Kurash va milliy jang san’atining texnik jihatlari uyg’unligining tarixiy omillari



Yüklə 39,21 Kb.
səhifə4/5
tarix26.08.2023
ölçüsü39,21 Kb.
#140639
1   2   3   4   5
Soatov Elmurod апрел

TAHLILLAR VA NATIJALAR
Yuqorida e’tirof etilgan sprot turi bilan uyg’unlashib ketgan jang san’atlari ichida milliy kurashning o’rni alohida bo’lib, xalq og’zaki ijodi asarlarida milliy kurashda g’olib bo’lgan alplarni she’r va dostno qilib quylash, ularni kuch va mahoratini keyingi avodlargi xalq og’zaki ijodi orqali yetkazish urf bo’lgan. SHundan ham ko’rinib turibdiki, milliy kurash har bir davrda insonnni kamolotga yetkazuvchi, unga motvatsiya beruvchi sport turi bo’lib, jang san’atida ham tutgan o’rni beqiyosdir.
F.F.Vasilev nuqtai nazaricha pahlovonlar kurash tushish va jang boshlanishidan oldin, bir-biridan ehtiyotkorlik bilan yashiringan. Ularni musobaqa o’tkaziladigan joyga yashirincha olib kelishdi va polvonlarni yomon ko’zdan saqlangan[10, 142].
SHuni alohida ta’kidlash kerakki, milliy kurash qadim zamonlardan beri jang san’ati sifatida ham yetakchi o’rinlardan birini egallagan. Buni o’zbek xalqining etnik rivojlanishi va tarixiy manbalari haqidagi ma’lumotlar ham tasdiqlaydi. SHuningdek, milliy kurash nafaqat harbiy san’ati haqidagi ma’lumotlarni beradi, balki xalqining madaniy merosida jangovar san’atning yuksak ahamiyati haqida ham ma’lumot beradi.
Bundan ko’rinib turibdiki, milliy kurash san’ati orqali jang san’atini ham bir qator elementlari shakllangan bo’lib asosan ma’lum turdagi qurolga egalik qilish va undan foydalanish, o’zini himoya qilish va hujumga o’tish, chidamlilik va sabrlilik, epchillik va chaqqonlik, hamda qurolsiz holatda jang qilish qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan.
Milliy kurash rivoji o’z tarxiy tadrijiga ega bo’lib, har bir davr uchun muhim ahamiyat aks ettirgan holda, uning usul va texnikalar o’z davridagi ijtimoiy ong mahsuli ham hisoblanadi. Uni usul va texnikalarini muvofiqlashtirish, ma’lum tartib-qoidalarga muvofiqlashtirish, usullarini mukammallashishi, ijtimoiy zarurat sifatida e’tirof etilishi ham shundandir. Milliy kurashida qoidalar amalda raqibning tanasiga zarba bermasdan kuch va texnikadan foydalangan holda amalga oshirilishiga e’tibor qaratilishi shu kungacha o’z ahamiyatini yo’qotmasdan kelmoqda. Bu jarayon shundan dalolat beradiki, yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, milliy kurash har bir davra inson omilini yuqori qo’ygan holda har bir davr ruhi, jamiyat insonlarining ma’naviy dunyoqarashi, halollik, jaholatdan uzoqligi, hamda agressiyani rad etishi bilan dunyo sprot turlari ichida va qolaversa jang san’atida ham betakrordir.

Yüklə 39,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin