YONBOSH” — hakam qo’lini kaftlari bilan pastga qaratgan holda (barmoqlar bir joyda jips) yonboshga urib, yon tomonga cho’zib (90°) ishora qiladi.
a) kurashchilardan biri usul qo’llab raqibini tezlik bilan bir kuragiga yiqitsa;
b) yoki raqibiga “DAKKI” e’lon qilinsa beriladi.
. “CHALA” — kurashchilardan biri usul qo’llab, usulni oxirigacha to’liq bajara olmasa ishlatiladigan ibora. Hakam qo’lini kafti bilan yoniga qaratgan holda tirsagidan bukib (90°) ishora qiladi.
a) kurashchilardan biri usul qo’llab to’lig’icha bajara olmasa, raqibining beli yoki undan yuqori qisimni gilamga tekkizsa;
b) raqibiga “TANBEH” e’lon qilinganda beriladi;
d) nechta “CHALA” bahosi berilishidan qat’i nazar ularning umumiy soni jamlanmaydi.
е) agar ikkala kurashchida ham bir nechtadan “CHALA” bo’lsa, g’oliblik ko’p “CHALA” olgan kurashchiga beriladi.
“G’IRROM” — oxirgi ogohlantirishda ishlatiladigan ibora. Hakam kurashchi tomonga burilib, qo’lini kaftlari bilan pastga qaratgan holda yon tomonga cho’zib ikki-uch marta pastga silkitib ishora qiladi.
“G’IRROM” — katta xatoga yo’l qo’ygan (yoki “DAKKI” jazosini olgan va keyingi paytda unchalik katta bo’lmagan yoki o’rta toifadagi xatoga yo’l qo’ygan) kurashchiga e’lon qilinadi.
a) olishuv davomida raqibning, hakamlarning sha’niga noma’qul so’zlarni ishlatsa, baqirsa, har xil imo-ishoralar qilsa;
b) agar kurashchi olishuv davomida raqibiga bila turib jarohat yetkazsa, unda raqibga “G’IRROM” e’lon qilinib, shikastlangan kurashchiga “HALOL” beriladi.
“BEKOR” — olishuv to’xtatilganda keyingi harakatlar uchun yoki bajarilgan usul baholashga noloyiq deb topilgan vaqtda ishlatiladigan ibora.
Hakam qo’lini kafti bilan yon tomonga qaratgan holda (barmoqlari jipslashgan) oldinga cho’zib ikki-uch bor chapga va o’ngga harakatlantirib ishora qiladi.
“VAQT” - olishuv vaqti tugaganligini ko’rsatish uchun ishlatiladigan ibora. Hakam ikkala qo’lini yuqoriga ko’tarib kaftlarini bir-biriga qadagan holda bilakdan qo’shib ishora qiladi.
Izoh: Ishoralar o’rtadagi hakamning ikki tomonida turgan kurashchining yaktagi rangiga qarab o’ng yoki chap qo’l bilan ko’rsatiladi. O’rtadagi hakam qo’l ishoralarini ko’rsatish bilan bir vaqtda gilam o’rtasida tik holatda iboralarni baland ovoz bilan aniq aytib borishi shart
“DAKKI” — ikkinchi ogohlantirishda ishlatiladigan ibora. Hakam qo’lini musht qilib tirsagidan bukib (90°) ishora qiladi (Qo’l barmoqlar musht holiga kelgan va kaft old tomonga qaragan bo’lishi kerak).
(DAKKI) – “TANBEH”dan keyin ikkinchi, unchalik katta bo’lmagan xatoga yo’l qo’ygan kurashchiga e’lon qilinadi.
Dakki qachon birdaniga berilishi mumkin?
a) kurashdan bosh tortib, ataylab tizzaga ko’p marotaba o’tirsa;
b) hakamning buyruqlariga rioya qilmasa, noma’qul so’zlarni gapirsa yoki baqirsa.
. “TANBEH” — birinchi ogohlantirish. Hakam kurashchi tomonga burilib, qo’lini oldinga cho’zgan holda barmog’i bilan tanbeh olgan kurashchini ko’rsatib, ishora qilib shu iborani ishlatadi.
“TANBEH” — ogohlantirish unchalik katta bo’lmagan xatolarga yo’l qo’ygan kurashchiga beriladi.
a) kurashchi ataylab qochayotib, raqibga ushlab olishga yo’l qo’ymasa;
b) ataylab raqibni gilamdan itarib chiqarsa yoki o’zi gilamning xavfli maydoniga chiqib ketsa;
d) ataylab o’zining kiyimini, ishtonini hakam ruxsatisiz yechib yuborsa;
e) ataylab raqibning ishtoni yoki oyoqlaridan ushlasa;
f) ushlab olgandan keyin 8—10 sekund vaqt davomida usul qo’llamasa, beriladi.
http://azkurs.org