Kredit tarixi va uning hozirgi zamondagi ahamiyati Xozirgi zamonda kredit tushunchasi va uning shakllari Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kredit ta’minoti bilan bog‘liq muammolar



Yüklə 0,53 Mb.
səhifə7/11
tarix20.04.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#100938
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
kredit va uning xozirgi zamon shakllari (2)

Mulk garovi - bu kredit ta’minotining eng ko‘p tarqalgan shakllaridan hisoblanadi Mulk garovi garov shartnomasi orqali rasmiylashtiriladi To‘lov majburiyati bajarilmaganda bank ushbu garovni sotish orqali kreditni qoplashi mumkin
O‘z o‘zidan mulkni garovga quyish (ko‘chmas mulk va boshqalar) kreditor — mulni ushlab turuvchi (garovga qo‘yilgan) shaxs agar garov bilan ta’minlangan majburiyatlar bajarilmasa, ushbu mulkdan o‘z hoxishiga binoan foydalanish xuquqiga egaligi tushuniladi O‘zbekiston Respublikasida garov munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kadeksining 264, 289 sonli moddalari va Uzbekiston Respublikasining "Garov haqida" gi qonuni asosida boshqariladi. Garov asosida kreditor, agar qarzdor - gapov qo‘yuuvchi shaxs garov bilan ta’minlangan majburiyatni bajarmasa, ko‘yilgan mulk asosida o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishi xuquqiga egaligi va shu bilan birga, boshqa kreditorlar oldida nisbatan afzalliklarga egaligi ta’minlangan. Garovga quyilish mulk nafaqat qarz mablag‘larini qaytarilishini, balki uning foizlarini va boshqa kurilgan zararlarni qoplanishini ta’minlashi shart. Bundan tashqari garovga qo‘yilgan mulkni bozor narxlari tushib ketishini ham hisobga olish lozim. YUqoridagilardan kelib chiqib garovga quyilgan mulk berilayotgan kredit bahosidan yuqori bo‘lishi lozim.
Garov asosida yuridik shaxslarning ham, jismoniy shaxslarning ham majburiyatlari ta’minlanishi mumkin. Garov shartnoma yoki qonun acosida amalga oshiriladi. Hozirgi kunda garov shartnomasi keng tarqalgan bo‘lib, qarzdor o‘z hoxishiga binoan, o‘z mulkini kreditor bilan shartnoma tuzgan holda garovga qo‘yadi. Garov asosida haqiqiy talab etilayotgan mablag‘ ta’minlanishi mumkin. YA’ni, ushbu garov shartnomasi orqali boshqa maqsadlarda, boshqa shartnomalarda foydalanish mumkin emas.
O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan garov predmeti bo‘lib, garovga qo‘yuuvchi shaxsning har qanday mulkni, shu bilan birga qimmatbaho qog‘ozlar va mulkka egalik xuquklari bo‘lishi mumkin.
Xususiy mulkchilik qonuniga asosan, garov predmetining egasi gapovga qo‘yuvchi shaxs bo‘lishi mumkin SHu bilan birga, garovga qo‘yuvchi shaxs nafaqat ham qarzdor bo‘lishi mumkin, balki uchinchi shaxs ham bo‘lishi mumkin. Mulkdan foydalanish xuquqi, uning xaqiqiy egasi singari, mulkka egalik qilish, foydalanish va egalik qilish kabi xuquqlarni, agar qonun va shartnomalarda kqrsatilgan bo‘lmasa, qarz beruvchi shaxsga beriladi. Vazirlar maxkamasining № 50 sonli 1.02.94 dagi "Vaqtinchalik shatnoma va garovlarni davlat registratsiyasi haqidagi" qonunning 5 bandida garov predmetiga kiritilmagan ayrim korxona va mulklar sanab o‘tilgan.
Amaliyotda garovdan foydalanish uni qo‘llashning maxsus mexanizmi bo‘lishini ko‘zda tutadi Garov mexanizmi bu garov to‘g‘risidagi shartnomani tayyorlash tuzish va ijro etish jarayonidir
Garov mexanizmini amalga oshirish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:

  1. garov predmetlarini va turlarini tanlash;

  2. garov predmetlarini baholash;

  3. garov to‘g‘risida shartnomani tuzish va amalga oshirish;

