Ekologiya kafedrasi mudiri S. Abduraxmonov: Ekologiya kafedrasining joriy o’quv yilida namunaviy va ishchi o’quv rejaga muvofiq o’qitiladigan mutaxassislik va mutaxassislik bo’lmagan fanlardan o’quv uslubiy majmualarni sifatli tayyorlash vazifasi barcha professor o’qituvchilarga yuklatilgan. Ekologiya kafedrasida 2021/2022 o’quv yilida o’quv rejaga asosan 23 ta mutaxassislik fanlaridan, 4 ta nomutaxassislik fanlaridan o’quv uslubiy majmualar belgilangan talab asosida tayyorlanishi belgilangan. Professor o’qituvchilar tomonidan hozirda o’quv uslubiy majmualarni turdosh OTM bilan hamkorlikni yo’lga qo’ygan xolda tayyorlamoqda. Hozirga qadar 85-90% O’UM tayyor holatga keltirilgan. Ayrim fanlardan O’UM tayyor holatda bo’lishiga asosiy sabablardan biri tayanch oliy ta’lim muassasasidan namunaviy o’quv dasturlarini kechikib kelishi sabab bo’lmoqda. Buyurtmachi tashkilotlar tomonidan tavsiya va taklif etilgan tanlov fanlari bo’yicha ma’ruza matnlari yangi variantda ishlab chiqilgan. O’UM asosida berilgan mezonlar asosida o’quv mashulotlarini sifatli tashkil etish, darslarda yangi pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish, turli xildagi muttimediya va videoroliklar asosida dars mashg’ulotlarini yanada sifatini oshirish ishlari yo’lga qo’yilgan. Hozirgi kunda talabalarga fanlardan asosiy va qo’shimcha adabiyotlar bilan ta’minlangan darajasini to’liq qoplash maqsadida ADU, FarDU universitetlari bilan o’quv darsliklari bo’yicha almashinuv yo’lga qo’yilgan.
FAKULTET KENGASHI QAROR QILADI: 1. Kafedra mudirlarining axborotlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. 2021-2022 o’quv yili uchun o’quv-uslubiy majmualar va ular asosida o’tilayotgan darslarning sifatini ta’minlash bo’yicha olib borilayotgan ishlar qoniqarli deb hisoblansin.
Qaror loyixasi ovozga qo’yildi va qatnashchilar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi
Eshitildi: A. Baratov ilmiy ishlarni yanada rivojlantirish, kafedralarda ilmiy-tadqiqot ishlarning bajarilish holati bo’yicha so’zni kafedra mudirlariga berdi.