Kreditning bozor iqtisodiyotdagi ahamiyati



Yüklə 64,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/7
tarix28.11.2023
ölçüsü64,51 Kb.
#168862
1   2   3   4   5   6   7
 
 
Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and Humanities 
Hosted online from Plano, Texas, USA. 
Date: 
1
st
January, 2023 
ISSN: 2835-3196
Website:
econferenceseries.com
37 | 
P a g e
 
foydalanganlik uchun foiz summasini kredit bergan muassasa hisobiga ko’chirish 
yo’li bilan to’lanadi. Shu yo’l bilan banklar kredit resurslarini qayta tiklanishini 
ta’minlaydi. Sobiq ittifoq davrida «qaytarilmaydigan ssuda» tushunchasi mavjud 
bo’lib, u qishloq xo’jaligida ham keng tarqalgan edi. Bu banklarni korxonalar 
moliyaviy axvolini hisobga olmagan xolda berilib, aslida u byudjet subsidiyasining 
qo’shimcha shakli sifatida namoyon bo’ladi. 
2. Kreditning muddatliligi. Bu kreditning ma’lum muddatga berilishini anglatib, u 
qisqa va uzoq mudatli kreditga bo’linadi. Bu muddat qarzdor uchun xoxlagan 
muddatda emas, balki u shartnomada belgilangan muddat hisoblanadi. Kreditni o’z 
vaqtida qaytarilishi ikkala tomon uchun ham muhim hisoblanadi. Qarz bergan tomon 
uchun kreditni o’z vaqtida foiz bilan kaytarilishi uni yana kreditga berish 
imkoniyatini yaratadi, qarzdorni esa shartnomada ko’zda tutilgan jazo choralaridan 
qutultiradi.Kreditning muddatliligi kelib tushuvchi boyliklarni tejamli va qayta 
ishlatish muddatiga, ishlab chiqarilgan mahsulotni jo’natish muddatiga, tovarlarni 
sotish muddatiga va pirovard natijada aylanma mablag’larni doiraviy aylanishini 
tezligiga bog’liqdir. 
3.Kreditni tovar-moddiy boyliklar bilan ta’minlanganligi. Bu tamoyilning moxiyati 
shuki, bunda xo’jalik aylanmasida ishtirok etuvchi bank mablag’larining bir so’miga 
muayyan boyliklarning har bir sumi qarama-qarshi turishi kerak. Berilgan kreditlar 
tovar-moddiy boyliklari va ma’lum harajatlar bilan ta’minlangan bo’lishi kerak. 
Ta’minlanmagan kreditlarning berilishi kreditlarni bankga qaytib kelmasligiga asos 
hisoblanadi.Buning uchun xozirgi sharoitda qarz oluvchilar bankga tovar yoki tovar 
xujjatlarini, mulkni garovga qo’yadi. Kredit varrant (garov uchun xizmat qiluvchi 
xujjat) yoki uchinchi shaxs kafolati asosida ham berilishi mumkin.Kreditning bu 
tamoyili qarz oluvchi o’ziga olgan majburiyatlarini buzish sharoitida qarz 
beruvchining mulkdorlik manfaatlarini ximoya kilishni ta’minlaydi va o’zining 
amaliy aksini kreditning biror garov yoki moliyaviy kafolat asosida berishda topadi. 
Bu umumiqtisodiy barkamolikka erishish davrida muhimdir.[3] 
4.To’lovlilik. Bu tamoyilga asosan korxonalar foydalanilgan qarz mablag’larini 
hisoblangan foizi bilan to’liq o’tkazadilar. Kredit uchun xak to’lashning iqtisodiy 
moxiyati qarz beruvchi va qarz oluvchi o’rtasidagi qo’shimcha olingan foydaning 
taqsimlanishini qayd qilishda namoyon bo’ladi. Xozirgi sharoitda ssuda foizi 
mikdori shartnomada o’z aksini topadi va u kreditlashning o’rtacha normasi va bank 
marjasidan tashkil topadi. 



Yüklə 64,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin