14 ma’ruza
Kuchlanish stabilizatorlari
Reja:
Kuchlanish stabilizatorlarining asosiy sxemalari, strukturalari va ishlash prinsiplari.
Kuchlanish stabilizatorlarining energetik ko’rsatkichlari, vaqt diagrammalari, afzalliklari, solishtirma tahlili va energiya samaradorligi.
14.1 Kuchlanish stabilizatorlarining asosiy sxemalari, strukturalari va ishlash prinsiplari.
Kuchlanish stabilizа́tori ─ bu kirish kuchlanishi va yuklama chiqish tokining jiddiy o’zgarishlarlarida chiqish kuchlanishini tor chegaralardagi miqdorlarda ushlab turishga mo’ljallangan kuchlanish bo’yicha kirish va chiqishga ega bo’lgan elektromexanik yoki elektrik qurilma.
Elektr energiyaning aksariyat ko’pchilik iste’molchilarini oziqlantirish jarayonida uning aniq parametrlarini ─ kuchlanish, tok, chastota va boshqalarni rostlash talab etiladi. Rostlash deb qaysidir parametrni belgilangan qonuniyat bo’yicha o’zgarish jarayoni yoki o’zgarmasligini ushlab turish (stabilizatsiya)ga aytiladi. Rostlash qo’lda ham, avtomatik tarzda ham amalga oshirilishi mumkin. Oziqlantirish sxemalarida eng ko’p talab etiladigani ─ turlicha g’alayonlovchi ta’sirlarda uni stabilizatsiyalash maqsadida belgilangan sathda avtomatik rostlashdir.
Stabilizatsiya sathlarining keng diapazonida kuchlanish stabilizatsiyasini amalga oshiruvchi elektr apparatlar rostlagich-stabilizatorlar deb aytiladi. Agarda bunday agregat juda tor diapazonda kuchlanishni stabilizatsiyalashga mo’ljallangan bo’lsa, unda bu agregatni stabilizator deb aytiladi. Kuchlanishni chuqurroq o’zgartirishga mo’ljallangan agregatlarni texnikada kuchlanish rostlagichlari deb atash qabul qilingan.
Kuchlanish rostlagich-stabilizatorlari, elektroenergiya boshqa parametrla-rining rostlagich-stabilizatorlari kabi elektroenergiya o’zgartgichlari sifatida qaralishi mumkin, shu ma’nodaki, chunki ular elektr energiyaning parametrlari va sifatini o’zgartiradi (qayta shakllantiradi).
Ko’pchilik statik rostlagich-stabilizatorlarni ishlash printsipi bo’yicha umumiy ko’rinishda ikkita katta guruhga ajratish mumkin ─ magnitli va magnit- yarim o’tkazgichli.
usul. Eng sodda elektromexanik stabilizator ─ bu transformator (avtotransformator)ning birlamchi yoki ikkilamchi chiqish simlarini almashtirib ulaydigan kontaktorlar (yoki boshqa elektr apparatlar). Bunday stabilizatorning ishlash printsipi shuki ─ kirish kuchlanishining o’zgarishi bilan transformator-ning chiqish simlarini almashtirish amalga oshiriladi, ya’ni uning transformatsiya koeffitsienti o’zgartiriladi. Bunda chiqish kuchlanishining nisbiy o’zgarishi kirish kuchlanishining nisbiy o’zgarishiga qaraganda kichikroq bo’ladi
nisbatga kstU > 1 mos keladi. Transformatsiya koeffi- tsientlari qiymatlarining tanlanishi transformator chulg’amlari chiqarish simlariga mos keluvchi kstU koeffitsientining qiymatlariga mos kelishi shart. Ko’rinib turibdiki,
transformator chulg’amlari chiqarish simlari qancha ko’p bo’lsa, stabilizator kirish kuchlanishi o’zgarishining barcha diapazonida kstU koeffitsientining qiymatlari shuncha yuqori bo’ladi. Elektromexanik stabilizatorlarda transformator chulg’amlari chiqarish simlarini almashtirib ulash odatda kontaktorlar bilan amalga oshiriladi. Kontaktorlar esa avtomatik ravishda boshqarilishi yoki stabilizatorga xizmat ko’rsatuvchi bevosita operator tomonidan amalga oshirilishi ham mumkin. Avtomatik qayta ulashga beriladigan komanda odatda chiqish kuchlanishini nazorat qiluvchi blokda shakllantiriladi.
1-rasm. Qisqa tutashtirilgan harakatchan chulg’amli avtotransformator
2-rasmda kuchlanish rezonansiga asoslangan stabilizator sxemasi keltirilgan. Bunday stabilizatorda yuklama toki kirish tokiga nisbatan kichik bo’ladi. SHuning uchun kondensator C va reaktor L orqali bir xil Ikir toki oqadi.
2-rasm. Kuchlanish rezonansiga asoslangan stabilizator sxemasi
Yuqori chastotali SHIM-dan foydalanadigan stabilizatorlar hozirgi vaqtda o’zgaruvchan kuchlanish stabilizatorining eng mukammal realizatsiyasi bo’lib hisoblanadi. Va shuni ta’kidlash mumkinki, to’g’ri bajarilganida «ideal stabilizator» tushunchasiga eng yaqin bo’ladi. Invertor tipidagi stabilizatorlardan farqli o’laroq, SHIM stabilizatorlarida o’zgaruvchan kuchlanish avvaldan o’zgarmas kuchlanishga aylantirilmaydi, o’zgarishga duchor bo’ladigan kattalik ─ bevosita kirish kuchlanishi, bu esa yuqori FIK va maqbul narxlar.