Alternativ benzinni ishlab chiqarish
Uchta sanoat yo’nalishini ajratish mumkin.
i.
Ko’mirdan benzin (ko’mirlarni destruktiv gidrogenlash).
ii.
Gazdan benzin (GTL – Gas Liquid);
iii.
Etanol.
Ko’mirdan benzinni olish jarayoni (ko’mirlarni destruktiv gidrogenlash)
Ko’mirlarni destruktiv gidrogenlash nemis kimyogarlari F. Bergius va M. Pir
tomonidan 1913 yilda kashf etilgan. Ko’mirga suv bug’i bilan yuqori haroratli ishlov
berishga asoslangan bo’lib, quyidagi reaksiya bo’yicha boradi
va keyinchalik sintetik benzinni tashkil qiluvchi suyuq uglevodorodlar olinadi.
Bu texnologiya 450 C haroratda va 30 – 70 MPa bosimda vodorod ishtirokida suyuq
yoqilg’ini olishga imkon berdi. 1926 yilda nemis kimyogarlari F. Fisher va G.Tropsh
uglevodorodlarni suvli gazdan (suvli gaz deganda CO va H
2
dan tarkib topgan gazni
tushunadilar) olishga imkon beradigan katalizatorlarni taklif qildilar.
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
95
Rasm-1. Sintez gaz ishlab chiqarish reaktori
Ularning tadqiqotlari asosida Germaniyada sintetik yoqilg’i olishning sanoat
jarayoni ishlab chiqilgan; shu bilan biriga gaz holidagi va suyuq holidagilar bilan
birga qattiq uglevodorod (parafin) lar hosil bo’ladi. Sanoat katalizatorlari sifatida
alyuminiy oksidiga cho’ktirilgan kobalt, nikel va VIII guruhning boshqa metallarni
qo’llaganlar. Fisher Tropsh bo’yicha sintez jarayoni ko’mirlarni destruktiv
gidrogenlash kabi ikkinchi jahon urushi vaqtida Germaniyada keng rivoj topdi: 1942
– 1944 yillarda qo’ng’ir va toshko’mir lar asosida sintetik suyuq yoqilg’ini ishlab
chiqarish bir yilda 5 mln. m ga yaqinni tashkil qiladi.
Rasm-2. Fisher Tropsh sintez jarayoni reaktorining texnologik sxemasi
So’ngra bu ishlab chiqarish Janubiy Afrika Respublikasida (JAR) bu mamlakat
uchun neftni sotib olish ma’n qilingan sharoitda muvaffaqiyat bilan ishlab turgan.
Shuni takidlash kerakki, Germaniyada bu texnologiyalar bo’yicha qurilmalar XX
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
96
asrning 80 – yillarida to’xtatilgan edi, chunki ko’mirdan olingan benzin neftdan
ancha qimmat edi. XXI asrning boshida VR neft kompaniyasining olimlari
tomonidan bu jarayon tiklandi, ammo Veba Sombi Cracker (VSS) nomi bilan og’ir
neft qoldiqlaridan ochiq neft mahsulotlarini olish jarayoni sifatida. Ko’mirdan
olingan benzinning sifati yuqri emas, u past oktan soniga ega. Dizel frastiyalarni ham
olish mumkin. Keyinchalik olingan mahsulotlarni gidrokrekinga uchratiladi. Gazdan
benzin olish jarayoni (GTL) Jarayon asosida sintez – gazni olish bilan metanni
oksidlash reakstiyasi va sintez – gazni suyuq yoqig’iga qayta ishlash yotadi. GTL
texnologiyasini qo’llash u yoki bu sabablarga ko’ra bozorga chiqarib bo’lmaydigan
gaz resurslarini foydali ishlatish uchun maqsadga muvofiqdir. Odatda, bu jarayon
yirik gaz konlarida va yuqori gaz olish bo’lgan neft konlarida yo’ldosh neft gazlarini
foydali ishlatishda qo’llaniladi. GTL texnologiyasi sanoat miqyosida ancha katta
kapital mablag’larni talab qiladi va neft narxining o’zgarishiga juda sezgir. Quvvati
yiliga 20 ming t bo’lgan birinchi zavod 1991 yilda JAR da qurildi. An’anaviy GTL –
mahsulotlar metanoldan tashqari o’z ichiga sirka kislota, olefinlar, dimetil efirini
(dizel yoqilg’isining komponenti sifatida ishlatilishi mumkin), mochevina ammiak,
mineral o’g’itlarni va uglerod zanjirining uzunligi har xil bo’lgan sintetik
uglevodorodlar.
