Qorovulbozor tuman XTB o‘quv-tarbiya jarayonini metodik ta’minlash sho‘basi Metodik Kengash
Y I G‘ I L I SH B AYO N I № 3
22-oktabr 2021-yil Qorovulbozor shahri
2021- yil oktabr oyida tuman XTB o‘quv-tarbiya jarayonini metodik ta’minlash sho‘basi ning metodik Kengashi o‘tkazildi. Kengashda fan metodistlari umumiy o‘rta ta’lim maktabi metodbirlashma rahbarlari-metodik kengashg a’zolari ishtirok etishdi.
Yig‘ilish raisi: N. Qodirova
Kotibi: D. Rahmonova
K U N T A R T I B I
1. Ilg‘orlar tajribasi - mahorat maktabi. 3- umumiy o‘rta ta’lim maktabi Davlat va huquq asoslari fani o‘qituvchisi Ro‘ziyev Baxtiyor Rasulberdiyevichning ish tajribasini tuman miqyosida ommalashtirish.
N. Qodirova.
E SH I T I L D I:
Kun tartibidagi masala yuzasidan O‘quv-tarbiya jarayonini metodik ta’minlash sho‘’basi filologiya fanlari metodisti N.Qodirova so‘zga chiqdi:
Ro‘ziyev Baxtiyor 2017- yildan buyon Qorovulbozor tumani 3- umumiy o‘rta ta’lim maktabi Davlat va huquq asoslari fani o‘qituvchisi vazifasida faoliyat yuritib kelmoqda. U o‘z yo‘nalishidagi fan o‘qituvchilariga dars jarayonini samarali tashkil etish, fan xonalarini jihozlash yuzasidan metodik yordam ko‘rsatib kelmoqda.
O‘z faoliyati davomida turli tadbirlar, ko‘rik-tanlovlar tashkil etish, ijtimoiy fanlar (davlat va huquq asoslari) yo‘nalishidagi o‘qituvchilarga metodik yordam ko‘rsatib kelmoqda.
DTS va o‘quv dasturlari asosida o‘quvchilar bilim darajasi, oraliq nazorati va yakuniy attestatsiya va olimpiada natijalarini o‘rganib, tahlil qilib, aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirish yuzasidan tavsiyalar yaratgan.
U o‘z yo‘nalishida o‘quvchilar bilimida aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirib borish uchun metodik maslahatlar hamda tavsiyalar tayyorlab, XTB o‘quv-tarbiya jarayonini metodik ta’minlash sho‘basi orqali ta’lim muassasalariga yetkazib boradi.
2019- yilda «Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi» ko‘rik-tanlovining tuman bosqichida faol ishtirok etgan. 2019-2020-o‘quv yilida “Eng namunali sinf rahbar” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichida faxrli o‘rinlardan birini egallagan.
2018-2019-o‘quv yilida huquq fanidan 11- sinf o‘quvchisi Bekniyozova Maftuna Fan olimpiadasining tuman bosqichida 1- o‘rinni egallab, viloyat bosqichida faol ishtirok etgan, 2020-2021-o‘quv yilida 9-sinf o‘quvchisi Hamroyeva Shaxnoza fan olimpiadasining tuman bosqichida 77.5 ball bilan 2-o‘rinni egallab viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan va viloyat bosqichida faxrli 3-o’rinni qo’lga kiritgan.
Shuningdek, 2021-yilgi “Mening huquq va majburiyatlarim” respublika ko‘rik tanlovining tuman bosqichida o’quvchilari faol ishtirok etgan. Ochiq dars ishlanmalari tavsiya sifatida kitobcha shaklida chop etib, ta’lim muassasalarida ijodiy foydalanish uchun yetkazilgan.
Ta’lim samaradorligini oshirish yo‘lida “Tayanch maktab”larida turli mavzularda seminarlar, davra suhbatlari, darsdan tashqari tadbirlar, ijodiy uchrashuvlarda faol ishtirok etib, o‘quvchilar orasida turli mavzulardagi tanlovlar o‘tkazib kelmoqda.
“Ustoz-21” ko‘rik-tanlovida, o‘quvchilari esa hamda Fan olimpiadasining viloyat bosqichida faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishmoqdalar.
Ro‘ziyev Baxtiyor Rasulberdiyevich o‘z kasbining mohir ustasi mehnat faoliyati davrida o‘zini bilimdon, tajribali, zukko o‘qituvchi sifatida tanilib, hamkasblari, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalar orasida katta obro‘ qozongan.
3-umumiy o‘rta ta’lim maktabi davlat va huquq asoslari fani o‘qituvchisi Ro‘ziyev Baxtiyor Rasulberdiyevichning faoliyatidagi ilg‘or tajribalarni keng yoyish, zamonaviy pedagogik texnologiya asosidagi darslari filologiya fanlarni o‘qitish samaradorligini yanada yaxshilash hamda sinfda do‘stona munosabatdagi o‘quv muhitini yaratishdagi tajribalari, “Huquq darslarida o‘quvchilarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, mustaqil ijodiy fikrlaydigan o‘quvchilarni tarbiyalash” ni inobatga olib ish tajribasini tuman miqyosida ommalashtirish uchun Metodik kengashga taqdim qilish tavsiyasi berildi.
Muzokara uchun so‘zga chiqqan 1, 6- umumiy o‘rta ta’lim maktabi davlat va huquq asoslari fani o‘qituvchilari Norova Mehriniso, Barakayeva Muhayyolar 3- umumiy o‘rta ta’lim maktabi davlat va huquq fani o‘qituvchisi Ro‘ziyev Baxtiyor Rasulberdiyevichning dars jarayonida o‘quvchilar husnixatiga e’tibor qaratishi, o‘quvchilar bilimidagi bo‘shliqlarni to‘ldirishi, mustaqil fikrlashga undovchi matn va materiallardan foydalanishini aytdi hamda uning ish tajribasini tuman miqyosida ommalashtirishga tavsiya etdi.
Yuqoridagi masalani ko‘rib chiqib, tuman XTB O‘quv-tarbiya jarayonini metodik ta’minlash sho‘’basi metodik Kengashi
QAROR QILADI:
1. 2- umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘zbek tili fani o‘qituvchisi Axmedova Gulmira Salohovnaning “Davlat va huquq asoslari darslarida o‘quvchilarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini , huquqiy savodxonligini oshirish , mustaqil ijodiy fikrlaydigan o‘quvchilarni tarbiyalash” borasidagi tajribalari tuman miqyosida ommalashtirilsin.
2. Ularning darslari ochiq deb e’lon qilinsin va ish tajribalaridan risola tayyorlash filologiya fanlari metodisti N. Qodirovalar zimmasiga yuklatilsin.
3.Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish XTB o‘quv-tarbiya jarayonini metodik ta’minlan sho‘‘basi metodisti N. Qodirova zimmasiga yuklatilsin.
Yigilish raisi: N. Qodirova
Kotibi: D. Rahmonova
Dostları ilə paylaş: |