Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and Humanities Hosted online from Plano, Texas, USA. Date: 1
st
January, 2023
ISSN: 2835-3196
Website: econferenceseries.com
35 | P a g e
kabi vositalar kiritilib, naqd pulli hisob-kitoblarni, naqd pulsiz hisob-kitoblarga
almashtiradi. Bu esa ichki va tashki bozordagi iqtisodiy munosabatlar mexanizmini
osonlashtiradi va tezlashtiradi. Bu masalani hal etishda tijorat krediti zamonaviy
tovar almashinishining kerakli elementi sifatida muhim o’rin tutadi.
Kreditning obyekti - bu (kreditor) qarz beruvchidan qarz oluvchiga beriladigan
qiymatdir. Boshqacha aytganda kredit aynan qaysi maqsad uchun berilsa, shu kredit
obyekti hisoblanadi. Qishloq xo’jaligida banklar dehqonchilik va chorvachilik
harajatlari - mineral o’g’it, yoqilg’i va moylash materiallari va boshqa harajatlar
kreditlanadi. Kredit munosabatlarining subyektlari bo’lib (qarz beruvchi) va qarzdor
(qarz oluvchi)lar hisoblanadi.
Boshqacha aytganda kreditlash subyektlari bo’lib davlat korxona va tashkilotlari,
qurilish tashkilotlari, savdo tashkilotlari, fermer va shirkat xo’jaliklari, yakka
mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar, qo’shma korxonalar, mikro
firmalar, birlashmalar, tijorat banklar va boshqalar hisoblanadi.
Yuqoridagi subyektlar kredit oluvchi sifatida faoliyat ko’rsatsa, tijorat banklari yoki
boshqa kredit muassasalari kredit beruvchi subyekt sifatida namoyon bo’ladi.[1]
O’zining tarixiy rivojlanishida kredit quyidagi bosqichlarni bosib o’tgan:
Boshlang’ich shakllanish. Bu bosqichning asosiy belgisi ssuda kapitali bozorida
maxsus vositachilarning yo’qligi. Kredit munosabatlari, bo’sh pul mablag’larining
egasi va qarz oluvchi o’rtasida bevosita amalga oshirilgan. Bu yerda kredit
sudxo’rlik kapitali sifatida namoyon bo’ladi. Uning harakterli xususiyati bo’lib:
- Qarz beruvchi va qarz oluvchi o’rtasida to’g’ridan to’g’ri kelishuvga asoslangan
qarz munosabatlarining to’liq markazlashmaganligi.
- Mablag’larni taqsimlashning cheklanganligi.
- Qarz mablag’laridan foydalanganligi uchun juda yuqori foiz normalarining
belgilanganligi va boshqalar.
Bu bosqichning tugallanishiga ishlab chiqarishning tobora rivojlanib borishi tufayli
qarz resurslariga bo’lgan ehtiyojni keskin oshganligi va alohida olingan sudxo’rlar
kapitalini bu talablarni qondirishga yetarli bo’lmaganligi. Tarkibiy jihatdan
rivojlanish. Bu bosqich ssuda kapitali bozorida kredit-moliya tashkilotlari kabi
maxsus vositachilarning paydo bo’lishi bilan harakterlanadi.Kapital sudxo’rlik va
sarroflik idoralari zaminida vujudga kelgan dastlabki banklar keyinchalik kredit
institutlariga an’anaviy bo’lib qolgan quyidagi funksiyalarni o’z zimmasiga oldi:
- bo’sh moliyaviy mablag’larni o’z vaqtida foiz bilan to’lash majburiyati asosida
qarz oluvchiga berish.