Academic Research in Educational Sciences
Volume 3 | Issue 4 | 2022
ISSN: 2181-1385
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-4-978-983
SJIF: 5,7 | UIF: 6,1
978
April, 2022
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal
AMIR TEMURNING HARBIY FAOLIYATI
Do`stmuhammad Shavqatulloyev
Zarif Shuhrat o`g`li Toshboltayev
Islombek Gulshanbek o`g`li Jo`ramurodov
ma6069054@gmail.com
ANNOTATSIYA
Sohibqiron Amir Temur o’zining 35 yillik hukimronligi
davrida yurtining
tinchligi va osoyishtaligi uchun o’z davrining qudratli hukmdorlariga qarshi
kurashishga tayyor turgan. Temur harbiy yurishlar davomida
dushmanlariga tinim
bermagan va bu uning g’alabalarida katta rol o’ynagan. Ko’pchilik tarixchilar uch
buyuk sarkardalar qatoriga Aleksandr Makedonskiy bilan
Chingizxonlar qatoriga
Amir Temurni ham qo’shishadi va ular ichida Temurni faoliyatiga yuqori baho
berishadi. Bu to’g’ri fikr , sababi Aleksandr uchun ham, Chingizxon uchun ham o’z
davrida munosib raqib topilmagan. Amir Temurning raqiblari esa o’z davrida butun
Yevropa va Rusni tahlikaga solgan hukimdorlar edi. Temur o’z davridamag’lubiyatga
uchragan vaqtlari ham bo’lgan, lekin o’zida kuch topib
doim yurti tinchligi uchun
qayta olgan.
Kalit so’zlar: Loy jangi, Xuroson, Kepakxon, Chirchiq, Chinoz, Anqara, Xiva,
Seyiston, Chistopl, Gruziya, Armaniston, Samara, O’tror, Terek, Qunduzcha.
KIRISH
Amir Temur Vatznimiz tarixida , o’zbek davlatchiligi
taraqqiyotida beqiyos
xizmat ko’rsatgan shaxs. Amir Temur jahon xalqlari tarixida buyuk davlat arbobi,
mashxur sarkarda sifatida rtirof etilgan buyuk siymodir. Afsuski , Amir Temur nomi
mustamlakachilik davrida inkor etilib, avlodlar nazaridan chetga surilib kelingan edi.
Biroq o’z zamonasida o’zbek
davlatchiligini qayta tiklagan, uni yuksak rivojlanish
pog’onasiga ko’targan, jahonga shuxrat taratgan Amir
Temurning tarixiy xizmatini
jahon afkor ommasi nazaridan yashirish, uni qatag’onlik zanjirida ushlab turish vaqti
o’tdi. Milliy istiqlol tufayli o’z ona tariximizni xolisona yoritish,
tarixiy haqiqatni
qaror toptirish barobarida Amir Temor bobomizning nomini,
nuroniy qiyofasini
tiklash baxtiga muyassar bo’ldik.[1]