Kurash va milliy jang san’atining texnik jihatlari uyg’unligining tarixiy omillari



Yüklə 39,21 Kb.
səhifə2/5
tarix26.08.2023
ölçüsü39,21 Kb.
#140639
1   2   3   4   5
Soatov Elmurod апрел

ADABIYOTLAR TAHLILI:
N.M.Moiseev ilmiy nazariyalariga ko’ra kurashchining texnik tayyorgarligi boshlang’ich sportchilarda harakatlarini yuqori darajadagi mahorat holatiga shakllantirish bilan bog’liq bo’lib, uzoq va murakkab jarayondir. Yuqori darajali ko’nikmalarni shakllantirish bosqichma-bosqich belgilangan qonuniyatlarga muvofiq amalga oshiriladi, ular harakatini o’rganishning uchta nisbatan mustaqil bosqichi mavjudligi bilan belgilanadi: dastlabki o’rganish, chuqur va batafsil o’rganish, mustahkamlash va yanada takomillashtirish.[3, 26]
Qadim zamonlardan bizgacha yetib kelgan milliy kurash turli turkiy etnoslarda turlicha bo’lganligi bilan, umumiy jihatdan bir maqsadga yo’naltirilgan, ya’ni yigit-qizlarni epchillik va chaqqonlik texnologiyalari asosida raqibni yengish va mag’lub etish.
Kurash bu aslida jang san’ati - bo’lib bu ikki raqib yoki sportchini oldindan belgilangan qoidalar asosida yakkama-yakka qarama-qarshilik qilishdan iborat bo’lgan eng qadimgi sport turidir. Ta’bir joiz bo’lsa aytish mumkinki, milliy kurash ko’p asrlar davomida o’ziga xos texnika va taktikaga ega bo’lgan jang san’ati mashg’ulotlarining asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo’lib kelgan. Mashg’ulotlarda milliy kurash texnikasida – yelkadan oshirish, dast ko’tarish, yonboshdan yqitish va boshqa bir qator yondashuvlar mavjud [4, 5].
Milliy kurash qoidalari halol yondashuvni talab etib, raqib harakatini nazorat qilgan holda, o’z texnikasini shunga muvofiqlashtirib, mag’lub etishga yo’naltiradi. Kurash davomida har bir ishtirokchi turli usullardan foydalanib, raqibni muvozanatdan chiqarishga va biron bir tana qismini yerga tegizishga majbur qilishga intiladi. Milliy kurashda “chala”, “yonbosh”, va “halol” degan atamalar ishlatilib, kurashchi polvonlardan biri gavdasining yerga qanday tekkanligi baholanadi [5, 10].
Milliy kurashi texnikasi o’ziga xosligi bilan boshqa kurash turlaridan ajralib turadi. Bunda birinchi o’rinda belgilangan qoidaga muvofiq kurashish talab etilsa, ikkinchi o’rinda kurashchidan kuchli jismoniy tayyorgarlik va psixologik barqarorlik, hamda psixofiziologik muvofiqlashgan harakat faoliyatlarini boshqarish talab etiladi. SHuningdek, raqibga nisbatan nohurmatlik qilmaslik, diqqatni yo’nalganligini ta’minlash, or va nomus, har bir faoliyatga ratsional yondashish, emotsional jihatlardan qochish, kerak bo’lganda raqibni chalg’itish monyovrlarini o’zlashtirish lozim.
Tarixiy manbalarni tadqiq etish orqali ta’kidlash lozimki, qadim zamonlardan beri ko’plab xalqlarning taqdiri urush jarayonida hal qilingan. Aslini olib qaraydigan bo’lsak, ushbu bo’lib o’tgan janglarning natijasi aksariyat hollarda jangchilarning qo’l jangini samarali olib borish qobiliyatiga bevosita bog’liq bo’lgan. Milliy kurash, nafaqat jang san’ati sifatida baholanadi, balki asrlar davomida madaniy va maishiy an’analar, hamda milliy ma’naviy merosini shakllanishiga ham o’z hissasini qo’shib kelgan.
Ya.S. Srovatskiy har bir xalqqa xos bo’lgan milliy kurash texnikasini shakllantirishda asosiy rolni, uning faoliyati, xususan, mehnat, ovchilik va boshqalar bilan bog’lab tushuntiradi [6, 58].

Yüklə 39,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin