1) qaytma-ilgarilanma xarakat qiluvchi massalarning inertsiya kuchi Pj. Bu kuch tsilindrning o’qi bo’ylab ta’sir qiladi va u tirsakli valning o’qiga qarab yo’nalgan bo’lsa musbat, valning o’qidan yo’nalgan bo’lsa, manfiy xisoblanadi.
Markaziy krivoship-shatunli mexanizm uchun inertsiya kuchi quyidagicha bo’ladi:
Bu yerda j porshenning tezlanishi. Bu kuchni garmonik qonun bo’yicha o’zgaruvchi birinchi PjI va ikkinchi PjII darajali ikki kuch ifodalash mumkin:
va
bu yerda 2) aylanuvchi massalarning inertsiya kuchi krivoshipning radiusi bo’ylab ta’sir etadi va quyidagi formulada aniqlanadi.
Bu inertsiya kuch doimo krivoship bo’yicha yo’nalgan bo’lib, kattaligi doimiy va shatun bo’yni markaziga qo’yilgan.
Krivoship-shatunli mexanizmda ta’sir qiluvchi yig’indi kuchlar. TSilindrning o’qi bo’ylab ta’sir qiluvchi yig’indi kuch porshenga ta’sir etayotgan gazlarning ortiqcha bosim kuchi va qaytma-ilgarilanma xarakatlanuvchi massalar inertsiya kuchining yig’indisidan iborat:
R=Pg+Pj R kuchni ikki tashkil etuvchi N va S kuchlarga ajratamiz
21.3 - rasm. Krivoship-shatunli mexanizmga ta’sir etuvchi kuchlar va momentlar. N kuch normal bo’yicha tsilindrning devoriga (tsilindr o’qiga tik) qarab yo’nalgan bo’lib, porshenni devorga qisadi.
S kuch shatunning o’qi bo’yicha ta’sir qiladi. N kuch aylanish tomoniga teskari yo’nalgan bo’lsa musbat, aylanish tarafiga yo’nalgan bo’lsa, manfiy xisoblanadi. S kuch shatunni siqsa musbat, shatunni cho’zsa, manfiy xisoblanadi. S-kuchni ta’sir chizig’i bo’yicha shatun bo’ynining o’qidagi V nuqtaga ko’chiramiz va krivoshipning o’qiga urinma ta’sir etuvchi T kuchga va krivoshipni o’qi bo’yicha ta’sir qiluvchi K (normal) kuchga ajratamiz.
AgarT kuch krivoshipning aylanish tomoniga yo’nalgan bo’lsa musbat, teskari yo’nalganda esa manfiy bo’ladi. K kuch tirsakli valning o’qiga qarab yo’nalgan bo’lsa musbat, tirsakli valning o’qidan yo’nalgan bo’lsa, manfiy xisoblanadi. Burovchi momentni aniqlash uchun tirsakli valning aylanish markazi 0 dan V nuqtaga qo’yilgan urinma kuch T ning ta’sirchizig’iga paralel chizik o’tkazamiz va bu chizikda qarama-qarshi yo’nalishda T ga teng ikki vektorni qo’yamiz. Ikki qarama-qarshi yo’nalgan T kuchlari R yelkada momentxosil qiladi. Bu moment tirsakli valni aylantiradi va burovchi moment deb ataladi.
Mbur=TR=PR sin (φ+β) / cosβ; Agar uchinchi vektor T" ni 0 nuqtaga kuchirilgan K' vektor bilan geometrik qo’shsak, u xolda xuddi V nuqtada yasalgan paralellogram xosil bo’ladi. Uning dioganali S''=S'=S kuchning vektoriga teng vektordan iborat bo’lib, tub podshipniklarga ta’sir etadi. S" vektorning gorizontal va vertikal R" tashkil etuvchilari N va R vektorlarga teng. O va A nuqtalarga qo’yilgan N' va N juft kuch to’nkaruvchi moment Mto’n ni xosil qiladi. Bu moment dvigatelni karteriga qo’yilgan bo’lib, doim burovchi momentga teng, lekin qarama-qarshi tomonga yo’nalgan bo’ladi.
bo’lgani uchun,