Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and Humanities Hosted online from Plano, Texas, USA. Date: 1
st
January, 2023
ISSN: 2835-3196
Website: econferenceseries.com
38 | P a g e
5.Kreditning maqsadliligi. Bu shu bilan bog’liqki, qarz oluvchi olingan kreditni
ma’lum maksadga (tovar moddiy boyliklar sotib olish, ishlab chiqarish harajatlarini
koplash va boshqalar) yo’naltirilgan bo’lishi zarur. Bu maksadlar kredit beruvchi va
kredit oluvchi o’rtasida tuzilgan shartnomada o’z aksini topadi. Korxona olgan
kreditni faqatgina kredit shartnomasida ko’rsatilgan ishni bajarishga (sotib olishga
va boshqalar) sarflashi kerak.
6.Kreditning samaradorligi. Bu tamoyil nafaqat kredit va foiz summasini bankga
qaytarib to’lashni, balki shu kredit yordamida kreditlanadigan yoki
moliyalashtiriladigan soha, tarmoq, korxona kancha samaradorlikka erishishini
ifodalashi zarur. Shuning uchun har bir loyixa kredit hisobiga bajariladigan boshqa
tadbirlar samara beradigan bo’lsagina ularga mablag’ ajaratilishi lozim. Binobarin
samardorlik kreditning zaruriy tamoyillaridan biri bo’lib unga rioya qilish kreditning
boshqa tamoyillarining bajarilishi uchun asos hisoblanadi.[4]
Xulosa: Kreditning asosiy sharti - bu qarz uchun haq to’lash. Bu xaq qarz summasining
yig’indisiga nisbatan foiz hisobida olinganidan uni qarz foizi yoki kreditning foiz
stavkasi deb yuritiladi. Foiz miqdori kreditning turi, uni to’lash muddati, olingan
qarzni o’z vaqtida uzilishiga bog’liq. Masalan, tijorat kreditining foiz stavkasi
odatda, bank kreditining foiz stavkasidan past bo’ladi. O’zbekiston Respublikasi
hududida banklar tomonidan xo’jalik subyektlarini qisqa muddatli kreditlashni
tashkil etish tartibi to’g’risidagi Nizomga binoan (Toshkent, 2001 y) foiz stavkasi
bank bo’yicha hisobot oyi boshiga bo’lgan o’rtacha foiz stavkasiga Markaziy bank
tomonidan tartibga solinadigan foyda normasini hisobga olgan holda belgilanadi.
Adabiyotlarda kreditning nominal va real foiz stavkalari tushunchalari mavjud.
Nominal foiz stavkasi deganda kredit shartnomasi- da ko’zda tutilgan foiz stavkalari
tushuniladi. Real foiz stavkasi ═ nominal foiz stavkasi - inflyasiya darajasi.
Bundan tashqari kreditning qat’iy belgilangan va suzib yuruvchi foiz stavkalari
tushunchalari ham mavjud.Qat’iy belgilangan foiz stavkalari kredit shartnomasi
bajarilgunga qadar o’zgarmasdan qoladi. Bunda bank o’zining aktivlarini ma’lum
qismini yo’qotishi mumkin. Suzib yuruvchi stavkada foiz stavkalariga tegishli
o’zgarishlarni hisobga olgan holda o’zgartirishlar kiritib boriladi.Xalqaro kreditlar
bo’yicha foiz stavkalari jaxon ssuda kapitallari bozorida aniqlanib, bu bozorlarning
asosiy qismi London, Tokio, Nyu York, Frankfurt-na-Mayne, Parij, Bryussel
shaharlarida joylashgan.