4.Kreditning to‘lovlilik tamoyili olingan kreditdan foydalanganlik uchun haq to‘lanishini bildiradi. Odatda kredit uchun to‘lanadigan haq «foiz», «ssuda foizi» yoki «bank foizi» deyiladi. Ssuda foizi tom ma’noda kreditning bahosidir. Ayrim hollarda foizsiz ya’ni imtiyozli kreditlar ham berilishi mumkin.
Janobi Rasululloh qarzdordan haqini so‘rab gapirgan odam to‘g‘risida bunday deganlar: “ Haqdor odamning gapirishga haqqi bor” Muhammad payg‘ambar alayhis-salom qissasi. Hadislar
5. Kreditning maqsadlilik tamoyili qarz oluvchi tomonidan olingan kredit aniq bir maqsadga sarflanishi lozimligini bildiradi. Qarz beruvchi berilgan kreditni shartnomada ko‘rsatilgan maqsadda sarflanishi ustidan nazorat o‘rnatadi. Agar kredit boshqa maqsadlarga sarflanayotgani ma’lum bo‘lib qolsa, kredit berish to‘xtatiladi va berilgan kreditni muddatidan avval undirib olish choralari ko‘riladi.
Qarzdor qarzini uzar, xotin yonida qolar. (O‘zbek xalq maqollari)
6.Kreditning samaradorligi tamoyili kreditdan oqilona foydalanishni taqozo etadi. Bu tamoyil nafaqat kreditning qaytarilishi va foiz summasining to‘lanishi, balki undan tashqari shu kredit yordamida qarz oluvchi qancha daromad olishi, foyda ko‘rishini ham belgilaydi. U yoki bu loyiha bo‘yicha kredit berishdan avval, beriladigan kredit samaradorligini aniqlash va boshqa loyihalar bilan taqqoslab ko‘rish lozim. Kaysi loyiha samaralirok bo‘lsa, ana shu loyihaga kredit berish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Samaradorlik tamoyili va unga rioya qilish kreditni boshqa tamoyillarini bajarilishi uchun asos hisoblanadi.