KENGASH QAROR QILADI: 1. Fakultet dekani A. Baratovning axboroti ma’lumot va ijro uchun qabul qilinsin.
2. Fakultetga kelgan direktiv xujjatlarning ijrosi qoniqarli deb hisoblansin.
2. 2021 yilda fanlar bo’yicha yaratilgan o’quv-uslubiy majmualar va ular asosida o’tilayotgan darslarning sifati
Eshitildi: yig’ilish raisi A. Baratov 2021-2022 o’quv yili uchun o’quv-uslubiy majmualar va ular asosida o’tilayotgan darslarning sifatini ta’minlash bo’yicha olib borilayotgan ishlar xaqida axborot berish uchun so’zni kafedra mudirlariga berdi.
Noorganik kimyo kafedrasining mudiri T.Sattarov: 2021 – 2022 o’quv yilida Noorganik kimyo kafedrasida kimyo yo’nalishi kunduzgi, kechki va rus guruhlar bo’yicha 1 kurslarida: 6 ta fan, 2 kurslarda: 10 ta fan, 3 kurslarida: 7 ta fan, 4 kurslarida: 7 ta fan, Magistratura mutaxassisligi uchun 7 ta fan, Nomutaxassislikda 9 ta fan mavjud bo’lib, ulardan 70% iga o’quv uslubiy majmualar ishlab chiqilgan. Majmualar 2021 yil 26 avgustda kafedraning 1 sonli yig’ilishida muhokama qilingan. Fakultet dekani tomonidan 16-22 sentyabr kunlari har bir majmua tekshirilib, kamchiliklari ko’rsatilgan va bugungi kunda professor-o’qituvchilar tomonidan mavjud kamchiliklar bartaraf etib borilmoqda. Kafedradagi yosh o’qituvchilarni darslarini kuzatish, metodik tavsiyalar berish bo’yicha kafedra miqyosida kichik guruh tashkil etildi. Ular tomonidan kuzatilgan mashg’ulotlar kafedra yig’ilishlarida muhokama qilib borilishi kelishildi.
Organik kimyo kafedrasining mudiri T.Sayriev: 2021 – 2022 o’quv yilida organik kimyo kafedrasida kimyo yo’nalishi kunduzgi, kechki va rus guruhlar bo’yicha 1 kurslarida: 1 ta fan, 2 kurslarda: 2 ta fan, 3 kurslarida: 5 ta fan, 4 kurslarida: 4 ta fan va iqtidorli guruhlarda 2 ta tanlov, 3 va 4 kurs talabalariga 2 tadan tanlov fanlariga o’quv uslubiy majmualar ishlab chiqilgan. Majmualar 2021 yil 26 avgustda kafedraning 1 sonli yig’ilishida muhokama qilingan. Fakultet dekani tomonidan 16-22 sentyabr kunlari har bir majmua tekshirilib, kamchiliklari ko’rsatilgan va bugungi kunda professor-o’qituvchilar tomonidan mavjud kamchiliklar bartaraf etib borilmoqda. Kafedradagi yosh o’qituvchilarni darslarini kuzatish, metodik tavsiyalar berish bo’yicha kafedra miqyosida kichik guruh tashkil etildi. Ular tomonidan kuzatilgan mashg’ulotlar kafedra yig’ilishlarida muhokama qilib borilishi kelishildi.