Kreditning bozor iqtisodiyotdagi ahamiyati



Yüklə 64,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix28.11.2023
ölçüsü64,51 Kb.
#168862
1   2   3   4   5   6   7
 
 
Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and Humanities 
Hosted online from Plano, Texas, USA. 
Date: 
1
st
January, 2023 
ISSN: 2835-3196
Website:
econferenceseries.com
35 | 
P a g e
 
kabi vositalar kiritilib, naqd pulli hisob-kitoblarni, naqd pulsiz hisob-kitoblarga 
almashtiradi. Bu esa ichki va tashki bozordagi iqtisodiy munosabatlar mexanizmini 
osonlashtiradi va tezlashtiradi. Bu masalani hal etishda tijorat krediti zamonaviy 
tovar almashinishining kerakli elementi sifatida muhim o’rin tutadi. 
Kreditning obyekti - bu (kreditor) qarz beruvchidan qarz oluvchiga beriladigan 
qiymatdir. Boshqacha aytganda kredit aynan qaysi maqsad uchun berilsa, shu kredit 
obyekti hisoblanadi. Qishloq xo’jaligida banklar dehqonchilik va chorvachilik 
harajatlari - mineral o’g’it, yoqilg’i va moylash materiallari va boshqa harajatlar
kreditlanadi. Kredit munosabatlarining subyektlari bo’lib (qarz beruvchi) va qarzdor 
(qarz oluvchi)lar hisoblanadi. 
Boshqacha aytganda kreditlash subyektlari bo’lib davlat korxona va tashkilotlari, 
qurilish tashkilotlari, savdo tashkilotlari, fermer va shirkat xo’jaliklari, yakka 
mehnat faoliyati bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlar, qo’shma korxonalar, mikro 
firmalar, birlashmalar, tijorat banklar va boshqalar hisoblanadi. 
Yuqoridagi subyektlar kredit oluvchi sifatida faoliyat ko’rsatsa, tijorat banklari yoki 
boshqa kredit muassasalari kredit beruvchi subyekt sifatida namoyon bo’ladi.[1] 
O’zining tarixiy rivojlanishida kredit quyidagi bosqichlarni bosib o’tgan: 
Boshlang’ich shakllanish. Bu bosqichning asosiy belgisi ssuda kapitali bozorida 
maxsus vositachilarning yo’qligi. Kredit munosabatlari, bo’sh pul mablag’larining 
egasi va qarz oluvchi o’rtasida bevosita amalga oshirilgan. Bu yerda kredit 
sudxo’rlik kapitali sifatida namoyon bo’ladi. Uning harakterli xususiyati bo’lib: 
- Qarz beruvchi va qarz oluvchi o’rtasida to’g’ridan to’g’ri kelishuvga asoslangan 
qarz munosabatlarining to’liq markazlashmaganligi. 
- Mablag’larni taqsimlashning cheklanganligi. 
- Qarz mablag’laridan foydalanganligi uchun juda yuqori foiz normalarining 
belgilanganligi va boshqalar. 
Bu bosqichning tugallanishiga ishlab chiqarishning tobora rivojlanib borishi tufayli 
qarz resurslariga bo’lgan ehtiyojni keskin oshganligi va alohida olingan sudxo’rlar 
kapitalini bu talablarni qondirishga yetarli bo’lmaganligi. Tarkibiy jihatdan 
rivojlanish. Bu bosqich ssuda kapitali bozorida kredit-moliya tashkilotlari kabi 
maxsus vositachilarning paydo bo’lishi bilan harakterlanadi.Kapital sudxo’rlik va 
sarroflik idoralari zaminida vujudga kelgan dastlabki banklar keyinchalik kredit 
institutlariga an’anaviy bo’lib qolgan quyidagi funksiyalarni o’z zimmasiga oldi: 
- bo’sh moliyaviy mablag’larni o’z vaqtida foiz bilan to’lash majburiyati asosida 
qarz oluvchiga berish. 



Yüklə 64,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin