10.2.Kredit sub’yektlari va ob’yektlari, resurslari va manbalari. Kredit munosabatlarida 2 tomon, ya’ni qarz beruvchi (Kreditor) va qarz oluvchi ishtirok etadi. Ularni kredit sub’yektlari deyiladi. Kredit subektlari tarkibiga korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, banklar, davlatlar, xalqaro tashkilotlar, turli fondlar va aholining turli toifalari kiradi.
KREDIT SUBYEKTLARI Kredit 2 shaklda, ya’ni pul mablag‘lari yoki tovarlar shaklida beriladi. Ularni kredit ob’yektlari deyiladi. Kredit obektlari har qanday pul mablag‘lari va tovarlar emas, balki vaqtincha bo‘sh turgan, berilishi mumkin bo‘lgan pul mablag‘lari va tovarlardir.
Qarz beruvchilar- Qarz oluvchilar-
Korxonalar, firmalar, Korxonalar, firmalar,
kompaniyalar, banklar, kompaniyalar, banklar,
davlat idoralari, davlat idoralari,
mamlakatlar, mamlakatlar
xalqaro tashkilotlar xalkaro tashkilotlar
turli fondlar turli fondlar
aholi va boshqalar aholi va boshqalar
KREDIT OBYEKTLARI
PUL MABLAGʻLARI
Kreditga zarurat tug‘ilganda quyidagi bo‘sh pul mablag‘laridan kredit resurslari sifatida foydalanish mumkin:
Asosiy fondlarni tiklash va kapital ta’mirlash uchun ajratiladigan amortizasiya fondlari sifatidagi pul mablag‘lari;
Tovarlarni sotish va zaruriy ishlab chiqarish resurslarini sotib olish vaqtlarining bir-biriga mos kelmaganligi tufayli vujudga kelgan bo‘sh pul mablag‘lari;
Tovarlarni sotishdan tushgan pul tushumlari bilan ish haqini to‘lash vaqtlari orasida vaqtincha bo‘sh turib qolgan pul mablag‘lari;
Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonida yig‘iladigan va kapitallashtirish uchun mo‘ljallangan qo‘shimcha mablag‘lar;