  4. garov undirishga murojaat qilish tartibi

garov predmetining miqdor va sifat jihatlariga umumiy va maxsus talablar mavjud bo‘lib sifat jihatiga bo‘lgan umumiy talablar quyidagilardan iborat:

  • Garov predmeti qarz oluvchiga tegishli bo‘lishi kerak;

  • Garov predmetlari pul qiymatiga ega bo‘lishlari shart;

  • Garov predmetlari likvid bo‘lishi ya’ni realizatsiya qilinish xususiyatiga ega bo‘lishlari kerak

Garovning miqdoriga bo‘lgan umumiy talab bu garovga qo‘yilgan mulk qiymatining berilgan kredit va unga hisoblangan foizlar summasidan ko‘p bo‘lishidan iborat
Garovning sifat va miqdor jihatlariga bo‘lgan maxsus talablari garov shakliga va risklilik darajasiga bog‘liq bo‘ladi
Tovar-moddiy boyliklarning garov predmeti bo‘lishga maqbulligi 2 omil orqali aniqlanadi:

  1. boyliklarning sifati;

  2. kreditorni ularning saqlanishi ustidan nazorat qila olish imkoniyati

Tovar-moddiy boyliklarining sifat mezoni quyidagilar hisoblanadi: tez realizatsiya qilinishi narxlarning nisbatan barqarorligi sug‘urtalash imkoniyati saqlanish muddatining uzoqliligi SHuning uchun tez eskiradigan tovarlar garovga qabul qilinmaydi
Faqatgina ushbu mezonlarni aniqlash va ularga mos keladigan boyliklarni garovga qabul qilish emas balki ularni saqlanishini ta’minlash ham muhimdir Faqat shundagina qo‘yilgan garov kreditning qaytarilishiga kafolat bo‘lishi mumkin
Garov predmetiga quyidagilarni kiritish mumkin: korxona va tashkilotlar; asosiy fondlar (bino, inshoatlar, uskunalar), tovar—material buyumlari, tovar-transport xujjatlari (varrant, konosament, ombor xujjatlari, shartnoma va b.), valyuta mablag‘lari-
qimmatbaho buyumlar va qimmatbaho qog‘ozlar.

  1. Garov ikki shaklga bulinadi:

  2. Garov predmeti o‘z egasida qolishi.

Garov predmeti garovni oluvchini berilishi.
Garov ob’ekti o‘z egasida qolgan holda u quyidagi xuquqlarga ega:
-garovga qo‘yilgan mulkdan foydalanish va unga egalik qilish.
-garov bilan ta’minlangan, majburiyaglar bo‘yicha qarz egasiga o‘tkazish va boshqalar.
Bu holatda garov beruvchi shaxs o‘z hisobidan garov predmetini umumiy qiymatini sug‘urtalashi, uning yaxshi saqlanishi ta’minlashi va mulkni ijaraga berilishi haqida garov oluvchini ogohlantirishi lozim.
Garov predmetining o‘z egasida qolishi quyidagi hollarda yuz beradi:

  1. oborotdagi tovarlarni garovga quyish;

  2. ko‘chmas mulkni garovga quyish.

