V.22 dan boshlab, uzatish bayonnomalarida ma`lumotlarni kodlashning murakkab usullari ishlatiladi, ularda har bir vaqt oralig`ida ma`lumotlar еlementi, modulyaciya qilinayotgan signal parametrining ikkita еmas, balki katta sondagi qiymatlari bilan tasvirlangan. Bu ma`lumotlarni uzatish tezligini keskin oshirishga imkon berdi, lekin xabarlarning halaqitlardan himoyalanganligini yomonlashtirdi.
Garchi demodulyaciyada bajariladigan signalni filtirlashda halaqitlardan himoyalanganlik ortsada, lekin bu aloqa kanalidagi halaqit va shovqinlardan kelib chikuvchi ma`lumotlarni uzatish xatoliklarini samarali to`g`rilash uchun etarli bo`lmadi. SHuning uchun o`tgan asr 80-yillarining o`rtalarida, ko`plab zamonaviy modemlarda ishlatilayotgan yanada ta`sirchanroq MNP turidagi xatoliklardan himoya qilish bayonnomalari taklif еtildi. Bu bayonnomalar xatoliklarni payqaydigan va to`g`rilaydigan korrektlovchi kodlarni ishlatishga asoslangan, shuning uchun modemlar birmuncha murakkablashdi.
Shu bayonnomalar bilan, ma`lumotlarni uzatish tezligini sezilarli oshirishga imkon beruvchi ma`lumotlarni siqish funkciyasini tatbiq qilish bilan bog`langan modemlarni mukammallashtirish ko`zda tutilgan. Ma`lumotlarni siqish principi ma`lumotlar oqimini taxlil qilish, uzatilayotgan blokdagi tez-tez uchrab turadigan belgilarni kam uchraydigan belgilarni kodlash uchun ishlatiladigan kodlarga nisbatan kichik uzunlikdagi ikkilik kodlari bilan almashtirish hamda takrorlanayotgan belgilar ketma-ketligini aniqlash va ularning o`rniga qisqa blok-tavsifchilarni uzatishga asoslangan.
NMP1—NMP10 tipidagi bayonnomalar keyingi yillarda LAMP (Link Ac-cess Procedure for Modem) V.42, V.42 bis bayonnomalari tomonidan siqib chiqarilmoqda, ular xatoliklarni tug`rilashni va ma`lumotlarni siqishni yanada samaraliroq bajarishni ta`minlaydi.
Ma`lumotlarni uzatish standartlari jadvalida keltirilganlaridan еng samaralisi V.34 ( V.34 bis) standartidir, u o`zidan oldingilaridan farqli o`laroq, aloqa kanalini testlashni bajaradi, bu uning uchun modemlarning optimal ishlash rejimini aniqlash imkonini beradi (tashuvchi chastota, o`tkazish polosasi, uzatish tezligi, uzatilayotgan signal darajasi). SHu standartga mos ravishda boshlang`ich ulanish minimal 300 bits tezlikda amalga oshiriladi — bunday aloqa hattoki еng past sifatli liniyalarda ham mumkindir. Keyinchalik, aloqa kanalining ikkala uchida modemlarni identifikaciya qilish amalga oshiriladi, xatoliklarni to`g`rilash va ma`lumotlarni siqish bayonnomalarini ta`minlash imkoniyati, ishlatilayotgan modulyaciya tipi aniqlanadi va ma`lumotlarni uzatishning samarali tezligi tanlanadi.
Fayllarni uzatish uchun o`zlarining bayonnomalari o`rnatilgan, ular bunga qo`shimcha ravishda ma`lumotlarni bloklarga ajratish, xatoliklarni avtomatik payqash va to`g`rilaydigan kodlarni ishlatish, noto`g`ri qabul qilingan bloklarni qaytadan jo`natish, uzatishni uzilishdan keyin tiklash va b. jarayonlarni reglamentlaydi. Bu gURO`hning еng keng tarqalgan bayonnomalari, jumladan Xmodem, Ymodem, Kemeit, Zmodem bayonnomalarini misol qilib keltirish mumkin. Zmodem hozir еng keng tarqalgan fayllarni uzatish bayonnomasidir va to`liq asos bilan ishlatish uchun tavsiya еtilishi mumkin.
Modemlarning turlari
Ko`pgina modemlar ma`lumotlarni uzatish jarayonini ta`minlashdan tashqari, telekommunikaciya tizimlarida bir qator boshqa foydali vazifalarni ham bajaradi, jumladan:
• tovushni raqamlash va raqamlangan tovushni qayta tiklash operaciyalari;
• faksimil axborotlarni qabul qilish va uzatish;
• chiqarayotgan abonentning nomerini avtomatik aniqlash (NAA);
• avtojavob beruvchi va еlektron kotib vazifalari va b.
S huning uchun zamonaviy modem modulyaciya va demodulyaciya qurilmalaridan tashqari (ba`zida еsa ular bilan birga) modem ishini boshqaruvchi maxsuslashgan mikroprocessor, tezkor va doimiy xotira, modemning ishlash rejimlari va ishlatilayotgan aloqa kanalining tavsiflari to`g`risidagi tovushli va yorug`likli xabarlash еlementlariga еgadir. Doimiy xotira ta`minot (tok manbai) uzilganda modem konfiguraciyasini saqlash uchun ishlatiladi va ko`pincha qayta dasturlanishi mumkin.
Sanoatda ishlab chiqarilayotgan modemlar quyidagicha farqlanadi:
• konstrukciyasi bilan — avtonom va apparatura ichiga qurilgan;
• aloqa kanalli interfeys bilan — kontakgli va kontaktsiz (audio);
• vazifasi bilan - turli xil aloqa kanallari va tizimlari uchun, masalan, faqat ma`lumotlarni uzatish tizimi uchun — modemlar, ma`lumotlarni va fakslarni uzatish tizimi uchun - faks-modemlar ( haqiqatan ham, butunda ko`plab firmalar faks-modemlarni ishlab chiqarmoqda, faksli vazifasi bo`lmagan «toza» modemlar, amalda ishlab chiqarilmayapti);
• uzatish tezligi bilan — telefon aloqa kanallari uchun TTXMK bayonnomalari standartiga mos keluvchi ma`lumotlarni uzatish tezliklari standarti (shkalasi) mavjuddir; u quyidagi tezliklarni o`z ichiga oladi (bits da): 300, 600, 1200, 2400, 4800, 9600, 12000, 14400,16800,19200, 28800, 33600 , 56000.
Oldin modemlarning har biri alohida tezlikda ishlash uchun ishlab chiqarilgan; zamonaviy modemlar universaldir: ularning ba`zilari ( masalan, MT1932, MT 2834 va b. ): ham kommutaciya qilinadigan, ham kommutaciya kilinmaydigan aloqa kanallari bilan ishlashi mumkin; aytilgan tezliklar shkalasining deyarli hammasini o`z ichiga oladi; modem va faks-modem rejimlariga еga.
Modemlarni konstruktiv turlari, ya`ni avtonom va apparatura ichiga qurilgan turlariga birmuncha batafsilroq to`xtalaniz. Avtonom modemlarni ko`pincha Tashqi, apparatura ichiga mos qurilgamini еsa ichki modem deb ataladi.