taqdim etilgan talabnomani bajarishdan oldin asosiy qarz oluvchini bu haqda ogohlantirishi lozim Agar subsidiar javobgarlikni olgan shaxsga da’vo qo‘zg‘atilgan bo‘lsa bunday holda u (kafil) asosiy qarz oluvchini bu ishda qatnashishga jalb etadi Aks holda asosiy qarz oluvchi subsidiar javob beradigan kafilga qarshiligini ko‘rsatish huquqiga ega
Yana shuni belgilab o‘tish kerakki kafil va qarz oluvchi o‘rtasida munosabat kafil va kreditor o‘rtasidagi munosabatga ta’sir qilmaydi
Ba’zi paytlarda qarz oluvchi va kreditor o‘rtasidagi munosabat tugaydi hamda ular o‘rtasida tuzilgan shartnoma bekor qilinadi Ammo shu shartnomaga muvofiq kafil bank-kreditor bilan kafillik shartnomasini tuzgan bo‘ladi Qarz oluvchi qarzini to‘lamagan holda kreditor kafildan solidar majburiyatni bajarishni talab etadi. Amaliyotda ba’zan kafil qarz oluvchi bilan munosabati tugaganligi to‘g‘risida axborot bergan holda majburiyatni bajarishni rad etadi Bu dalillar sud tomonidan qabul qilinmaydi sud faqat kafillik kreditor va kafil o‘rtasidagi shartnoma sifatida ko‘rib chiqishi va uni bajarilish yuzasidan qaror qabul qilishi mumkin
Qonun bo‘yicha kafil nafaqat javobgarlikni oladi balki aniq bir huquqlardan foydalanadi Kafil huquqi kreditor talabiga qarshi e’tirozini bildirishi mumkin bu e’tiroz qarz oluvchiga bildiriladi Kafil bu e’tiroz huquqini hattoki qarz oluvchi rad etgan yoki qarzni tan olgan paytda ham yo‘qotmaydi
Kafil kreditorga to‘langan summadagi qarzlarni qarz oluvchidan talab qilishi huquqiga ega
Majburiyatlarning kafil tomonidan bajarilishi uchun kreditor qarz oluvchiga bo‘lgan talabini tasdiqlovchi hujjatlarni unga topshirishi va shu talabni ta’minlovchi huquqlarni o‘tkazishi zarur Bu qoidalar agar qonunchilikda boshqa huquqiy aktlar yoki qarz oluvchi bilan kafillik shartnomasida ko‘zda tutilmagan bo‘lsa ishlatiladi
Qonunda ko‘zda tutilganki kafil tomonidan ta’minlangan majburiyatni bajargan qarz oluvchi bu haqda kafilga tezda xabar berishi lozim Agarda bank kafilning mablag‘ini asossiz oborotga olgan bo‘lsa, kafil kreditordan asossiz olgan mablag‘ini undirish bo‘yicha talab qo‘yishi yoki qarz oluvchiga bo‘lgan regressiv talabini qo‘yish huquqiga ega.
Kafillik to‘xtalishining aniq hollari sifatida quyidagilarni belgilab o‘tish mumkin:
- Kafil tomonidan ta’minlangan majburiyatni to‘xtalishi bilan;
- Kafil uchun javobgarlikni oshiradigan yoki boshqa nomaqbul hollarga olib keladigan majburiyatlarni o‘zgarishi bilan;
- Kafillik bu ta’minlangan majburiyat bo‘yicha qarzni boshqa shaxsga o‘tkazilishi bilan agar kafil kreditorga yangi qarz oluvchi javob berishga rozilik bermagan bo‘lsa;
- Agar kreditor qarz oluvchi yoki kafil tomonidan taklif etilgan tegishli ijroni bajarishdan bosh tortsa;
- kafillik shartnomasida ko‘rsatilgan muddat o‘tishi bilan Bunday muddat o‘rnatilmagan bo‘lsa kafillik agar kreditor kafillik bilan ta’minlangan majburiyatni bajarish muddati boshlangandan kundan bir yil mobaynida kafilga nisbatan da’vo qo‘zg‘atmagan bo‘lsa tugatiladi;
- Agar kreditor kafillik shartnomasi tuzilgan kundan boshlab ikki yil mobaynida kafilga da’vo bildirmagan bo‘lsa bunda asosiy majburiyatni bajarilish muddati belgilanmagan yoki aniqlanmagan bo‘lishi kerak
SHunday qilib kreditni to‘lashining kafili sifatida turli xildagi yuridik va jismoniy shaxslar qatnashishi mumkin

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin