Mening konstitutsiyam va davlat tilim



Yüklə 8,45 Kb.
tarix27.12.2023
ölçüsü8,45 Kb.
#200250
DIKTANT


DIKTANT
Mening konstitutsiyam va davlat tilim
Konstitutsiya — davlatni davlat, millatni millat qiladigan muhim siyosiy hujjat hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga bu yil 31 yil bo‘ldi. Ushbu qomusimiz jamiyat tayanchi va yurtimiz taraqqiyotining huquqiy kafolati, davlatimiz mustaqilligining yorqin ramzi, ko‘p millatli xalqimiz xohish-irodasining qonuniy ifodasidir. U davlat tuzilishini, hokimiyat va boshqaruv organlari tizimini, ularning vakolati, shakllanish tarkibi, saylov tizimi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, jamiyat va shaxsning o‘zaro munosabatlarini, shuningdek, sud tizimi hamda davlat va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini belgilab beradi.
Asosiy qonunimiz sharq va g‘arb, janub va shimolning 97 ta mamlakati to‘plagan ilg‘or konstitutsiyaviy tajribani hisobga olgan holda yaratildi va uning yaratilishi yo‘lidagi birinchi huquqiy qadam – o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi bo‘ldi. Bu — bejizga emas, albatta. Ona tili – bu millatning ruhidir. Bu so‘z zamirida ona allasi, ona tilining betakror jozibasi, millat qalbining go‘zal tuyg‘ulari mujassam. Shu boisdan, Konstitutsiyamizning 4-moddasida quyidagi so‘zlar muhrlab qo‘yilgan: “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili o‘zbek tilidir”.
Shuningdek, bosh qomusimizning 13-moddasida O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanishi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanishi, demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinishi belgilab qo‘yilgan. Uning har bir satrida xalq manfaatlari ifodalangan bo‘lib, fuqarolarimizning barcha erkinliklari e’tirof etilgan. Zotan, yurtimiz ko'p millatli mamlakat bo'lib, ularning teng huquqliligi xalqimizning eng katta boyligidir.
Xulosa qilib aytganda, Asosiy Qonunimiz mazmun va mohiyati jihatidan umume’tirof etilgan xalqaro huquqiy me’yorlar hamda normalar talabiga to‘la javob beradi. Shu boisdan Konstitutsiyamiz O‘zbekiston xalqi uchun Baxt Qomusi, hayoti va turmush tarzining me’zoni bo‘lib kelmoqda!

(246 so‘z)
Yüklə 8,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin