Proceedings of International Conference on Educational Discoveries and Humanities Hosted online from Plano, Texas, USA. Date: 1
st
January, 2023
ISSN: 2835-3196
Website: econferenceseries.com
36 | P a g e
- yuridik va jismoniy shaxslar uchun har xil to’lov va hisob-kitoblar bo’yicha
xizmat ko’rsatish (keyinchalik davlat uchun ham).
- qator maxsus moliyaviy operasiyalarni o’tkazish (veksel va boshqalar).
Bu bosqichning asosiy belgisi – iqtisodiyotda kredit munosabatlarini davlat
tomonidan markazlashgan holda boshqarilishidir.Davlat mikiyosida kredit
munosabatlarining markazlashuvi har bir davlatning Markaziy banki yordamida
amalga oshiriladi. Dastlabki milliy davlat kredit institutlarining paydo bo’lishi naqd
pulsiz hisob-kitoblarni olib borish uchun qo’l keldi, hamda tijorat banklarining
operasiyalari va xizmat ko’rsatish ko’lamining kengayishiga olib keldi. Kredit
munosabatlarining takomillashuvi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida kredit
munosabatlari yangi sifat darajaga ko’tarilib bu iqtisodiyotda informasion
texnologiyaning rivojlanishi, global bank tarmoqlarining kompyuter texnologiyalari
va ma’lumotlar bazalarining shakllanishining, mijozga xizmat ko’rsatishining
yaxshilanishi va kredit munosabatlarini xalqaro bozorga ham tarkalishi va boshqa
sifat o’zgarishlar bilan bog’liq.[2]
Kreditlashning asosiy manbalari (resurslari) bo’lib, quyidagi vaqtinchalik bo’sh pul
mablag’lari hisoblanadi:
1.Tovarlarni sotish va kerakli moddiy qiymatlarni sotib olish vaqtlarining bir-biriga
mos kelmasligi tufayli yuzaga keladigan bo’sh pul mablag’lari.
2.Hisoblangan ish xaki bilan uni to’lash vaqtlari orasidagi vaqtincha bo’sh pul
mablag’lari.
3.Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida yig’iladigan va kapitallashtirish
uchun mo’ljallangan mablag’lar.
4. Shaxsiy sektor daromadlari, jamg’armalari.
5.Korxonalar faoliyati natijasida yuzaga keluvchi taksimlanmagan foyda yoki
undan foydalanish jarayonida paydo bo’luvchi bo’sh pul mablag’lari (to’lanmagan
devident va boshqalar) va boshqa bo’sh pul mablag’lari.
Kredit munosabatlari ma’lum tamoyillarga asoslanadi. Iqtisodiy kategoriya sifatida
kredit quyidagi tamoyillarga ega:
1.Kreditning qaytarilishi. Bu tamoyil kreditning umumiy belgisi hisoblanadi, lekin
u o’z-o’zidan vujudga kelmaydi. U moddiy jarayonlarga, qiymat aylanishining
tugashiga asoslanadi. Ammo doiraviy aylanishning tugashi – bu qaytarib berish
emas, qaytarib berish uchun zamin tayyorlash hisoblanadi. qaytarib berishlik
obyektiv belgi hisoblanadi va bu tamoyil boshqa iqtisodiy kategoriyalardan, shu
jumladan moliyadan farq qiladi.Kreditning bu tamoyili amaliyotda kredit va undan