Kurash va milliy jang san’atining texnik jihatlari uyg’unligining tarixiy omillari



Yüklə 39,21 Kb.
səhifə3/5
tarix26.08.2023
ölçüsü39,21 Kb.
#140639
1   2   3   4   5
Soatov Elmurod апрел

TADQIQOT METODOLOGIYASI
O’zbek xalqining ko’plab rivoyatlari, milliy afsonalarida urug’lararo to’qnashuvlar, qahramonlar janglari, qonli urushlar va bu tarixiy voqealar ishtirokchilari haqidagi ma’lumotlar saqlanib qolgan bo’lib, ular xalq hayotidagi real voqealarga asoslangan. Mojarolarning sabablari qon adovatlari, shaxsiy haqoratlar, chorva mollari va ayollarni tortib olish bo’lgan. Tabiiyki, aynan shu davrda urug’, qabila erkak aholisini harbiy tayyorgarlik darajasiga katta e’tibor qaratib uni rovojlantirish bilan bog’liq mashqlarni amalga oshirgan.
Har bir davrda qabila va elatlarning keksa tajribali jangchilari yoshligidanoq bolaga epchillikni rivojlantirishga urg’u berib, jang san’atlarini o’rgatishgan.
O’zbek milliy kurashi ijtimoiy harbiy ahamiyatdagi jang san’ati bilan bevosita uyg’un bo’lib mard va jasur jangchini tarbiyalashdagi o’rni yuqori bo’lgan. O’g’il bolalar 3 yoshdan boshlab kamondan otish, nayza va qilich tutish, kurash, ot minish o’rgatilgan [7, 4]. O’z qabilasi yoki urug’ining qahromoni, yo’l boshchisi bo’lish uchun yoshligidayoq mard, jasur, teran fikrlaydigan, jismonan va ruhiy rivojlanish uyg’unligiga alohida e’tibor qaratilgan holda tarbiyaviy ishlar amalga oshirilgan. Ulg’ayganlarida, ular dastlab ovlarga olib chiqilgan, askarlikka va oila qurish kabi ijtimoiy muhim ahamiyatga ega bo’lgan mas’uliyatli vazifalar yuklangan. Bu esa har bir insonni nafaqat fiziologik rivojlanganligini, balki psixologik tomondan barcha talablarga javob berishi, hamda tegishli testlardan o’tkanligini namoyon etgan holda kamolotga erishgan yigit, boshqa yoshlarga milliy jangini jangovar arsenalini o’rgatishga ham yo’naltirilgan [8, 5].
Milliy kurash ana shu sog’lom yigitlarni qo’shma harbiy tayyorgarlik uchun ma’lum birliklarga birlashishiga, texnika va taktik harakatlardan foydalangan holda qo’l jangini rivojlantirish va tanani boshqarish bilan bog’liq usullarni rivojlantirgan. O’zbek xalqining etnik rivojlanish jarayonida oilaviy yaqinlik va umumiy kelib chiqish bilan bog’liq omillar aynan milliy kurash asosida qabilalar o’rtasida bo’lib o’tgan musobaqa o’yinlar negizida o’ziga xos integral jarayonlarni yuzaga keltirgan. Bunda asosan iqtisodiy jihatdan birikish, oilalar o’rtasida qarindosh urug’lik omillarini yo’lga qo’yish, milliy kurash jarayonida bellashgan qabila va elatlardagi bahodirlardan tashkil topgan harbiy tuzulmani tashkil etish, sport o’yinlari bilan uyg’unlashib ketgan jang san’atlari tajribalarini almashish zarurati, hamda potentsial raqibdan birgalikda himoyalanish kabi ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan, istiqbolda davlatchilik negizini asosi bulgan turmush tarzini shakllantirgan [9, 29].
SHuningdek, milliy kurash asosida yuzaga kelgan qabilalar o’rtasidagi ijtimoiy integratsiya va sotsializatsiya jarayonlari ularni har tomonlama barqarorlashishiga xizmat qilgan holda, dushman tomonidan hujum, tartibsizliklar ehtimolini minimallashtirishni chora-tadbirlari sifatida ham yuqori baholangan.
Qabila va elatlar o’rtasidagi aloqani mustahkamlash ramziy bayramlar va marosimlar milliy kurash, hamda jang san’atiga daxildor bo’lgan o’yinlar bilan uyg’unlashib borgan va tajribalar almashinuvi natijasida, har bir o’yin va jang san’atini ma’lum tartib qoidalari shakllantirilgan.

Yüklə 39,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin