Kurs ishi Al-Xorazmiy nomli Urganch Davlat Universiteti-hozir.org (1)
Bu albatta afsona. Lekin hozirgi kundagi ilmiy tadqiqotlar xulosasiga ko’ra turk qavmlarining asl vatani Oltoy bo’lgani, tarixiy taraqqiyot tufayli u yerdagi xalqlarning turli tomonga tarqagani haqida gipotezalar mavjud. “Yaratilish dostoni” nomli asarda ham turk ellarining kelib chiqishi haqida shu xildagi gaplar keltirilgan. Eng qadimgi turk dostonlaridan biri “Alp er To’nga” nomli dostondir. Bu doston qahramoni Alp er To’nga tarixiy shaxs bo’lib, ayrim tarixiy ma’lumotlarga qaraganda eramizdan oldingi VII asrlarda yashagan.

Bu shaxs haqida ko’plab asarlarda ma’lumot beriladi. Jumladan, Mahmud Koshg’ariy o’z asarida Alp er To’nganing forscha nomi Afrosiyob deb ta’kidlab o’tgan. Firdavsiyning “Shohnoma” asarida ham Afrosiyob Turonning podshosi bo’lganligi, uning mard, jasur va tadbirkor podshoh bo’lganligi haqida ma’lumotlar beriladi.

Umuman, Alp er To’nga haqida Sharq adabiyotida ko’plab asarlar yozilgan. Mahmud Koshg’ariyning “Devoni lug’atit turk” kitobida Alp er To’nga haqida yozilgan dostondan ko’plab parchalar keltirilgan. Bularda Alp er To’nganing qahramonliklari, Turon tuprog’ini chet el bosqinchilaridan himoya qilishi, Eron bilan olib borgan janglari hikoya qilinadi.