Kulonometriya


-chizma. Elektr gravimetrik kulonometr. 3.3-chizma



Yüklə 43,54 Kb.
səhifə4/7
tarix08.05.2023
ölçüsü43,54 Kb.
#109452
1   2   3   4   5   6   7
Kulonometriya

3.2-chizma. Elektr gravimetrik kulonometr.



3.3-chizma.Titratsion kulonometr.

Elektrolitik bo‘g‘inga 1 M CuSO4, 1 M K2SO4, 0,1 M H2SO4 solinadi. Elektroliz natijasida platina katodi sirtida zich mis metali qavati hosil bo‘ladi. Anod sifatida mis plastinkasi ishlatiladi. Elektroliz tugashi bilan platina elektrodi yuvib, quritiladi. Kichik elektr miqdorini topishda kulonometrning aniqlik darajasi biroz pastlik qiladi, chunki cho‘kkan mis eritmadagi Cu2+ bilan qisman reaksiyaga kirishib, Cu+ ni hosil qiladi. Katod g‘ovak idishga joylashtirilgan bo‘ladi, bu cho‘kma kristallarini bexosdan yo‘qolishdan saqlaydi.
Titratsion kulonometrda (3.3-chizma) elektroliz davrida eruvchan mahsulotlar hosil bo‘ladi, ular so‘ngra biror standart eritma yordamida titrlanadi. Bunday kulonometrlarda quyidagi reaksiyalarga o‘xshash reaksiyalardan foydalanish mumkin:
a) 2J-2eJ2 (ajralgan yod tiosulfat bilan titrlanadi)
b) Fe3+Fe2+
hosil bo‘lgan Fe2+ MnO4 yoki Cr2O72 yordamida titrlanadi. Titratsion kulonometrlardan faqat katta elektr miqdorini o‘lchash uchun foydalanish mumkin.
Aniqlash xatosi standart eritma titrining qanchalik to‘g‘ri o‘rnatilganligi va titrant eritmasining qanchalik aniq o‘lchanishiga bog‘liq. Titratsion kulonometrning sxemasi 16-chizmada keltirilgan. Anion va kationlar o‘zaro kimyoviy ta’sirlashmasligini ta’minlash uchun ular g‘ovak to‘siq (g‘) yordamida ajratilgan. Titrlash ichki idishning bevosita o‘zida elektroliz tugaganidan keyin o‘tkaziladi.
Gaz kulonometrlarida (3.4-chizma) elektroliz natijasida ajralgan gazning hajmi o‘lchanadi. Suvning elektrolizi natijasida parchalanishi tufayli 1-idishda vodorod va kislorod yig‘ila borib, elektrolitni rezina nay orqali 2-idishga siqib chiqaradi. Elektrolizer harorati 0,1 oC aniqlik bilan nazorat qilib turiladigan suvli termostatga joylashtirilgan. Normal sharoitda (0 oC va 101,325 kPa) 1 Kl elektr miqdori nazariy jihatdan 0,1721 ml vodorod va kislorod aralashmasiga teng. Gazning erishi tufayli elektr miqdorini aniqlash xatosini kamaytirish uchun tekshirish boshlanishidan oldin 5-10 min davomida elektroliz oldi hodisasi o‘tkaziladi va elektrolit gaz bilan to‘yintiriladi. Bunda suvning bug‘ bosimi ham e’tiborga olinishi kerak. Elektr miqdori katta bo‘lganda gaz kulonometri bergan natija anodda vodorod peroksid hosil bo‘lishi tufayli asl qiymatidan kam bo‘ladi. Kolorimetrik kulonometrlar 0,01–10 Kl kattalikka ega bo‘lgan kichik elektr miqdorlarini aniqlashda ham yaxshi natijalar beradi. Bu usulda elektr kimyoviy reaksiya natijasida eritma rangining o‘zgarishidan foydalaniladi.
Eritmaning optik zichligi kolorimetrlar (fotometrlar) yordamida o‘lcha-nadi. Bu usul juda sezuvchan bo‘lsa-da, uning aniqlik darajasi yetarli emas.

Yüklə 43,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin