Kulliyev Mansurning “Musiqa nazariyasi” mt 3-semestr uchun


 Akkordlar nisbati. Umumiy tovushlar



Yüklə 211,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix14.10.2023
ölçüsü211,01 Kb.
#155532
1   2
Kulliyev Mansur musiqa nazariyasi

4. Akkordlar nisbati. Umumiy tovushlar
Akkordlarning asosiy tovushlari orasidagi (demak, ularning tersiyalari 
bilan kvintalari orasidagi) interval ayirmasi akkordlar nisbati deyiladi. 
Akkordlarning nisbati: kvarta – kvintali, tersiyali va sekundali 
nisbatlari bo’ladi. 
Kvarta – kvinta nisbatidagi uchtovushliklar orasida bitta umumiy 
tovush bo’ladi. Mana shu xildagi nisbatning namunasi T – D va T – S 
uchtovushliklaridir: 
Tertsiya nisbatidagi uchtovushliklar orasida ikkita umumiy tovush 
bo’ladi: 
(18 – mavzuga qadar amaliy ishlarda bu nisbat uchramaydi). 
Sekundali nisbatdagi uchtovushliklar orasida umumiy tovushlar 
bo’lmaydi. Bu xildagi nisbatning namunasi S va D uchtovushliklaridir: 
5. Uchtovushliklarning qo’shilish usullari
Akkordlar, qisman, uchtovushliklar garmonik yoki melodik ravishda 
qo’shilishlari mumkin. 
Akkordlarning umumiy tovushi o’sha ovozda o’z o’rnida qolsa, 
bunday qo’shilish garmonik qo’shilish deyiladi. 


Eslatma. Tersiya nisbatidagiuchtovushliklar garmonik qo’shilganda, odatda 
ularning har ikkala tovushi o’z o’rnida qoladi. 
Kvarta – kvinta nisbatidagi uchtovushliklarning garmonik qo’shilish 
usuli quyidagi tartibda bo’ladi: akkordning basi belgilanadi, umumiy tovush 
o’z o’rnida qoldiriladi; qolgan ikki ovoz bosqichma – bosqich parallel 
harakat bilan tonikadan subdominantaga – yuqoriga, tonikadan dominantaga 
– patga yo’naltiriladi. 
Natijada asosiy tovushi juftlanib to’g’ri joylashgan akkord tuzimi 
hosil bo’ladi. Bunday hollarda ikkinchi akkord ham birinchi akkor singari, 
ya’ni zich, keng bo’lsa keng joylashtiriladi. 
Akkordlarning hatto umumiy tovushi bo’lsa ham, ovolarning birortasi 
ham o’z o’rnida qolmasa, bunday akkordlarning qo’shilishi melodic 
qo’shilishi deyiladi. 
Kvarta – kvinta va sekunda nisbatidagi uchtovushliklarning melodik 
qo’shilish usuli quyidagicha bo’ladi: basning harakati kvarta oralig’idan 
oshmasligi kerak , ya’ni T – D, D – T, T – S, S – T uchtovushliklarini 
qo’shganda bas septimaga emas, sekundaga qarab yo’naladi; yuqoridagi uch 
ovoz ikkinchi akkordning yaqin tovushlarga sakrovsiz ( ravon ), basga 
qarama- qarshi harakat qiladi. 
Natijada asosiy tovushni juftlanib bilan akkordning to’g’ri 
joylashtirilgan tuzim hosil bo’ladi. Joylashuv tartibi, garmonik 
qo’shilishdagi singari, o’zgarmaydi: 
Eslatma.kvarta-kvinta nisbatagi uchtovushliklar (T-D,D-T,T-S,S-
T)melodik qo’shilganda,ayrim vaqtda basning kvartaga tomon emas kvinta 
tomon harakati uchraydi.Bo’nday hollarda qolgan ovozlar basning kvarta 
yo’nalishda qanday harakat qiladigan bo’lsa xuddishunday ravon 
harakatlanadi. 
Kamdan kam uchraydigan bu usulni juda ham zarur bo’lgan 
hollardagina qo’llash mumkun.Umumiy to’rtala ovozning hammasini (ya’ni 
umumiy to’gri harakat bilan) bir tomonga yo’naltirilish maqsadida muvofiq 
emas. 

Yüklə 211,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin