Noorganik kimyo kafedrasi mudiri T. Sattarov: Noorganik kimyo kafedrasidan iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’yicha mas’ul etib o’qituvchi V.Borisova, ilmiy maslahatchi sifatida dotsent v.b. A.Rasulov tayinlangan. To’garak va iqtidorli talabalar bilan ishlash rejasi ishlab chiqilgan.
Organik kimyo kafedrasi mudiri T. Saypiev: Organik kimyo kafedrasidan iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’yicha mas’ul etib o’qituvchi X.Axunova tayinlangan. Reja ishlab chiqqan, ma’qul deb topilsa, tasdiqlansa shu bo’yicha ishlar yanada davom ettiriladi.
Ekologiya kafedrasi mudiri S. Abduraxmonov: Ekologiya kafedrasida mavjud bo’lgan iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’yicha yillik ish reja ishlab chiqilgan. Mazkur iqtidorli talabalarni saralab olish va reja bo’yicha ishlarni tashkil etish vazifasi kafedra o’qituvchisi U N. Umrzoqova tayinlangan. Kafedrada ta’lim yo’nalishi bo’yicha 17 nafar iqtidorli talabalar tanlab olingan.
FAKULTET KENGASHI QAROR QILADI: 1. Kafedra mudirlarining axboroti ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Kafedralarning iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’yicha yillik ish rejalari tasdiqlansin.
Qaror loyixasi ovozga qo’yildi va qatnashchilar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi
5. Doktarantlar va magistrlarning ilmiy tadqiqot faoliyati bo’yicha hisoboti.
Eshitildi: Kengash raisi A. Baratov doktarantlar va magistrlarning ilmiy tadqiqot faoliyatini doimiy nazorat qilib borish bo’yicha kafedra mudirlaridan mas’ullik talab etiladi. Kafedralarga biriktirilgan doktorantlar va magistrlarning ilmiy ishlarini yanada rivojlantirish bo’yicha fakultet rahbariyati tomonidan ham imkoniyatlar yaratib berilishini haqida alohida aytib o’tdi.
SHundan so’ng ilmiy ishlarini muvaqqiyatli yakunlagan B.Abduraxmanov va M.Qorievlarni tabriklanib, esdalik sovg’alari topshirildi.
FAKULTET KENGASHI QAROR QILADI: 1. A. Baratovning axboroti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Doktarantlar va magistrlarning ilmiy tadqiqot faoliyati bo’yicha hisobotlari kafedra yig’ilishlarida muntazam nazorat qilib borilsin.