Bu
texnologiya
yordamida
past
qaynaydigan,
alkanlar,
polioksimetilenlar, nafta, benzin sifatida qo’llaniladigan distillyatlar, kerosin, dizel
yoqig’isi, surkov moylar va parafinni olish mumkin. Sintez sharoitini o’zgartirib turib
suvli gaz asosida kislorod saqlagan gazlarni xususan spirtlar – metanol va etanolni
oladilar, ular esa avtomobil benzinning komponenti sifatida qo’llanilishi mumkin,
vaholanki ular ma’lum kamchiliklarga ega (benzin bilan qo’shilganda qatlamlarga
bo’linish mumkinligi, gidroskopligi, korrozion faolligi, yuqori bug’lanish issiqlik).
Hozirgi vaqtda Yaqin Sharq mamlakatlarida (Qatarda) bu texnologiya sanoat rivojini
topdi (2010 yilda “Shell” neft kompaniyasining texnologiyasi bo’yicha bir yilda 1,6
mlrd. m
3
gazni to’g’ri haydalgan benzin, kerosin, dizel frakstiyalari va bazali
moylarga qayta ishlash bo’yicha zavod ishga tushirilgan. Mahsulot sifatini oshirish
uchun gidrokreking bosqichi shart.
Etanol ishlab chiqarish Etanol benzinli dvigatellar uchun bevosita yoqilg’i
bo’lishi mumkin hamda avtomobil benzinining komponentiga qo’shimcha sifatida
ishlatilishi mumkin. Etanolni motor yoqilg’isi sifatida birinchilardan bo’lib G. Ford
qo’llashni boshlagan, u 1880 yilda etanolda ishlaydigan avtomobil (Model T) ni
ixtiro qilgan. Uzoq vaqt davomida qimmatligi hamda yuqori gidroskopikligi va etarli
quvvatga ega emasligi tufayli etil spirti yoqilg’isi yoki yoqilg’iga komponent sifatida
qo’llanilmadi. Motor yoqilg’isi sifatida etanolni keng qo’llanilishi ko’pgina
mamlakatlarda o’tgan asrning 70 – yillarida boshlandi, bu neft krizislari hamda motor
yoqilg’isining ekologik xossalariga qo’yiladigan keskin oshgan talablar bilan
belgilangan edi. Etilenni gidrotatstiyalash va nooziq – ovqat xomashyosini
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
97
gidrolizlash yo’li bilan olingan etanol texnik etanol deb nom olgan va turli texnik
maqsadlarda shu jumladan motor yoqilg’isi yoki uning komponenti sifatida
qo’llaniladi. Etilenni to’g’ridan – to’g’ri gidrotastiyalash usuli bilan etanolni ishlab
chiqarganda qattiq tashuvchida fosfat – kislotali katalizatorlarni qo’llaydilar; jarayon
260 – 280 C haroratda va 7 – 8 MPa bosimda sodir bo’ladi. Jarayonning eng katta
kamchiligi bo’lib bitta o’tishda xomashyo konversiyasining pastligi (4 – 5 %)
hisolanadi, bu ko’p miqdordagi o’zgarmagan xomashyo resirkulyastiyanishining
zarurligiga hamda katalizatorning yuqori korrozion agressivligiga va uni reaksiya
zonasidan olib ketilishiga olib keladi. Yog’ochning gidrolizianishi mahsulotlarini
bijg’itib gidroliz spirtini oladilar. Bijg’itish uchun zarur bo’lgan shakillarni yog’och
xomashyosi bo’lgan qipiq, yog’och bo’laklari va yog’ochni qayta ishlashning boshqa
chiqindilarini gidrolizlab oladilar. Polisaxaridlarni saqlagan xomashyo (selyuloza) ni
5 % - li sulfat kislota bilan 180 C va 1 – 1,5 MPa da ishlab beradilar, bu
glyukozaning hosil bo’lishiga olib keladi, so’ngra esa uni spirtli bijig’itadilar. Bunday
usul bilan olingan etanolni suvdagi eritmani rektifikatsiyalaydilar. Etanolni oziq –
ovqat xomashyosidan olganda kraxmal yoki uglevodorodlarni saqlagan don,
kartoshka, shakar qamish, makkajo’xori va shunga o’xshagan o’simlik mahsulotlar
qo’llaniladi. Bu usulning mohiyati uglevodorodlarni etanolga qayta ishlaydigan
bakteriyalar yordamida bu mahsulotlarni bijg’itishdan iborat. 95 % va undan ortiq %
li “toza” etanol motor yoqig’isi sifatida uncha katta bo’lmagan hajmlarda qo’llaniladi,
5 dan 85 % gacha spirtni saqlagan etanolning benzin bilan turli aralashmalari eng
keng qo’llaniladi. Bunda asosan bioetanol deb ataladigan o’simlik xomashyosining
qayta yangilanadigan manbalaridan olingan etanol qo’llaniladi. Bioetanolni ishlab
chiqarish uchun neftdan an’anaviy yoqilg’i (benzin) ni ishlab chiqarishga qaraganda
sarflanadigan energiyaga qaraganda ko’proq energiya talab qilinadi. Don,
shakarqamish yoki makkajo’xorini ekish, parvarishlash, o’g’itlarni ishlab chiqarish,
yig’ish va qayta ishlash (fermentastiyalash) uchun zarur bo’lgan quvvat hosil qilingan
bioetanolning quvvat miqdoriga deyarli teng. Shu vaqtning o’zida neftdan yoqilg’i
ishlab chiqarish uchun qilinadigan sarflar hosil qilingan yoqilg’i quvvat miqdorining
qariyib 10 – 30 % ni tashkil qiladi. Etanol motor yoqilg’isi sifatida Braziliyada eng
ko’p qo’llaniladigan, bu o’simlik xomashyosi bo’lgan shakarqamishdan etanolni
ishlab chiqarish imkoniyatlari katta ekanligi bilan belgilangan. Brazilyada 2,5 mln.
avtomobil (avtoparking 90 %) motor yoqilg’isida ishlaydi, bu yoqilg’i ko’proq yoki
kamroq miqdorda o’z tarkibida etanolni saqlaydi. AQSh da motor yoqilg’isini ishlab
chiqarishda etanol muhim o’rin egallaydi, u asosan makkajo’xoridan ishlab
chiqariladi. Bozorda E 85 benzin etanolli yoqilg’isining (85 % etanol va 15 %
benzin) naydo bo’lishi egiluvchan yoqilg’i sistemasi bo’lgan avtomobillarning yangi
konstenstiyasini ishlab chiqarish zarurati bilan bog’liq. Avtomobilga quyidagi
talablar quyiladi: u etanolni saqlamagan benzin uchun ham, 100 % spirtni saqlagan
"Science and Education" Scientific Journal
October 2020 / Volume 1 Issue 7
www.openscience.uz
98
uchun ham to’g’ri keladigan yoqilg’i bakiga esa bo’lishi kerak va tegishli ravishda
avtomatik qayta sozlash va yoqilg’ining tarkibiga bog’liq bo’lgan yoqilg’i: havo
zarur bo’lgan nisbatini saqlab turadigan sistemasiga ega bo’lishi kerak. Undagi
qo’llaniladigan rezina texnik buyumlar spirt va benzinga nisbatan chidamli bo’lishi
kerak. Rossiyada avtomobil benzinda etanolni ishlatishda asosiy to’siq bo’lib etanol
narxining qimmatligi va uning akstizi hisoblanadi.
Benzin (franstuzcha-benzine) -turlicha tuzilgan uglevodorodlar aralashmasi, 30-
2050 C atrofida qaynaydigan rangsiz suyuqlik. Muzlash temperaturasi-600 C,
alangalanish temperaturasi 0 C dan past, zichligi 700-780 kg/m3 (0,70-0,78 g/sm
2
).
Havoda benzin bug’lari konstentrastiyasi 74-123 g/m
3
ga etganda portlaydigan
aralashmalar hosil bo’ladi. Benzin asosan, neftni haydash va katalitik qayta ishlash
yo’li bilan olinadi: ozroq benzin toshko’mir va yonuvchi slanestlar qayta ishlash yo’li
bilan (destruksiya gidrogenlash), shuningdek tabiiy va yo’lakay gazlardan olinadi.
Benzin asosan, ichki yonuv dvigatellar uchun yonilg’i sifatida ishlatiladi. Qariyib
10% benzin erituvchi, yuvadigan suyuqlik sifatida va boshqa maqsadlar uchun
qo’llaniladi.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytadigan bo’lsak, sintetik uglevodorodlar asosidagi sintetik
yoqilg‘ining eng katta afzallik jihati esa, ularning inson organizmiga ko‘rsatadigan
ta'siridadir. Ya'ni, sintetik yonilg‘i odamga hech qanday salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi
(albatta, buni hali isbotlash ham kerak). Gap shundaki, uglevodorodlarning o‘zi ham
juda xilma-xil bo‘lib, ularning kimyogarlar tili bilan aytganda, chiziqli, tarmoqli,
siklik, aromatik kabi turlari mavjud. Shunga ko‘ra, turli guruhlarga mansub turdagi
uglevodorodlar, bir-biriga juda o‘xshash yoqilg‘i xossalariga ega bo‘lsa-da, biroq,
ularning boshqa fizik xossalari, masalan, hidi, qovushqoqligi, inson organizmiga
ta'siri kabi xususiyatlari mutlaqo farqlanadi. Bu juda muhim jihatdir. Agar, neftdan
olingan benzin odam oshqozoniga tushsa, u aniq zaharlanadi. Sintetik benzin esa
neytral modda bo‘lib, tarkibida turli zaharli moddalar, smolalar, aromatika bo‘lmaydi
va demak u odamni zaharlamaydi. Bu juda muhim jihatdir. Bu borada hozirgi kunda
qilinayotgan ishlar insoniyatning yanada yengil turmush tarzini yaratib yaxshilaydi.
Dostları ilə paylaş: |