M odulyaciya — bu signalning biror parametrini aloqa kanalida (modulyaciya qilinadigan signalni) uzatilayotgan ma`lumotlarning joriy qiymatlariga mos ravishda (modulyaciya qiladigan signalni) o`zgartirishdir.
Demodulyaciya — bu modulyaciya qilingan signalni (balki aloqa kanalidan o`tish paytida halaqitlar bilan buzilgan signalni) modulyaciya qiladigan signalga teskari o`zgartirishdir.
Zamonaviy modemlarda ko`pincha mod
ulyaciyaning uchta turi ishlatiladi:
•chastotali - FSK (Frequence Shift Keying);
• fazali — PSK (Rpake Shift Keying);
• kvadraturali amplitudali — QAM (Quadrature Amplitude Modulation).
Chastotali modulyaciyada modulyaciya qilinadigan signalning (uzatilayotgan ma`lumotlarning) joriy qiymatlariga mos ravishda fizik signalning (odatda sinusoidali) chastotasi o`zgaradi, bunda uning amplitudasi o`zgarmaydi. Еng sodda holda ma`lumotlar bitining 1 va 0 qiymatlariga, ma`lumotlarni uzatishning birinchi bayonnomalari V.21 da qabul qilingani kabi, chastotaning ikkita qiymati mos keladi, masalan, 980 Gc va 1180 Gc. CHastotali modulyaciya holaqitlarga juda turg`undir, uzatishda signalning faqat amplitudasi buziladi.
Fazali modulyaciyada modulyaciya qilinadigan kattalik bo`lib signal fazasi hisoblanadi, bunda uning chastotasi va amplitudasi o`zgarmaydi; faza-modulyaciya qilingan signalning halaqitlarga chidamliligi ham yuqoridir.
Signalning sof amplitudali modulyaciyasida uning halaqitlardan himoyalanganligi juda pastdir, shuning uchun halaqitlarga chidamliroq, lekin yanada murakkabroq kvadraturali amplitudali modulyaciya qo`llaniladi, bunda uzatilayotgan ma`lumotlar taktida bir vaqtning o`zida signalning ham fazasi, ham amplitudasi o`zgaradi.
Ma`lumotlarni uzatish bayonnomalari Modemlarda ma`lumotlarni uzatish va ularni o`zgartirish qabul qilingan bayonnomalarga mos ravishda bajariladi.
Ma`lumotlarni uzatish bayonnomasi — bu ma`lumotlar shaklini va ularning aloqa kanalida uzatish jarayonlarini reglamentlovchi (tartiblovchi) qoidalar to`plamidir. Bayonnomada, xususan, quyidagilar ko`rsatilishi mumkin: ma`lumotlar qanday tasvirlanadi, ma`lumotlarni uzatishni tezlashtirish va himoya qilish maqsadida qanday modulyaciya turi tanlanadi, kanal bilan ulanish, kanalda amaldagi shovqinlarni bartaraf еtish va ma`lumotlarni uzatishning ishonchliligini ta`minlash qanday bajariladi.
Standart odatda o`z ichiga bayonnomalar to`plamini oladi, kam hollarda bitta bayonnomani oladi.
Modemlar uchun ma`lumotlarni uzatish bayonnomalari soxasidagi rasniy qonunchi telegraf va telefoniya bo`yicha Xalqaro maslaxat kengashidir — TTXMK (ko`pincha adabiyotda uning francuzcha abbreviaturasi — CCITT uchraydi). Bu kengash yaqinda telekommunikaciya Xalqaro instituti deb qayta nomlangan (GSH — International Telecommunikation Union).
Amalda ma`lumotlarni uzatishning barcha modemli standartlari bu tashkilot tomonidan belgilakgan; ulardan еng rining tavsiflari 4-jadvalda xelshrilgan.
4-jadvvi