Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and Humanities
Hosted online from Plano, Texas, USA.
Date:
1
st
January, 2023
ISSN: 2835-3196
Website:
econferenceseries.com
33 |
P a g e
KREDITNING BOZOR IQTISODIYOTDAGI AHAMIYATI
Xaydarov Iqboljon Ilyosjon o'g'li
Qo'qon Universiteti Miqdoriy usullar fanidan.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada Kredit hamda uning bozor iqtisodiyotidagi
ahamiyati haqida
ma'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar
:Kredit,tovar,tovar qiymati,korxonalar,tovar sifati,kredit mohiyati,naqt
pul.
Kredit qadimdan ma’lum bo’lib, u dastlab savdoda almashuv jarayonida paydo
bo’lgan bo’lib, u avval tovarlarni kreditga sotilishi bilan boђliq.
Bunga sabab
haridorni tovar sotib olishga hamisha ham naqd puli bo’lmaydi, u tovar sotilsa
tushadi, tovar sotuvchi esa uni tushishini kutib turolmaydi (shu
davrda tovarning
qiymati tushib ketishi, sifati pasayishi mumkin.). Shu va boshqa xolatlar tovarlarni
kreditga sotishga olib kelgan. Kredit tovar ishlab chiqarishning va tovar
muomilasining ajralmas qismi bo’lib hisoblanadi va uning rivojlanishi bilan boђliq.
Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan
pul shaklidagi kredit paydo
bo’ldi.Kreditning imkoniyati va zarurligi shu bilan bog’liqki korxonalar mahsulot
sotishda, xodimlarga mehnat xaki hisoblanganda, korxona va jismoniy shaxslar o’z
pullarini banklarda saklashi va boshqa xollarda vaqtinchalik bo’sh bo’lgan pul
mablag’lari bo’lgani xolda boshqa korxona va tashkilotlarda o’z
faoliyatlarini
o’zluksizligini ta’minlash uchun tegishli pul mablag’iga ehtiyoj sezadi. Bu xolat
qishloq xo’jalik korxonalariga ham tegishli bo’lib,
bu ishlab chiqarishni
mavsumiyligi, mahsulot ishlab chiqarish vaqti bilan uni sotish xajmini ko’pchilik
mahsulotlar bo’yicha mos kelmasligi, sotilgan mahsulotlarga pulni o’z vaqtida kelib
tushmasligi va boshqa xolatlar ularni kreditdan foydalanishni takozo etadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida kreditning ahamiyatini oshishi quyidagilar bilan
bog’liq:
1.Naqd puldan
foydalanishni kamaytirib, muomila harajatlarini,
pul emissiyasini
kamayishini ta’minlaydi.
2.Korxonalar va axolining vaqtinchalik bo’sh pul mablag’lari kredit muassasalarida
saqlanishi tufayli ulardan unumli foydalanish ta’minlanadi.