Oborotdagi govarlarni tarovga qo‘yish garov vaqti kelganda garov beruvchi o‘z oborotidagi tovarlarini hammasini yoki qisman sotib o‘z qarzini summasini yoki undan ko‘pini-qaytarishi tushuniladi. Bunda garovga qo‘yuvchi shaxs o‘z tovar mahsulotlarini hisob-kitobini va to‘g‘ri saqlanishini ta’minlashi shart. Oborotdagi tovarlarni garovga qo‘iish asosan savdo va ta’minot tashkilotlarda ko‘proq foydalaniladi Masalan, mahsulot va tovarlarni sotib olish.
Kuchmas mulk garovi (ipoteka)- korxona, tashkilot, bino, inshoat va qurilishalarni, er va undan foydalanish huquqlarini garovga quyish tushuniladi.
O‘z kreditlarini bino, inshoot va qurilma uskunalarni garov asosida berishlarida, banklar nafaqat ularning qanchalik tez sotilishini, balki kredit oluvchining foyda olish darajasini, garovlarning sotilishini olgan holda, ularning kreditni qaytarish sharoitida va muhitini ham hisobga olishlari lozim.
Bank, garov predmetini ushlab turuvchi sub’ekt sifatida, garovga qo‘yilgan mulkning hujjatlari asosida uning haqiqiyligini, holatini va uni saqlanayotgan muhitini tekshirishga haqlidir.
Agar garov predmeti garov beruvchi tomonidan sarflangan yoki ishlatib etkazilgan bo‘lsa, unda garovga beruvchi shaxs ushbu mulkni qayta tiklashi yoki boshqa mulk bilan qoplashi lozim, aks holda bank-garov mulkini ushlab turuvchi sub’ekt sifatida berilgan kreditni o‘z muddatidan oldini talab qilishga haqli hisoblanadi.
Garov qo‘yishning ikkinchi shakli- garovga qo‘yilgan mulkni o‘z egasida emas, balki uni ushlab turuvchi shaxsda qolishi hisoblanadi. Bu tur boshqachasiga «zaklad» deb ham yuritiladi va bank amaliyotida qulay garov turi bo‘lib, unda ko‘chmas mulk bo‘lmagan mulk gapovga qo‘yiladi. Buning sababi shundaki, pul garov oluvchi (bank)ga berilganda.
Ushbu shakl bank faoliyatida keng qo‘llanilib, asosan garovga ko‘yilgan mulk ko‘chmas mulk bo‘lib hisoblanmasa bankda bunday garov e’tiborli bo‘lib hisoblanadi. Buning asosiy sababi bankka ko‘yilgan har qanday hollarda bank uni qaytarishga qodir ekanligi hisoblanadi.
Ushbu garov shakli quyidagi turlarda bulishi mumkin:

  1. mustahkam (ishonarli) garov.

  2. xuquqiy garov.

Mustahkam (ishonarli) garov klassik jihatdan, tovar va boshqa mulkni kredit tashkiloti omborida yoki qarz oluvchi omborida bank nazorati ostida saqlashi tushiniladi. Zakladga olingan qimmatbaho buyumlar o‘z navbatida quyidagi talablapga javob berishi lozim: tez sotiladigan, sug‘urtalash oson bo‘lgan, bank nazorati ostida uzoq muddat saqlanishi mumkin bo‘lishi lozim.
Albatta, ushbu mulklarni bank tomonidan nazorati turli xil qiyinchiliklarga va xarajatlarga olib keladi. §arb mamlakatlarida ushbu xizmatlarni ombor tashkilotlari banklar uchun (xizmat) ko‘rsatadi. U mulk va uning saqlanish bo‘yicha to‘laqonli nazorat olib borishi, undan tashqari bergan kreditining qaytishi imkoniyatlariga to‘laroq ishonch hosil qilish mumkin. Bu garov turi 2 xil shaklda bulishi t.

  • O‘attiq garov

  • Huquq garovi

O‘attiq garov garovning klassik turi bo‘lib, u tovar yoki boshqa mulkni bankka berishni va bank omborxonasida yoki qarz oluvchining omborida, lekin bank qulfi va qorovuli bilan qo‘riqlab saqlanishi lozim. Garov yoki zaklad sifatida qabul qilinadigan qiymatlik talablarga javob beradigan-tez sotiladigan, uzoq saqlanadigan, o‘z sifatini yo‘qotmaydigan, sug‘urtalanadigan bo‘lishi va bank nazorati ostida bo‘lishi lozim. Zaklad qabul qilish va uni saqlash bank uchun xarajat talab qiluvchi, uning faoliyatiga to‘g‘ri kelmaydigan holat bo‘lganligi uchun u qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin. Ba’zi xorijiy davlatda bank uchun bu funksiyani maxsus tashkilotlar— omborchi— kompaniyalar bajaradi.
Bunda faqatgina ombor xujjatlarining bo‘lishi talab etiladi va omborchi kompaniyalar tomonidan yozib berilgan bu hujjat kreditning ta’minlanganli hisoblanadi.
Bu hujjat asosida bank o‘z kreditlarini ta’minlanganligini nazorat qiladi va, ssudalar qaytarilmaganda ushbu xujjat orqali bank mulkni omborxonadan olib sotib o‘z kreditlarini koplashi mumkin. O‘zbekistonda ham xuddi shunlay xalqaro tajribalarni qo‘llashni amalga oshirilish jarayonlarini tezlashtirish lozim.
Bank uchun qulay bo‘lgan mustahkam (ishonchli) garov bo‘lib tovar va turli transport xujjatlari hisoblanadi, shu bilan bir qatorda qimmat baho buyumlar va qimmatli qog‘ozlar ham mustahkam garov sifatida qabul qilinishi mumkin. Birinchidan ular garov beruvchi tomonidan kreditni ta’minlash maqsadida bankka beriladi, chunki ular hech qanday ortiqcha xarajatlarni talab etmaydi. Ikkinchidan, ular yuqori likvidligi, tez sotiluvchanligi bilan ajralib turadi. Bu esa bankka katta ahamiyat kasb etadi. Huquqiy garovi xozirda O‘zbekiston uchun yangi bo‘lgan va huquqiy jihatdan ta’minlanmagan shakl bo‘lib hisoblanadi. Garov sifatida turli mulkka huquqiy jihatdan egalik qilish (avtorlik huquklari, tovar belgilari, nou-xau, patent) hujjatlari bo‘lishi mumkin.
Bunda faqatgina garovga-quyilayotgan mulkka egalik qiluvchi shaxsgina garov beruvchi shaxs bo‘lishi mumkin. Ijaraga olingan yoki egasi boshqa bo‘lgan mulklar o‘z egasining, ruxsatisiz garov ob’ekti bulishi mumkin emas.
Garov predmeti uni saqlanishini ta’minlash bilan bir qatorda bank uchun yana boshqa majburiyatlarni bajarishishga olib keladi. Masalan, garovni mulkini ushlab turuvchi sub’ekt (bank) shartnomada ko‘rsatilgan bo‘lsa garov beruvchi manfaatlariga mos kelgan holda mulkning hisob-kitobini olib borishi lozim, majburiyatlar bajarilgandan so‘ng garov beruvchi mulkni qaytarilishini ta’minlashi lozim.
Garov predmetini kimda qolishidan qat’iy, nazar, garov mulkini beruvchi yoki uni oluvchi sub’ekt mulkni turli xil tabiiy ofatlardan sug‘urtalashi lozim. Nafaqat tibiiy ofatlaridan, balki mulkni o‘g‘irlanishi yoki davlat organlari tomonidan garov mulkini beruvchi sub’ektning iqtisodiy faoliyatini to‘xtatib quyishidan ham sug‘urtalishi lozim. Sug‘urta hodisalar bo‘lib o‘tib, mulkka zarar etkazganda, bank garov mulkini ushlab turuvchi, sub’ekt sifatida: sug‘urta qoplamasini o‘z krediti hisobiga olishga haklidir.
Garov predmeti har qanday hollarda ham sug‘urta qilish mulkni beruvchi shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
Fuqarolik kodeksining ta’kidlashiga, qarz oluvchi bitta mulkni bir nechta kreditorga garovga qo‘yish mumkin. SHuning uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiningg 273-moddasiga asosan garovga qo‘yilayotgan mulk, ilgari tuzilgan garov shartnomasiga asosan taqiqlanmasa, qabul qilinadi. SHuni unutmaslik lozimki, qonun chiqaruvchilar birinchidan, garovga quyilayotgan mulk majburiyat summasidan yuqori bo‘lishi lozim; ikkinchidan, turli kreditorlarning muddatlari turlicha bo‘lgani uchun, majburiyatlarni ham ketma-ket bajarish mumkin, bank kreditor sifatida mulkni garovga olishdan oldin, garovga qo‘yilgan yoki qo‘yilmaganligini tekshirib ko‘rishlari lozimligini uqtiradilar. Bu esa, har bir bankni o‘z ketmaketligida talablarini qo‘yishi va mijozni krediglash masalasini hal etishini ta’minlaydi. Garov shartnomasi yuridik hujjat bo‘lib, garov mulki ta’minlayotgan majburiyatdan holi ravishda tuziladi.
Garov shartnomasi og‘zaki emas balki, yozma hujjat tarzida amalga oshirilishi lozim. Bu hujjatda garov predmetini shaklini, majburiyat shartlarini, majburiyat muddatini, mulkning hajmi va qiymatini, garov sub’ektlarining majburiyatlarini va garov shartlarini bajarilmaganda tortishuvni oldin xal etish masalalarini aks ettirishi lozim.
Garov shartnomasida, shular bilan birga, ikkala tarafning nomlari va adreslari garovga qo‘yilgan mulkni qaerda joylashgani ko‘rsatilishi lozim. Agar yuqoridagi ko‘rsatmalar ko‘rsatilmasa garov shartnomasi xaqiqiy hujjat bo‘lib hisoblanmaydi. Garov shartnomasini tuzilgan vaqtdan boshlab garov xuquqi paydo bo‘ladi va garov mulkiga nisbatan garov xuquqi ushbu mulkni garovga berilgan vaktdan boshlanadi. (O‘z.Res. F.K. 270-s.)
Garov shartnomalari uchun notarial guvohnomalar joriy etilgan. Ammo, ikkala tomonning kelishuvi notarial tomondan tasdiqlashga, har qanday kelishuv xoh og‘zaki bo‘lsin, asosiy shartnomaga qo‘shimcha qilib kiritiladi.
Mulkning qanday shakl bo‘lishidan qat’iy nazar, davlatning garov mulki ruyxatdan o‘tishi majburiy belgilangan. YA’ni, garov shartnomasi tuzilib, unga qo‘l qo‘yilgandan so‘ng va notarial tasdiqlagandan so‘ng, garovga qo‘yilgan mulk davlat garov organida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Garov mulki qo‘yilgani hisobiga garovni ushlab turuvchi o‘ziningiing talablarini qondirishga haqli. YA’ni bu ushbu vaqtdagi garovni ushlab turuvchi subektning qilgan hamma xarajatlari (foizlari, zararlari, muddati o‘tkazilib yuborilishi, mulkni ushlab turish xarajatlari va sud xarajatlari) kiradi.
Kreditor qo‘ygan majburiyatlarini qarz oluvchi o‘z vaqtida bajarmasa, garov predmet hisobidan kreditor olish mumkin. Bunda kreditor qo‘yilgan muddatda sudga murojat etib, talab qilishga hakli. Sud organiga murojaat etmasdan, faqatgina garov sub’ektlarining shartnomalarida garov majburiyatlari bajarilmasa yoki bajarish shartlari ko‘rsatilgan bo‘lsa va ushbu shartnomani notarial tasdiqlatilgan bo‘lsa kreditor mulk orqali talablarining qondirishi mumkin. Kreditor qo‘yilgan majburiyatlarni bajarilmaganligini yoki to‘liq bajarilmagan-ligini isbot qilishi lozim. Agar qarori bank hisobiga hal bo‘lsa, unda mulk sotilib kreditor o‘z talablarini u tushumdan qondirishi mumkinligi haqida hujjat beriladi.
Garov predmeti konunda ko‘rsatilgan asosida, ommaviy savdo yo‘li bilan sotiladi: mulkning boshlang‘ich narxi sud qarori bilan belgilanadi. Eng yuqori bahoni to‘lagan shaxcga ushbu mulk sotiladi. Mulk sotilmagan vaqtda, bank va qarz oluvchi kelishib, bank o‘z hisobiga olishi va talablarini qondirishi mumkin. Mulk qayta sotuvga chiqarilib sotilmay qolsa, kreditor mulkni 10% ga arzon qilib keyingi sotuvga chiqarishi mumkin. Agar garov oluvchi garovni sotish to‘g‘risidagi bildirishdan keyin mulk 1 oy davomida sotilmasa garov oluvchi uni o‘z ihtiyorida qoldirish xuquqidan foylalansa shartnomasi tugatiladi.
Agar mulkni sotuvidan tushgan tushum kreditor talab kilayotgan summasidan yuqori bo‘lsa, farq garov qo‘ygan shaxsga qaytariladi va agar tushum kreditor talab qilayotgan summasidan kam bo‘lsa, unda qolgan summani qarzdorning boshqa mulkidan olishi mumkin.
Agar bank talab qilayotgan summani 3 shaxs tomonidan amalga oshirilsa unda O‘zbekiston Respublikasi talablarni osonlashtirish qonuniga muvofiq talab qilish hukuki 3 shaxsga o‘tadi.
O‘onun chiqaruvchi organlar quyidagi hollarda tortishuvsiz kreditor hisobiga hal etilishi mumkinligini ko‘rsatgan. Bunda agar garov shartnomasida ko‘rsatilgan bo‘lsa va shartnoma notarial tasdiqlangan bo‘lsa. YUqoridagilarga qo‘shimcha ravishda (agar) garovga qo‘yilgan mulk sotilgunga qadar garovga qo‘yuvchi shaxs sotuvni to‘xtatishi mumkin, agarda shartnoma majburiyatlarini bajarsa.
Garov huquqi garov majburiyatlari bajarilganda quyidagi hollarda to‘xtaydi:
garov mulkini buzulishi, yo‘qolishi yoki yo‘q bo‘lishi;
garov predmetini erkin sotuvda sotilishi;
garov mulkiga egalik qilish bankga o‘tishi bilan.
Garov xuquqini to‘xtashining eng sodda normal holi bo‘lib, garov mulki orqali majburiyatlarni bajarilishi kerakli xujjatlar bilan tasdiklanishi lozim. Majburiyatlar to‘liq bajarilmasa garov shartnomasi o‘z kuchida qoladi.
Arizaga kafolat xati 2 nusxada biriktirilib, kafolat beruvchi sub’ekt, tashkilotning raxbari va bosh buxgalteri tomonidan imzolanishi lozim.
Kafolat xati quyidagi mazmunda yozilishi lozim:
Garov beruvchining hisobvarag‘ida puli bo‘lishidan qat’iy nazar bank kafolat ostida ssudani o‘z vaqtida to‘lamaganda, sizdan to‘lov talabnomasi kelib tushguncha vakillik hisobvarag‘ingizga ushbu summani to‘lab berish majburiyatini oladi.
SHu shart bajarilmasa bank garov oluvchi bankka har kuni kafolatlangan summaning 5%, lekin 100% dan oshmagan holda sizning korrespondentlik schyotingizga o‘tkazish majburiyatini summasini biz to‘lay olmasak bu summani bizning bosh bankimiz sizning vakillik hisobvarag‘iga o‘tkazadi. Kafolat xati summasi va garov beruvchining to‘lash to‘grisidagi majburiyati alohida schyotda saqlanadi.
Garov beruvchi banki xodimi kafolat xatida ko‘rsatilgan imzo va pechatlarning xaqiqiyligini tekshiradi, mijozning to‘lovga layoqatliligini tahlil qiladi va ijobiy qaror qabul qilinganda bank rahbari va bosh hisobchisi bu hujjatlarni imzolaydilar va bank pechati qo‘yiladi. Keyinn rasmiylashtirilgan kafolat xati o‘rnatilgan qoida bo‘yycha ko‘rib chiqish va tasdiqlash uchun bosh bankga beriladi. Bosh bank tomonidan tasdiqlangan kafolat xagi kafolat beruvchining bankiga 9925-raqamli balansdan tashqari schetga kirim qilish uchun yuboriladi.
Kafolat beruvchining banki kredit bo‘limining yozma ko‘rsatmasiga asosan kafolat xatidagi summa 9925 balansdan tashkari schetga nominal qiymati bo‘yicha kirim qilinadi va xat qimmatli qog‘oz sifatida kreditni to‘lash muddati kelguncha tijorat banki kassasida saqlanadi. O‘aytarish muddati kelganda xarajatga chiqariladi. Bir vaqtning o‘zida kafolat beruvchining banki kafolat beruvchi kafolat xatida ko‘rsatilgan summani etkazishi uchun unga depozit schyot ochadi. Kafolat xatining 2 nusxasi kafolat beruvchiga uni qarz oluvchiga berib qo‘yish uchun beriladi.
Bank boyliklar garovi ostida kredit berayotganda kreditni qaytarilishini ta’minlash uchun realizatsiya qilishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarni hisobga olgan holda garov qiymatini ssuda qiymatiga mosligini tekshirishi shart
Masalan kredit ta’minotini tekshirishni quyidagi sxemasini keltirish mumkin (mln so‘m):

        • Berilgan ssuda bo‘yicha qarzdor majburiyati

520

2. SHu sanada garovga qo‘yilgan boyliklar qiymati

700

3. Realizatsiyadagi yo‘qotishlar riskini hisobga olib o‘rnatilgan bank marjasi

30 %



4. Garovning real qiymati

700-(30%700 dan)=490

5. Ta’minotni ortiqchaligi (+) kamomadi (-)

490-520=-30

Kredit ta’minotini tekshirish natijalariga ko‘ra bank o‘rnatgan marja tufayli garovdagi boyliklarning real hajmi ssuda qiymatidan 30 mln so‘mga kamomad chiqmoqda Bunda bank qarzdordan garovdagi boyliklar qiymatini belgilangan summaga to‘ldirib qo‘yishni talab qiladi

Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin