Kurs ishi “Auditni tanlash”


II-bob. Auditorlik tanlash uslublarini shakllantirish tartibi



Yüklə 75,6 Kb.
səhifə6/12
tarix17.04.2023
ölçüsü75,6 Kb.
#99199
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Auditni tanlash Kurs ishi

II-bob. Auditorlik tanlash uslublarini shakllantirish tartibi
2.1 Auditorlik tanlashda buzib ko`rsatish
Ichki nazoratni testlashda tanlashdan foydalanishdan maqsad ichki nazorat tizmi samarali ishlash yoki ishlamasligini aniqlash xisoblanadi. Agar ular samarali ishlamasa, auditor mustaqil protseduralarni konstruktsiyalayotganda boshqaruvning ichki vositalari muxokamasi haqida qaror qabul qilishda ko’rib chiqishi lozim. Schetlar saldosini testlashda tanlashning maqsadi bu schetlar saldosini buzib yozishlar sonini baholashdir. Agarda buzib ko’rsatishlar (xatolar) ko’p bo’lsa, auditor schetlar saldosini to’zatish imkoniyati bo’lishi uchun ular haqida bilishni istaydi. Biroq tanlashda hamisha ma’lum risklar bo’ladi. Masalan, auditor etarlicha miqdordagi elementlarni ko’rib chiqa olmas edi yoki tanlash jami hajim uchun reprezentativ bo’la olmas edi. Shu tariqa, auditorlar ular tekshirayotganlar xaqidagi noto’g’ri xulosalar ehtimolini minimallashtiruvchi tanlab olishlarni kurib chiqishlari kerak.
Tanlash birliklariga tekshiriladigan alohida elementlar kiritiladi. Tanlash birliklari umumiy to’plamni tashkil etadi. Umumiy to’plam auditor nazorat protseduralari samaradorligi yoki schetdagi buzib yozishlar kabi ayrim xususiyatlarni baholamokchi bo’lganida, schetlar saldosini tashkil etuvchi operatsiyalar yoki elementlar guruhidir. Tanlash birligiga daromadni tan olishga ta’lukli bo’lgan yil davomida sotilgan buyurtmalar bo’lishi mumkin edi. Auditor tanlashdan foydalanishda to’rtta kritik savolga javob berishi kerak.
1.Qanday umumiy to’plam va tanlash birligi tekshirilmog’i zarur va qanday xususiyatlari tekshirilishi lozim (umumiy bosh to’plam) ?
2.Auditorlik testlash uchun qancha element tanlab olinishi kerak(tanlab olish hajmi)?
3.Tanlab olishga qanday elementlar kiritilishi lozim(tanlash) ?
4. Tanlab olishga qarab umumiy to’plam xaqida qanday xulosalar qilish mumkin (baholash)?
Tanlash bilan bog’liq va bog’liq bo’lmagan risklar Tanlab olishdan umumiy to’plam haqida xulosalar qila turib, auditor umumiy to’plamning o’ziga xos xususiyatlari haqida xatolar qilishi mumkin, chunki yo a) auditor auditorlik protseduralarini tegishlicha bajarmagan yoki muammolarni noto’g’ri tahlil qilish yoki b) auditor umumiy to’plamga nisbatan reprezentativ bo’lmagan tanlashni noto’g’ri talqin qilganda. Biroq auditorlik firmalari bu risklardan ikkalasini ham nozorat qila oladi. Tanlash bilan bog’liq bo’lmagan riskFaraz qilinadiki auditorlar tanlashda hamma elementlarni sinchiklab tadqiq etadi va operatsiyalarning to’g’riligini baholash uchun dalil yig’ishda audit amallarini tanlaydi. Lekin auditor extiyotkor bo’lmagan xolatlar ham bo’ladi. Auditor tanlash riski bilan bog’liq bo’lmagan risklarda barcha sabablarga ko’ra xato xulosa chiqargan bo’lsa, bu tanlash bilan bog’liq bo’lmagan risk sifatida qaraladi. Tanlash bilan bog’liq bo’lmagan risk, shuningdek auditorlik protseduralarni bajarayotgan auditorning malakasi etishmasligi oqibati ham bo’lishi mumkin. Auditorlik firmasi bunday xatolar ehtimolini auditorlarning tegishli o’kuv va mos keluvchi ko’zatuvlari, tanlab olishni bajarish uchun yaxshi ishlab chiqilgan kompyuter dasturlari va sinchkilab ishlab chiqilgan va bajarilgan audit dasturlari vositalari bilan boshqaradi.

Yüklə 75,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin